Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti
Download 96.6 Kb.
|
Iqtisodiy o\'sish referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Referat ishining obyekti
- Referat ishining tuzilishi va hajmi
- Davlat byudjeti va tarkibi. Davlat byudjeti
Referat ishining maqsadi Mamlakat iqtisodiyotida fiskal siyosatning o’rni va ahamiyati va uning samarasi haqida asosiy tushunchalar.Iqtisodiy o’sishda fiskal siyosat tutgan o’rni.
Referat ishining vazifalari Davlatning iqtisodiy o’sishni oshirish yo’lidagi siyosati tub mohiyatini ochib berish.Fiskal siyosat orqali qanday qilib iqtisodiy o’sishga erishish va uning samarisi to’g’risida. Referat ishining obyekti Referat ishining obyekti sifatida iqtisodiy o’sishda fiskal siyosatning o’rni,davlatning iqtisodiyotga aralashuvi,davlatning fiskal siyosati yoritib beriladi. Referat ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Referat ishining ilmiy ahamiyati shundaki, mamlakat iqtisodiy o’sishini ta’minlashda fiskal siyosatning o’rni va uning YAIMga qay darajada ta’sir qilishi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashga oid tub islohotlarning o`tkazilishi davlatning iqtisodiy siyosatining samarali ijrosini ta`minlashni taqozo etadi. Bizga ma`lumki, islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng qamrovli dastaklarini o`z ichiga oladi. Mana shunday eng muhim dastaklardan biri davlatning izchilolib borilayotgan moliyaviy siyosatidir. Moliyaviy siyosat qo`yilgan maqsadlarnihayotga tatbiq etish uchun, bajarilishi lozim bo`lgan vazifalarning ijrosini ta`minlashda asosiy o`rinni egallaydi. Moliyaviy siyosat haqida so`z yuritar ekanmiz,uning nihoyatda ko`p qirrali va murakkab kategoriya ekanligini alohida ta`kidlash lozim. Referat ishining tuzilishi va hajmi Referat ishi 18 betdan iborat bo’lib, kirish, bitta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Xulosa va takliflar qismida referat ishi bo’yicha asosiy natijalar umumlashtirib, asoslangan bir qator xulosa va takliflar berilgan. 1-bob Iqtisodiy o’sishda fiskal siyosatning tutgan o’rni. Davlat byudjeti va tarkibi. Davlat byudjeti —davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi) va mahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi. Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987-yilda AQShda soliq tushumlari davlat byudjetining 98 % ini, Buyuk Britaniyada 96,7 % ini, Fransiyada 91,5 % ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan xarajatlar orasida „da-romadlar darajasini taʼminlash“ (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40 %, milliy mudofaa xarajatlari (28—30 %) eng muhim oʻrinda turadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashga oid tub islohotlarning o`tkazilishi davlatning iqtisodiy siyosatining samarali ijrosini ta`minlashni taqozo etadi. Bizga ma`lumki, islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy siyosatining keng qamrovli dastaklarini o`z ichiga oladi. Mana shunday eng muhim dastaklardan biri davlatning izchilolib borilayotgan moliyaviy siyosatidir. Moliyaviy siyosat qo`yilgan maqsadlarnihayotga tatbiq etish uchun, bajarilishi lozim bo`lgan vazifalarning ijrosini ta`minlashda asosiy o`rinni egallaydi. Moliyaviy siyosat haqida so`z yuritar ekanmiz,uning nihoyatda ko`p qirrali va murakkab kategoriya ekanligini alohida ta`kidlash lozim. J.M.Keynsning izdoshlari AQSHdan – A.Xansen, S.Xarris; Buyu Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilersik, A.Pikok; Frantsiyadan – F.Perru; Germaniyadan – F.Neymark va boshqalar fiskal antitsiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga yetkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi o`zgarishlarga borib taqaladi. Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “defitsitli moliyalashtirish” g`oyasini himoya qildilar. Ular davlat qarzlarining o`sishini inobatga olmagan holda davlat katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik xarakter kasb etgan katta miqdordagi byudjet defitsitlari iqtisodchiolimlarning ma`lum bir guruhini, shu jumladan Stokgol m maktabi vakillarini, jumladan, E.Lindal , G.Myurdallar byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “byudjetni siklik balanslashtirish”, ya`ni byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy siklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy tanazzul paytida vujudga kelgan byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o`sishi davridagi ortiqchalar hisobidan qoplashi kerak. Ana shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir necha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari siklik tartibga solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar. Amerikalik mashhur olimlar K.R.Makkonnell va S.L.Bryular taklifga yo`naltirilgan fiskal siyosatni qo`llab-quvvatlaydilar. Fiskal siyosat esa jami talabga va soliqlarni o`zgartirish orqali esa taklifga ham ta`sir ko`rsatadi. Byudjetdan transfert to`lovlari va soliq tizimi, bu olimlar fikricha, turli iqtisodiy vaziyatlarda talab qilingan muvozanatni ta`minlashi mumkin. 1-rasm. Moliyaviysiyosatningtarkibiyqismlari3 Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari hisoblanadigan soliq va byudjet siyosatini ko`rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi hisoblanadi. Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo`lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi Download 96.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling