Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Nazorat savollari: 
1. Bir pog‘onali sementlash usulini qisqacha ta’riflang. 
2. Ikki pog‘onali sementlash usulini qisqacha ta’riflang. 
3. Manjetli sementlash usulini qisqacha ta’riflang. 
4. Teskari sementlash usulini qisqacha ta’riflang. 
5. Sementlashda ishlatiladigan uskunalarning vazifalari.


66 
7-ma’ruza. Qatlamni to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki himoya tizmasi orqali 
sinab ko’rish. 
Ma’ruza rejasi: 
7.1. Mahsuldor qatlamni burg‘ilab birlamchi ochish 
7.2. Qatlamni sinab ko‘rish usullari. 
7.3. Qatlamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko’rish usullari. 
7.4. Qatlamni himoya tizmasi orqali sinash. 
7.5. Quduqlarni parmalash jarayonida sinash. 
7.6. Qatlamni sinovchi asbob. 
 
Tayanch so’zlar: 
Mahsuldor qatlamni burg‘ilab birlamchi ochish, Qatlamni sinab ko‘rish, 
qatlamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinab ko’rish, qatlamni himoya tizmasi orqali sinash, 
quduqlarni parmalash jarayonida sinash, qatlamni sinovchi asbob. 
 
7.1. Mahsuldor qatlamni burg‘ilab birlamchi ochish 
Neft va gaz quduqlarini ochishdan maqsad neft va gaz mahsulotlarini
olishdan iborat. Katta sarf-xarajatlar va vositalarni sarflab neft va gaz mahsulotlarini 
olmaslik, bundan tashqari mo‘ljallangan potensial imkoniyatga erishilmaslik juda 
qimmatga tushishi mumkin. 
Oxirgi natija burg‘ulash samaradorligi oqimning kattaligiga, quduqni 
o‘zlashtirish, yuvish aralashmasi sifatiga, qazish texnikasi va texnologiyasi turiga va 
uni tugallash usuliga bog‘liqdir. 
Neft va gaz qazilma boyliklari qirqimida katta miqdordagi g‘ovakli tuzilmalar 
– kollektorlar (qumlar, qumoqsimon gruntlar, ohaktoshlar), bir-biridan ajratilgan 
loylar, qumoqsimon gil va boshqa jinslar uchraydi. 
Burg‘ilash amaliyotida quduqlarni tugallashni quyidagi asosiy usullari 
mavjud: 
1) Mahsuldor qatlam ustida suv yopuvchi tizma o‘rnatish, qatlamni ochish 
bilan sementlash, ishlatish tizmasini tushirish. Mustahkam jinslarning mahsuldor 
qatlam qismi qirqimiga maxsus ishlatish tizmasi yoki filtr tushirilmaydi, suvni 
bekituvchi tizma, ishlatish uchun xizmat qiladi. 


67 
2) Mahsuldor qatlamni to‘liq jamlanmali tizmani manjetli elementi bilan 
bekitish. 
3) Tizma tushirish va sementlash, mahsuldor qatlam to‘g‘risida otish yo‘li 
bilan teshik ochish
Yuqorida keltirilgan usullar bo‘shliqlarni to‘liq bekitishga qaratilib, neft 
mahsulotlarini qatlamlardan quduqqa yo‘naltirish uchun qulay sharoit yaratadi. 
Qatlam bosimiga bog‘liq holda ularni bekitish, drenajlashtirish va boshqa 
omillar quyidagi talablarga javob berishi kerak: 

yuqori bosimli qatlam yopilganda, ochiq favvora bo‘lishini to‘liq oldi 
olinishi kerak; 

qatlamni ochishda quduq tubi zonasidagi qatlamlarni tabiiy filtrlash 
xossalari saqlangan bo‘lishi kerak. Jinsning filtrlash xossalarini yaxshilash chora 
tadbirlari ko`rilishi kerak; 

qatlamlar ochilgandan keyin, quduqlardan foydalanish davrida uzoq vaqt 
suv kirib kelmasligiga to‘liq kafolat berilishi va quduq tubiga neftni to‘siqsiz oqishni 
ta’minlash. 
Qatlamdagi bosim kichik, lekin qatlam mahsuldorli bo‘lganda, yuvish 
aralashmalarini shunday tanlash kerak, u qatlamlarga shimilib, tub zonasidagi 
mineralni filtrlash xossalarini yomonlashtirish va qatlamlarga yutilib, tubdagi neft 
mahsulotlarini siqib quduqqa haydash kerak. 
Mahsuldor qatlamlarni ochishda qatlamdagi bosim past bo‘lsa, neft asosli 
maxsus yuvish aralashmalaridan, emulsiyali, loyli aralashma, faol qo‘shimchali va 
aeratsiyali aralashmalardan foydalaniladi. 
Ochishdan oldin suvni bekituvchi tizma o‘rnatiladi, mahsuldor qatlam 
ochiladi. Ishlatish tizmasi tushiriladi. Suv yopuvchi tizma bo‘lmagan holda, qatlamga 
qarshi mustahkamlash quvuri tushiriladi va manjet o‘rnatilgach sementlanadi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling