hajmining bir birlikka ortishi YAIM hajmini 2, 3 va undan ortiq birlikka koʻpayishiga olib kelishi mumkin. Xuddi shunga oʻxshash davlat harajatlari koʻlamining kamayishi Multiplikqtorga, YAIM xajmini tegishlicha pasayishiga olib keladi. Bu davlat harajatlari Multiplikator idebataladi.
Soliq Multiplikatori — soliq toʻlovlari hajmi oshganda ( yoki kamayganda) YAIM hajmining pasayishi (yoki koʻpayishi) koʻlamini koʻrsatadi. Muvozanatli byudjet multiplikatori — davlat harajatlarining koʻpayishi (yoki qisqarishi) soliqlarni oshirish (yoki pasaytirish) bilan qoplanadigan sharoitlarda YAIM oʻsishi (yoki pasayishi)ni tavsiflaydi. Pul Multiplikatori — pul bazasining (bevosita Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqariladigan pullar) oʻsishi natijasida pul massasining koʻpay-ishini tavsiflaydi. Pul Multiplikatori umuman iqtisodiyotning, xususan bank tizimining muomaladagi pul massasini koʻpaytirish imkoniyatlarini aks ettiradi. Pul Multiplikator baʼzan kredit Multiplikator depozitlar Multiplikatori yoki bank Multiplikatori deb ham ataladi. Investitsion sarflarning ko‘payishi ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o‘sishiga olib keladi. Bu o‘zaro natija multiplikator samarasi bilan izohlanadi. Multiplikator samarasining mohiyati investitsiya hajmining o‘sishi jamiyat milliy daromadining unga nisbatan ko‘proq o‘sishiga olib kelishi orqali ifodalanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |