Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Quduqlarni parmalash jarayonida sinash


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

7.5. Quduqlarni parmalash jarayonida sinash
Quduqni parmalab o‘tishda noma’lum qatlamlarni kesib o‘tiladi. Qatlamda 
nima borligini aniqlash uchun uni sinab ko‘riladi. Sinash usullari bir nechta; kabelda 
tushiriladigan 
namuna 
oluvchi (oprobovatel ili probootbornik); quvurlarda 
tushiriladigan qatlamlarni sinovchi asboblar (plastoispыtateli). 
7.1-rasmda kabelda tushiriladigan namuna oluvchining ishlash prinsipi 
kщrsatilgan. Bu asbobni quduqqa tushirish oldidan 
parmalash quvurlari ko‘tariladi. So‘ngra karotaj 
qilinib, sinash kerak bo‘lgan interval aniqlanadi. 
Namuna oluvchi asbob karotaj kabelida belgilangan 
chuqurlikka tushiriladi. Kabel orqali elektr toki 
yuborilib, asbobga o‘rnatilgan zaryadlar birin-ketin 
portlatiladi. SHunda kerakli teshik yo‘llar ochilib, 
mexanizmlar 
ishlay boshlaydi. Asbob quduq 
devoriga taqaladi, teshiklar ochiladi. Qatlamdan 
suyuqlik yok gaz namuna olish uchun o‘rnatilgan 
idishga (ballonga) kirib to‘ldiriladi.
 
7.1-rasm. Kabelda tushiriladigan namuna oluvchi asbob. 
Ishlash prinsipi I, II va III etapdan iborat: 1- yuqorigi zaryad tiqin; 2-defferensial porshen; 3-
pastki zaryad-tiqin; 4-itargich; 5-yopishtirgich; 6-kumulyativ zaryad; 7-to‘siq; 8-idish. 
Yana bir zaryadning portlashi bilan idishning teshigi yopiladi. Asbobni 
devorga taqab turgan itargich orqaga – o‘z joyiga qaytib, uni bo‘sh holga keltiradi. 


71 
Asbob yuqoriga ko‘tarilib namuna joylangan idish laboratoriyaga yuboriladi. Qatlam 
bosimini aniqlash uchun asbob ichiga manometr ham o‘rnatilgan. 
 
7.6. Qatlamni sinovchi asbob. 
Qatlamni sinovchi asbob quduqqa nasos-kompressor yoki parmalash 
quvurlariga bog‘lab tushiriladi.Bu asbob yordamida qatlamni to‘liq sinab, uning 
parametrlarini aniqlash mumkin. Qatlamdagi neft yoki gazni yer yuziga chiqarib, 
ishlash rejimlari tekshiriladi. 
Qatlamni sinovchi asbob quduqni parmalash jarayonida, mustahkamlovchi 
quvurlar tushirilmasdan oldin qatlamlardan ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Bu 
asbob KII (komplekt ispыtatelnыx instrumentov) deb yuritiladi. 
Qatlamni sinovchi asbobni quduqqa tushirishdagi yig‘indisi 2.2-rasmda 
ko‘rsatilgan. Qatlamni sinovchi asbobni yuqoridan parmalash quvurlari orqali 
boshqariladi. Bu asbob bilan qo‘yidagi ishlarni bajarish mumkin: sinalayotgan 
qatlamni yuqoridagi qatlamlardan ajratish; qatlamga depressiya berib, undagi neft
gaz yoki suvni quduqqa keltirish; qatlamdan kelgan suyuqlik yoki gazdan namuna 
olish; qatlam bosimini yozib olish. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling