Mo - naqd pullar;
M1=Mo+ tegishli hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, mahalliy byudjetlar mablag‘lari, byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M2 = M1 + banklaridagi muddatli omonat(jamg‘arma)lar;
M3 = M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi. Pul massasi – bu naqd va naqdsiz shaklda mavjud bo‘lgan, belgilangan vazifalarni bajaruvchi barcha pul vositalari yig‘indisidir. YAlpi pul taklifi iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar miqdori bilan aniqlanadi.
Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |