Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana05.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1168003
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning orni (1)

 g) budjetdan moliyalashtirish. Ayni paytda mamlakatimizda davlat budjetining 
taqchilligi kuzatilmoqda. Shu tufayli, investitsion loyihalarning bir qismini neytrallashgan 
moliyalashtirish mapbalari xisobiga amalga oshirish mumkin. Bunda mamlakat ahamiyatiga 
molik loyihalarni mablag‘lar qaytarib berilmaydigan tarzda budjetdan moliyalashtirish xam, 
potensial foyda keltiradigan loyihalarni kreditlash ham qo‘llanishi mumkin. 
d) 
amortizatsiya ajratmalari. Amortizatsiya ajratmalari tovarlar ishlab chiqarish 
jarayonida eskiradigan ishlab chiqarish vositalarini kayta tiklashga yo‘naltiriladi. Birok hozirgi 
paytda Uzbekistonda amortizatsiya ajratmalari inflyatsiya tufayli qadrsizlanmokda, bu esa 
ularning moliyalashtirish manbasi sifatidagi rolini kiskartiradi. 
1.3. 
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanishning 
jahon amaliyoti tajribalari 
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini 
ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini 
yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish
ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish; soliq 
tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi 
omillar bilan belgilanadi.
Mustaqillik yillarida kichik biznes subyektlarining mamlakatimizda yangi ish o‘rinlarini 
tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi 
natijalari salmoqli bo‘lib bormoqda. 
Bizga ma’lumki, jaxon amaliyetida xususiy tadbirkorlikni kreditlashning boy tajribalari 
mavjud. Biz mazkur bitiruv malakaviy ishining ushbu savolida xususiy tadbirkorlik subyektlarini 
kreditlash va investitsiyalashning Buyuk Britaniya, Italiya, Amerika, Xitoy tajribalarini taxlil 
kilib chiqamiz. 
1992-2007 yillarda Buyuk Britaniyada Kichik biznes korxonalari xisobiga 3,5mln. ishchi 
urni yaratilgan, bu esa kata korporatsiyalarda ish urni qisqartirishlarni kompensatsiya kilgan. 
Agar 1981 yilda 2,2 mln. kichik korxonalar faoliyat yuritgan bulsa, 2007 yilda esa ularning soni 
5,7mln.ga yetdi. 
20 ishchidan kam xodimlari bo‘lgan firmalar umumiy kichik korxonalar 
sonining 96% ni tashkil etadi. 78% ingliz korxonalarning yillik oboroti 100000 funt sterlingdan 
oshmaydi. Kichik biznes xisobiga tovar oborotining 21% ni tashkil etadi, 9 mln. kishini ish 
Bilan ta’minlaydi, bu esa umumiy ish kuchining 36% ni tashkil etadi. Bu soxaning yalpi milliy 
maxsulotdagi xissasi 25% ni tashkil etadi, bu esa 150 mlrd. funt sterling deganidir. 
Kulay sharoitlar natijasida mamlakatlar xaftasiga 900 yangi kichik firma yaratildi. 
Ularning 81% uz xayotiyligini saklab koladi, Yangi ishchi urinlarini yaratish darajasi 17%. 



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling