Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


- Bob. Chiroqchi tumanida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishining hozirgi holati va


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/36
Sana05.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1168003
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning orni (1)

2- Bob. Chiroqchi tumanida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishining hozirgi holati va 
kelajak imkoniyatlari. 
2.1. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va bozor islohotlarini amalga oshirish 
natijalari 
Chiroqchi tumani 1926 yilda tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy yer maydoni 2,8 ming 
kv.km.dirni tashkil etadi. Tumannning aholi soni 360,3 ming kishini tashkil etadi, shundan 
shahar aholisi 87,2 ming kishini qolgan esa 273,1 ming kishi qishloq aholisidir. Tumanga 
bo‘yso‘nuvchi shag‘ar bu Chiroqchi shahri bo‘lib, shahar tipidagi posyolkalar 8 tani, mahalla 
fuqarolar yig‘ini 45 tani, qishloq fuqarolar yig‘ini esa 25 tani tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, “Mahalliy Davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, viloyat hokimining 2007-yil 11- apreldagi “Qashqadaryo 
viloyat tumanlari hokimligining ish tartibi (Reglamenti) to‘g‘risida”gi X-95/4 sonli qarori bilan 
tasdiqlangan Reglamenti hamda mazkur vazifalar taqsimoti asosida faoliyat ko‘rsatadi hamda 
tumanning iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish majmuiga oid ishlarni amalga oshiradi, 
tizimdagi tashkilotlar, idoralar va muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi. 
2015 yil 1 yanvar xolatida Chiroqchi tumani aholisi 360.3 ming kishini tashkil etib, 
shundan mehnatga layokatli yoshdagi axoli soni 188.6 ming kishini, iqtisodiy faol aholi 158.9 
ming nafarni, iqtisodiyotda band aholi soni 108.9 ming nafarni tashkil etdi.
Chiroqchi tumanida 2014 yil davomida yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi 
bandligini ta’minlash Dasturiga asosan amalda 8766 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi .
Jumladan: 
- Yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni 
modernizatsiya qilish va kengaytirish hisobiga 915 ta;
- Kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil etish xisobiga 3970 ta, shundan xizmat 
ko‘rsatish va servis soxasida 1760 ta; 
- Ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish hisobiga 1103 ta; 
- Kasanachilikning barcha shakllarini tashkil etish 2595 ta, 
Chiroqchi tumanida tug‘ilish darajasi (har 1000 kishiga nisbatan) 34 foizni, o‘lim darajasi 
3.6 foiz bo‘lib, tabiiy o‘sish 30.32 foizni tashkil etdi. 
Shaharda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 72 tani, 1 yoshga to‘lmagan bolalar o‘limi 48 
tani tashkil etdi.
Bir kishiga to‘g‘ri keladigan markazlashgan ichimlik suv ta’minoti 66,9 foizni, tabiiy gaz 
bilan ta’minlanish darajasi 65,9 foizni tashkil etdi. 
Quyidagi jadvalda tumanning demografik holati va mehnat resurslarining o‘zgarishi 
keltirilgan: 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling