R Ms (3.1-chizma)
Real pul vositalari zaxirasi taklifi
M*/P* M/P
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri chiziq ko‘rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o‘zaro teng,(3.2-chizma).
R (3.2-chizma)
Ms Pul bozorida muvozanat modeli
Re MD
M*/P*
O‘zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o‘zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o‘z aktivlari tarkibini o‘zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib uni o‘zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo‘lsa, pul taklifi unga bo‘lgan talabdan yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy agentlar o‘zlarida to‘planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi. Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o‘sishini ko‘zda tutib) sotib olish foydali bo‘ladi.
Banklar, Ms> Md bo‘lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o‘z avtivlari tarkibini o‘zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o‘zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro‘y beradi. Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o‘zgarib turishi pul bozorining ekzogen o‘zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o‘zgarishi natijasida ham ro‘y beradi.
XULOSA
Do'stlaringiz bilan baham: |