Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

6.4. Manjetli sementlash usullari
Manjentli sementlash. Bu usul mahsuldor qatlamga kirishni beshinchi usulda 
qo‘llaniladi (mavzu 4). Himoya tizmasini filtrdan yuqori qismida sementlash muftasi 
o‘rnatilib tizmasini tashqi filtr bilan mufta oralig‘iga eguluvchan metall karkasli 
brezent voronka ko‘rinishidagi manjet o‘rnatiladi. Manjetdan quduq yuzasigacha 
bo‘lgan tizma orti muhiti hajmiga teng hajmli tamponaj eritmasi quvur ichiga 
haydalishidan avval tamponaj eritmasidan oldin yuvuvchi suyuqlikdan ajratish 
maqsadida ostki tiqin ishlatilsa, tamponaj eritmasini bosuvchi suyuqlikdan ajratish 
maqsadida ustki ajratuvchi tiqindan foydalaniladi. Bosuvchi suyuqlikni hajmi tizma 
ichida joylashgan semenlash muftasidan quduq yuzasigacha bo‘lgan masofaga teng. 
Birinchi tiqin sementlash muftasining ostki vtulkasiga borib o‘tiradi, uni 
pastga tomon tiralib qolgunicha surib boriladi va mufta korpusidagi yonlama 
teshiklarni ochadi. Bu teshiklar orqali tizma ortiga tamponaj eritmasi surib 
chiqariladi. Ikkinchi tiqin yuqorigi vtulkaga keli joylashadi, uni birinchi tiqinga kelib 
tayangunicha surib keladi. Ikkinchi tiqin birinchi tiqinga kelib joylashganidan keyin 
muftadagi teshiklar yopiladi. Sementlash uskuna uchida va nasoslarda bosimni birdan 
sakrashi bosuvchi suyuqlikni haydashni to‘xtatish va zulfinlarni yopish bo‘lib hizmat 
qiladi.


60 
Agar tizmaga germetik teskari klapan bilan va sementlash muftasi bilan 
jihozlangan bo‘lsa, nasoslar to‘xtatilganidan keyin ortiqcha bosim sementlash uskuna 
uchi orqali bir tekisda tenglashtiralidi. Manjeta-tamponaj eritma-sini himoya 
tizmasini filtrli qismiga chukishini oldini oladi. Gazli quduqlarda manjeta o‘rniga 
tizma orti tashqi pakerni ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
 
6.5. Teskari sementlash usullari. 
Teskari sementlash. Agar quduqni teskari sementlash mo‘ljallanayotgan 
bo‘lsa, quduqqa tushiriladigan himoya tizmasi teskari klapansiz va to‘xtash halqasisiz 
tushiriladi. Quduqni yuvib bo‘lgandan keyin himoya tizmasiga sementlash uskuna 
uchi yuqori bosimli zulfinlar bilan birgalikda hamda lubrikator bilan birga qotiriladi. 
Uskuna uchi sirkulyasion sistemasiga quvur yordamida tutashtiriladi. Tizma orti 
muhiti priventor bilan germetiklanadi. 
Sement eritmasi to‘g‘ridan to‘g‘ri tizma orti muhitiga haydaladi. Sement 
eritmasi surib chiqariladigan yuvuvchi suyuqlik tizma ortidan himoya tizmasi ichiga, 
himoya tizmasi ichidan uskuna uchiga, uskuna uchi orqali quvurlarga quvurlardan 
sirkulyasion sistemaga chiqadi. Tamponaj eritmasini birinchi miqdori tizmaning 
boshmakiga kirishi bilan nasoslar to‘xtatilib, quduq yuzasidagi uskuna uchining 
zulfinlari yopiladi va quduq tamponaj eritmasi qotgunicha tinch holatda qoldiriladi.
Agar tamponaj eritmasi bilan yuvuvchi suyuqlik zichligi katta farq qilsa, 
tamponaj eritmasi hajmi yuqori bo‘lsa quvur ortiga haydalayotgan tamponaj 
eritmasini tezligi yuqori bo‘lib ketishi oqibatida, bu oraliqda bosim atmosfera 
bosimidan past bo‘lishi mumkin. Natijada germetik bo‘lmagan quvurlar ulangan 
oraliqlarda havo yutilishi yoki qatlamlardan suyuqlikni oqib kirishi ro‘y bera 
boshlaydi. Bu holatlarni oldini olish uchun uskuna uchidagi zulfinlarni qisman 
shunday yopish lozimki, uskuna uchidagi bosim har doim atmosfera bosimidan 
yuqori bo‘lib tursin.
Teskari sementlashda eng og‘ir holat bu tamponaj eritmasini birinchi miqdori 
himoya tizmasini boshmog‘iga kirib kelganligini bilishdir. Buni ishonchli amalga 
oshirish uchun gamma-karotajdan foydalaniladi. Bu pribor quduqqa kabel bilan 


61 
uskuna uchidagi lubrikator orqali tushiriladi va boshmoqdan (100-200m) uzoqlikda 
joylashtiriladi. Tamponaj eritmasini birinchi miqdori tezda emiruvchi izotop bilan 
faollashtiriladi. Tizma ichida o‘rnatilgan priborni chuqurligini va shu pribor 
o‘rnatilgan chuqurlikdan himoya tizmasi boshmag‘igacha bo‘lgan quvur orti muhiti 
hajmini nasoslarni jami haydash sarfi bo‘yicha bu oraliqni to‘ldirib quvur ichiga kirib 
uni to‘ldirish vaqtini oson hisoblash mumkin. 
Teskari sementlashda quduq devorlariga bosim kam ta’sir etadi (bir 
pog‘onaga nisbatan). Nasoslarni quvvati yuqori bo‘lishi shart emas; boshqa 
sementlash usullariga nisbatan quvur ortini tamonaj eritmasi to‘liq egallaydi. SHu 
bilan birgalikda, bu usulda tamonaj eritmasini sifati quduqni ostki qismida bir 
pog‘onali sementlash usuliga nisbatan yomon. Chunki ajratuvchi tiqinni ishlatib 
bo‘lmasiligi sababli tamponaj eritmasi bilan yuvuvchi suyuqlik aralashib qolish 
kuzatiladi. 
Teskari sementlashni qo‘yidagi hollarda qo‘llash mumkin:
a) agar yutilish xavfi bo‘lgan oraliqlarda bir pog‘onali sementlashni
ishlatish imkoniyati bo‘lmasa;
b) agarda burg‘ilash maydonchasiga quduqni boshqa usullar bilan 
sementlashga kuchli nasoslarni etarli darajada to‘plash imkoniyati bo‘lmasa. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling