Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning orni (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Investitsiyalashda ishtirok etish xarakteri bo‘yicha
1.2. Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda investitsiyalarning o‘rni va ahamiyati "Investitsiyalar" tushunchasi serqirra tushuncha. Umuman, investitsiyalar deganda iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatini oshiradigan har qanday joriy faoliyat tushuniladi. Mos ravishda, keyinchalik ularni oshirish maqsadida pul mablag‘lari va boshqa kapitallarni turli iqtisodiy loyihalarga kiritish investitsiyalash deb ataladi. Investitsion qo‘yilmalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar investorlar hisoblanadi. Mablag‘larni investitsiyalashning iqtisodiy motivi ularni kiritishdan daromad olish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, investitsiyalar qatoriga faqat keyinchalik kapital hajmini oshirish, foyda olish maqsadida kiritilgan qo‘yilmalar kiradi. Iste’mol ko‘yilmalari. masalan, maishiy texnika, shaxsiy foydalanish uchun avtomobil yoki boshka tovarlar sotib olish iqtisodiy mazmuni bo‘yicha investitsiyalar qatoriga kirmaydi. Jahon amaliyotida investitsiyalashning uchta asosiy shakli ajratib ko‘rsatiladi: real (kapital hosil qiluvchi) investitsiyalar; portfelli investitsiyalar; nomoddiy aktivlarga investitsiyalar. Investitsiyalar iqtisodiy adabiyotlarda odatda quyidagi asosiy belgilar bo‘yicha tasniflanadi: ' 1. Investitsiyalashda ishtirok etish xarakteri bo‘yicha : а) to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar — investorning mablag‘larni bevosita investitsiyalash obyektlariga kiritishi (investitsiyalashiing ushbu turini asosan tayyorgarlik ko‘rgan, investitsiyalash obyekti hakida yetarlicha aniq axborotga ega va investitsiyalash mexanizmi bilan yaxshi tanish bo‘lgan investorlar amalga oshiradi); b) bilvosita investitsiyalar — boshqa shaxslar (investitsion yoki moliyaviy vositachilar) vositasida amalga oshirilgan investitsiyalash. Bu investitsiyalarni investitsiyalash obyektlarini tanlash va keyinchalik ularni boshqarish uchun yetarli malakaga ega bo‘lmagan investorlar amalga oshiradi. Bu holatda ular investitsion yoki boshka moliyaviy vositachilar chiqaradigan qimmatli qog‘ozlarni (masalan, investitsion fond va investitsion kompaniyalarning investitsion ssrtifiqatlari) xarid qiladilar, vositachilar esa, shu tariqa to‘plangan investitsion mablag‘larni o‘z xohishiga ko‘ra joylashtiradilar — investitsiyalashning eng samarali obyektlarini tanlaydilar, ularni boshqarishda ishtirok etadilar, olingan daromadni esa o‘z mijozlari o‘rtasida taksimlaydilar. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling