Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


  Investitsiyalash davri bo‘yicha


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/36
Sana05.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1168003
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning orni (1)

2. 
Investitsiyalash davri bo‘yicha: 
а)
qiska 
muddatli 
investitsiyalar 
— 
kapitalni 
bir 
yildan 
ortik 
bo‘lmagan 
muddatga 
kiritish 
(masalan, 
tez 
amalga 
oshiriladigan 
tijorat 
loyihalari, kisqa muddatli depozit qo‘yilmalar va h.k.); 
b) 
uzok muddatli investitsiyalar — kapitalni bir yildan ortiq 
bo‘lgan muddatga kiritish (qoidaga ko‘ra, yirik va uzoq muddatli
investitsion loyihalarga). 
Investitsion kompaniyalar va banklar amaliyotida uzok muddatli investitsiyalar 
quyidagi tarzda detallashtiriladi: 2 yilgacha, 2 yildan 3 yilgacha, 3 yildan 5 yilgacha, 5 yildan 
ortiq. 
3. 
Mulkchilik shakli bo‘yicha
а) 
xususiy investitsiyalar - fuqarolar tomonidan, shuningdek, 
nodavlat 
korxonalari 
va 
tashkilotlari 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
mablag‘lar kiritish; 
b) 
davlat investitsiyalari - markaziy va mahalliy boshqaruv va 
hukumat 
organlari 
tomonidan 
budjet 
mablag‘lari 
va 
byudjstdan 
tashkari 
fondlarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan qo‘yilmalar; 
v) 
chet 
el 
investitsiyalari 

chet 
el 
fukarolari, 
yuridik 
shaxslari 
va 
davlalari tomonidan amalga oshiriladigan qo‘yilmalar; 
g) 
qo‘shma investitsiyalar - shu mamlakat shaxslari va chst el 
mamlakatlari tomonidan amalga oshiriladigan ko‘yilmalar.
Yuqorida kayd etilgan fikrlarga xulosa qilib, "investitsiyalar"ga keng ma’noda 
quyidagicha ta’rif berish mumkin: "Investitsiyalar bu davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning 
daromad olish va boshqa ijobiy samaradorlikka erishish maqsadida mamlakat ichkarisida va 
tashkarisida yangi korxonalar tashkil etish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni kengaytirish, qayta 
ta’mirlash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, ko‘chmas mulk, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa 
kimmatli' qog‘ozlar xamda aktivlarni sotib olishga yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘lari, mulkiy 
va intellektual boyliklardir". 
Bozor iqtisodiyotiga sharoitida investitsiyalar va kapital ko‘yilmalar tushunchalari 
o‘rtasidan qator farqlar yuzaga keldi: 


Birinchidan, investitsiyalar - kapital ko‘yilmalariga qaraganda ancha keng tushuncha. 
Investitsiyalar real investitsiya qo‘yilmalarini va portfel ko‘yilmalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur 
tasniflashlarda esa, portfel investitsiyalari mutlako hisobga olinmagan. 
Ikkinchidan, bozor munosabatlari sharoitida kapital qo‘yilmalarni, investitsiyalarni 
moliyalashtirish usullari va uslublaripi ko‘llash sohalari ancha kengaydi. Bularning barchasi ushbu 
tasniflashlarda mavjud emasdir. 
Hozirgi kunda investitsiyalarni chet el adabiyotlarida keltirilgan tarzda tasniflash va ularni 
mamlakat amaliyotida qo‘llash uchun umumlashtirish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Birok, hozirgi 
zamonaviy sharoitda investshshyalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida, ularni 
batafsil tasavvur qilish va chuqur tahlildan o‘tkazishda ushbu tasniflar yetarli emasligi ma’lum 
bo‘lmokda. 
Investitsiyalarning ichki va tashqi manbalari. Investitsiyalarga berilgan ta’riflar tahlilida 
investitsiyalarni ichki va tashqi investitsiyalarga ajratishning zarurligi asoslanadi. Fikrimizcha, bu 
investitsiyalar mohiyatining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Buning boisi shundaki, ichki va 
tashqi investitsiyalarni amalga oshirish jarayonlari o‘rtasida sezilarli farklar mavjud. Masalan, tashqi 
investitsiyalarni amalga oshirishda valyutalarni konvertirlash, investitsiyadan olingan daromadni 
repatriatsiya qilish muammolari vujudga kelib, mazkur muammolar investitsiyaning iqtisodiy va 
ijtimoiy samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. 
Shuningdek, investitsiya mohiyatining boshqa namoyon bo‘lish shakllari, shu jumladan, 
ijtimoiy samara olish maqsadida ko‘llanilishi va iqtisodiy risklarga muntazam duch kelishi ularning 
ta’riflarida o‘z aksini topmagan. 
Investitsiyalar, ayniqsa, real (kapital hosil qiluvchi) invsstitsiyalar ichki (milliy) manbalar 
hisobiga ham, tashki (xorijiy) manbalar hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Ikkala investitsiyalar 
manbasi ham kapitalni jalb etishni faollashtirish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish ishida 
muhim rol o‘ynaydi. 
Dastlab ichki investitsiya manbalarini ko‘rib chiqamiz. Mamlakat mikyosida jamg‘armalar 
umumiy darajasi aholi, tashkilotlar va davlat jamg‘armalari darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Xususan, aholi ma’lum miqdordagi mablag‘larni kelajakda ishlatish uchun olib ko‘yishi, 
kompaniyalar o‘z faoliyati natijasida olingan foydaning bir qismini kayta investitsiyalashi, hukumat 
esa budjetga kelib tushayotgan mablag‘larning xarajatlardai ortishi hisobiga mablag‘lar jamg‘arishi 
mumkin. Shu bilap bir paytda, jamg‘armalar hajmi bevosita mamlakatdagi investitsiyalar hajmiga 
ta’sir etadi, chunki mablag‘larning bir qismi iste’molga, qolgan qismi esa — investitsiyalarga 
yo‘naltiriladi. 
Bunday kelib chiqib, quyidagi asosiy ichki investitsiyalar manbalarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin: 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling