Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

7.2. Qatlamni sinab ko‘rish usullari 
Qatlamdan flyuidlarni chiqarish uchun sinab ko‘rishda, tekshirilayotgan 
uchastka quduq stvolining boshqa qismidan yopiladi, keyin esa bu uchastkada bosim
qatlam bosimiga nisbatan ancha pasaytiriladi.


68 
Qatlamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko‘rishni ikkita usuli mavjud: 
• 
ochiq, himoyalanmagan quduq stvolida sinab ko‘rish; 
• 
loyixadagi chuqurlikkacha burg‘ilangandan keyin tushiriladigan himoya 
tizmasi orqali sinab ko‘rish. 
Ochiq stvolda qatlamni sinab ko‘rish uchun - qatlam sinagich va qatlam 
tekshirgich asboblaridan foydalaniladi. 
Qatlam sinagichlar quduqqa quvurlarda (ko‘pincha burg‘ilash quvurlarida 
va ayrim hollarda NKKlarda) tushiriladi. SHuning uchun quvur orqali sinagichlar deb 
ataladi. 
 
7.3. Qatlamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko’rish usullari 
Qatlam sinagichlar bilan birga qatlamga ishlaganda tekshiriladigan oraliq 
pakerlar yordamida boshqa oraliqlardan ajratiladi (yopiladi). Keyin quduqdagi bosim 
qatlam bosimidan pasaytiriladi, shu bilan birga qatlamga depressiya hosil kilinadi. 
Qo‘lay sharoitlarda qatlamdan namuna olish chegaralanmagan bo‘lishi mumkin va 
qatlamni sinov uchun ishlatish mumkin. Hosil bo‘lgan debit va quduq tubi bosimi 
ta’sirida qatlam flyuidi olinadi. Ammo, ayrim murakkabliklar natijasida ko‘pincha 
suyuqlikni o‘zgaruvchan debit va doimiy hamda o‘zgaruvchan quduq tubi bosimi 
ta’sirida olinadi. 
Qatlam sinagichlarni quduqqa kabelda va arqonda yoki burg‘ilash tizmasining 
ichidan qatlam ochilgandan keyin darxol tushiriladi. Olinadigan namunaning 
chegaralanganligiga qaramay (birdan bir necha yuz dm³ gacha), qatlam sinagichlari 
yordamida (sarf va bosimini o‘lchaydigan asboblar bilan jihozlangan) qatlamning 
asosiy gidrodinamik harakteristikasi va qatlam suyuqligi tarkibini baholash mumkin.
Qatlamni oqimga sinashda namuna va shlam olish elektr va boshqa turdagi 
karotaj ishlari amalga oshiriladi. 
Qatlamni himoya tizmasi orqali sinab ko‘rish ochik stvolda amalga oshiriladi 
va olingan natijalar asosida ishlatish tizmasini tushirish yoki tushirmaslik haqida 
qaror qabul qilinadi. Bu esa qidiruv ishlari samaradorligini oshiradi, qidiruv ishlari 


69 
muddatini qisqartiradi, kamyob himoya quvurlarini iqtisod qiladi, qaysiki mahsuldor 
bo‘lmagan quduqlarda ishlatish tizmasi tushirilmaydi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling