g) budjetdan moliyalashtirish. Ayni paytda mamlakatimizda davlat budjetining
taqchilligi kuzatilmoqda. Shu tufayli, investitsion loyihalarning bir qismini neytrallashgan
moliyalashtirish mapbalari xisobiga amalga oshirish mumkin. Bunda mamlakat ahamiyatiga
molik loyihalarni mablag‘lar qaytarib berilmaydigan tarzda budjetdan moliyalashtirish xam,
potensial foyda keltiradigan loyihalarni kreditlash ham qo‘llanishi mumkin.
d)
amortizatsiya ajratmalari. Amortizatsiya ajratmalari tovarlar ishlab chiqarish
jarayonida eskiradigan ishlab chiqarish vositalarini kayta tiklashga yo‘naltiriladi. Birok hozirgi
paytda Uzbekistonda amortizatsiya ajratmalari inflyatsiya tufayli qadrsizlanmokda, bu esa
ularning moliyalashtirish manbasi sifatidagi rolini kiskartiradi.
1.3.
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalardan samarali foydalanishning
jahon amaliyoti tajribalari
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini
ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini
yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish,
ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish; soliq
tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi
omillar bilan belgilanadi.
Mustaqillik yillarida kichik biznes subyektlarining mamlakatimizda yangi ish o‘rinlarini
tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi
natijalari salmoqli bo‘lib bormoqda.
Bizga ma’lumki, jaxon amaliyetida xususiy tadbirkorlikni kreditlashning boy tajribalari
mavjud. Biz mazkur bitiruv malakaviy ishining ushbu savolida xususiy tadbirkorlik subyektlarini
kreditlash va investitsiyalashning Buyuk Britaniya, Italiya, Amerika, Xitoy tajribalarini taxlil
kilib chiqamiz.
1992-2007 yillarda Buyuk Britaniyada Kichik biznes korxonalari xisobiga 3,5mln. ishchi
urni yaratilgan, bu esa kata korporatsiyalarda ish urni qisqartirishlarni kompensatsiya kilgan.
Agar 1981 yilda 2,2 mln. kichik korxonalar faoliyat yuritgan bulsa, 2007 yilda esa ularning soni
5,7mln.ga yetdi.
20 ishchidan kam xodimlari bo‘lgan firmalar umumiy kichik korxonalar
sonining 96% ni tashkil etadi. 78% ingliz korxonalarning yillik oboroti 100000 funt sterlingdan
oshmaydi. Kichik biznes xisobiga tovar oborotining 21% ni tashkil etadi, 9 mln. kishini ish
Bilan ta’minlaydi, bu esa umumiy ish kuchining 36% ni tashkil etadi. Bu soxaning yalpi milliy
maxsulotdagi xissasi 25% ni tashkil etadi, bu esa 150 mlrd. funt sterling deganidir.
Kulay sharoitlar natijasida mamlakatlar xaftasiga 900 yangi kichik firma yaratildi.
Ularning 81% uz xayotiyligini saklab koladi, Yangi ishchi urinlarini yaratish darajasi 17%.
Do'stlaringiz bilan baham: |