Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning orni (1)
1.3.2-jadval
Kichik biznesning har xil davlatlardagi holati va ko‘rsatkichlari Davlatlar KB soni (ming) 1000 aholi uchun QB soni KB da band bo‘lgan aholi (mln.) Jami banda bo‘lgan aholi sonida KBning ulushi (%) KBning YAIM dagi ulushi Buyuk Britaniya 2630 46 13,6 49 50-53 Germaniya 2290 37 18,5 46 50-52 Fransiya 1980 35 15,2 54 55-62 YEI davlatlari 15770 45 68 72 63-67 AQSH 19330 74,2 70,2 54 50-52 Yaponiya 6450 49,6 39,5 78 52-55 Rossiya 844 5,65 8,3 13 10-11 O‘zbekiston 310 10,3 6,7 65 55,8 Manba: Internet ma’lumotlari Imtiyozli kreditlash kichik korxonalarning 40% xarajatlarini qoplaydi. Yangi firma yaratish uchun kreditlar 15 yilga beriladi. Modernizatsiya uchun 10 yilga beriladi. Foiz stavkasi 36-60% bo‘ladi. Davlat institutlari faqat kichik korxonalarda emas, balki kichik korxonalarning birlashmalariga ham imtiyozli foiz stavkali kreditlar beradi. Masalan, konsorsiumlar 60%lik kreditlar oladi. Venchur tadbirkorligi uchun yopiq investitsion fondlar tashkil etilgan. Bu fondlar birjada ruyxatga olinmagan korxonalar aksiyasini oladi. Unda fond mablag‘lari davlat obligatsiyalari va boshqa yopiq fondlar aksiyalariga sarflanishi mumkin emas. Fondlarning asosiy daromad manbai u tashkil etilgan firma aksiyalarini sotish orkali tarkib topadi. Ilmiy tadkikot faoliyati va konstruktorlik ishlanmalari va ilmiy biznesni qo‘llab – quvvatlash uchun investitsion texnoologik fond va Amaliy tadqiqotlar fondi ish yuritadi. Davlat tomonidan har yili maxsus fondlaga moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. AQShning Sietl shaxrida kichik biznes korxonalarini kreditlash orqali rivojlantirish. Sietl xokimiyati tomonidan biznesni qullab – quvvatlash va kreditlash markazi ochilgan. Bu notijorat tashkilotlari kichik biznesni qullab – quvvatlashda 2 ta bir-biriga o‘xshash loyihani tuzgan. Ular Sietl banki tomonidan qullab – quvvatlanib bitta dasturga birlashtirilgan. Bu dasturning asosiy maqsadi kichik korxonalarni yaratish va rivojlantirish bosqichida kreditlash orqali qullab – quvvatlovchi ijtimoiy va xususiy tashkilotlarni birlashtirish va koordinatsiya qilishdir. Bundan ko‘rinadiki, yuqorida keltirilgan misollarga asosan kichik biznes korxonalarini rivojlangan mamlakatlardagi taraqqiyotni qullab – quvvatlashning maqsad va vazifalari turli darajalarda bir xil bo‘lsa-da, ularni amalga oshirish uslublari har xildir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling