Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Quduqni mustahkamlashda ishlatiladigan uskunalar


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Quduqni mustahkamlashda ishlatiladigan uskunalar. Quduqlarni 
mustahkamlashda ishlatiladigan uskunalar bo‘lib, quduqlarni sementlash uchun 
tayyorlangan moslamalar, sementlash agregatlari, sement aralashtiruvchi mashinalar, 
blok manifold va sementlash “boshchasi” kabi moslamalar hisoblanadi. 
 Hozirgi vaqtda sementlash uskuna uchining qo‘yidagi turlari mavjud: SGZ,
GSK, GS5-150, SNPU, 2GUTS-500. 
Tuzilishi bo‘yicha bu uskuna uchlari bir-biriga o‘xshash. 2GUTS-400
sementlash uskuna uchi quduqni sementlash vaqtida 400 MPa bosim ostida ishlashi 
kutiladi. Bunda bog‘lanuvchi tizma bilan uskuna uchining bog‘lanish diametri 141 
mm. dan 168 mm. gacha bo‘ladi. Bu uskuna uchida 7 ta bog‘lanuvchi moslama 
mavjud. Shulardan 2 tasi tiqinni ushlab turish vazifasini baja-radi. Sementlash 
uskuna uchining tuzilishi. 


62 
6.1- rasm. Sementlash uskuna uchi. 
1-korpus; 2-ostki ajratuvchi tiqin; 3-yonlama o‘tkazish tarmog‘i; 4-salnikli 
to‘xtatgich; 5-yuqorigi ajratuvchi tiqin; 6-korpus qopqog‘i; 7-krestovina; 8 - 
bog‘lovchi. 
Vazifasi: Quduqlarni sementlash vaqtida sement haydayotgan agregatdagi 
sement qorishmalarini bir nuqta orqali quduqqa o‘tkazish va sementlash tiqinini bir 
vaqtni o‘zida ushlab turish, hamda quduqni germetik bosim ostida saqlash vazifasini 
bajaradi. Bundan tashqari quduqni yuvish va sementlash ishlarini amalga oshiradi. 
Sementlash tiqinining vazifasi. 
Burg‘ilash eritmasini va haydovchi suyuqlikni, himoya quvurlarini sementlash 
vaqtida sementli eritmadan ajratib turish vazifasini bajaradi. 
Quduqlarni sementlashda ishlatiladigan uskunalar qo‘yidagilardir: 


63 
-sementlash agregatlari. 
-sement aralashtirgich mashinalar. 
-sementlash uskuna uchi. 
-sementlash tiqini va boshqa jihozlar (yuqori bosimga chidamli kranlar, eritmani 
taqsimlovchi moslama, egiluvchan metall shlanglar va boshqalar). 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling