Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Ishning maqsadi Chiroqchi
tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning o‘rni va
ahamiyati beqiyos bo‘lib, xususiy tadbirkorlikni barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashga oid
ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
BMIning maqsadidan kelib chiqqan xolda quyidagi vazifalar belgilab olingan va hal
qilingan:
- xususiy tadbirkorlikni hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri asoslab
berilgan;
-tadbirkorlikni rivojlantirishda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
-hududda xususiy tadbirkorlikni tahlil qilish va istiqbolini belgilashning uslubiy asoslari
ishlab chiqilgan;
-viloyatda
va
uning
tumanlarida
ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyat,
tadbirkorlikni
rivojlantirishning hozirgi holati tahlil qilingan;
-hududda xususiy tadbirkorlik istiqbolini belgilovchi iqtisodiy va tabiiy salohiyatga
baho berilgan;
-tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari asoslab berilgan;
- xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmi ishlab
chiqilgan.
BMIning obyekti. BMIning obyekti sifatida tumanning o‘ziga xos iqtisodiy, ekologik,
va tabiiy sharoitga ega Chiroqchi tumanidagi xususiy tadbirkorlik subyektlari tanlab olingan.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Tumanning iqtisodiy rivojlanishida xususiy
tadbirkorlikni shakllanishi, boshqaruv usullari va mexanizmlari tadqiqotning predmeti
hisoblanadi
BMIning nazariy va uslubiy asoslari bo‘lib, hududiy iqtisodiyot va tadbirkorlikni
rivojlantirishga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, xorijiy va mamlakatimiz
olimlarining asarlari va ilmiy ishlari xizmat qiladi.
BMIning ilmiy va amaliy ahamiyati.
BMIida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan xususiy tadbirkorlikni ustivor
rivojlantirish orqali tumanning iqtisodiy barqaror o‘sishini ta’minlashda keng foydalanish
mumkin. Shuningdek, tumanning xususiy tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali aholining
ish bilan ta’minlanish darajasini oshirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |