Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Ikki pog‘onali sementlash usullari


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

6.3. Ikki pog‘onali sementlash usullari. 
Ikki pog‘onali sementlash. Quduqni sementlanish oralig‘i ikki uchastkaga 
bo‘linadi, bunday himoya tizmalari tarkibiga maxsus sementlash muftasi qo‘shiladi. 
Tizmani tashqi qismiga muftadan yuqori va ostki qismida markaz-lashtiruvchi 
fonarlar joylashtiriladi. Ikki pog‘onali sementlashni ikkita turi mavjud. Vaqtni uzib 
pog‘onali sementlash jarayonida dastlab tizma 4 ichiga birinchi miqdor 3 tamponaj 
eritmasi quvur orti bo‘shliqni zoboydan sementlash muftasigacha va tizma ichidagi 


58 
to‘xtash halkasi 9 ostki uchastkasi, so‘ngra birinchi ajratish tiqini 2-bosuvchi 
suyuqlik yuzasigacha bo‘lgan hajmli tamponaj eritmasi zarur bo‘ladi. Birinchi 
ajratuvchi tiqin himoya quvurlariga siqilib turuvchi rezina manjet va asosni tashqil 
etuvchi qattiq markaziy uzak mavjud. Manjetni elastikligi va uzakni diametri shunday 
moslashtirilganki, tiqish sementlash muftasi orqali erkin o‘tadi, lekin ostki to‘xtash 
halqasiga borib joylashadi. Quduqni ichki hajmiga miqdorli bosuvchi suyuqlik 
haydalgandan keyin, tayanch halkasi 9 va sementlash muftasi orasidagi 2 chi ajratish 
tiqini 11 qo‘yib yuborib uni yuqorisidan yana bosuvchi suyuqlik 10 haydaladi. Tiqin 
11 himoya tizmasi bo‘yicha ostki tomonga harakat-lanib muftaning ostki vtulkasi 6 
ga joylashadi va undagi o‘tkazish kanal-larini yopadi. Suyuqlikni haydash davom etar 
ekan tizmada bosim tezda usadi; bosim 3-4 MPa o‘sishi jarayonida vtulka 6 ni ushlab 
turgan shpilka 1 lar kesiladi, so‘ngra tiqin bilan birgalikda pastga tomon harakatlanib 
tayanch 8 gacha borib, muftadagi enlama teshik 7 larni ochadi. Bu teshiklar orqali 
tizma orti muhitiga bosuvchi suyuqlik chiqadi. Quduqni ochilgan teshikdan yuqori 
qismi, ostki qismidagi tamponaj eritmasi qotguncha (bir necha soatdan bir 
sutkagacha) yuvib turiladi. 
Shundan keyin tizma ichiga ikkinchi miqdorli tizma orti yuqori uchastkasi 
hajmiga teng hajmli tamponaj eritmasi haydaladi. Sementlash uskunasidagi yuqorigi 
tiqin 12 qo‘yib yuboriladi. Tamponaj eritmasi muftani yollanma chiqish teshiklari 
orqali bosuvchi suyuqlikni yangi 13 miqdori bilan bosib chiqariladi. Bu bosuvchi 
suyuqlikni hajmi, tizmani ichki hajmi ya’ni maxsus muftadan sementlash uskuna 
uchigacha bo‘lgan masofa hajmiga tengdir. Yuqori tiqin 12 sementlash muftasi 
korpusida bosim ostida kesiluvchi shpilkalar yordamida qotirilgan vtulka 5 ga etib 
boradi, vtulkani ostki vtulka 6 ni toretsiga tayanadi; shu jarayonda vtulka 5 mufta 
teshik 7 larini yopadi va tiz-mani ichini tizma orti muhitidan ajratadi.
Tamponaj eritmasi qotib bo‘lganidan keyin va himoya tizmasini yuqori 
uchastkasini germetikligi tekshirib bo‘linib, tizma ichidagi tiqin, maxsus mufta va 
to‘xtash halkasi burg‘ilanadi.
Vaqtni uzib pog‘onali sementlash usuli qo‘yidagi hollarda qo‘llaniladi: a) 
agarda bir pog‘onali sementlashda burg‘ilash eritmani yutilishi muqarar bo‘lsa; b) 


59 
agarda anomal yuqori bosimli qatlam ochilgan bo‘lib, bir pog‘onali sementlashdan 
keyin tamponaj eritmasini qotish davrida oqim yoki gaz hosil bo‘lishi kutilsa; v) 
agarda bir pog‘onali sementlash uchun bir vaqtni o‘zida (sementlash operatsiyasini 
bajarish uchun) ko‘plab sementlash nasoslari va sement aralashtirish mashinalari 
zarur bo‘lsa.
Bu usulni asosiy kamchiligi – ostki qismni va ustki qismni sementlash vaqtini 
kattaligidir. 
Ayrim hollarda bir quduq 3 xatto 4 martada sementlanadi. Buning uchun 
himoya tizmalar tarkibiga sementlash soniga muvofiq 2 yoki 3 ta sementlash muftasi 
o‘rnatiladi. Sementlash ishlarini ketma-ketligi ikki pog‘onali sementlashdagi kabi 
amalga oshiriladi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling