Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Og‘irlashtirilgan sement aralashmalari


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

5.4.Og‘irlashtirilgan sement aralashmalari. 
Og‘irlashtirilgan aralashma portlandsement klinkeri bilan yoki granu-lalangan 
domna shlaklari bilan zichligi yuqori bo‘lgan (4000kg/m
3
va undan yuqori) mineral 
qo‘shimchalarni birgalikda qo‘shib yanchish yo‘li bilan tayyorlanadi. Bunday 


53 
qo‘shimchalar sifatida barit, temir va ayrim hollarda qurg‘oshin ma’danlari 
ishlatiladi. 
Tolasimon sementlar. Bu aralashma bazali sementga tolasini uzunligi 2-4mm. 
li bo‘lgan asbestli chiqindilarni qo’shish yo‘li bilan olinadi. Bunday aralashmalar 
quduqda darzli tog‘-jinsli mavjud oraliqlarni sementlashda ishlatiladi. 
Emirilishga chidamli sementlar. Portlandsement toshi qatlam suvlari bilan 
aloqada bo‘lishi jarayonida eritmadagi eng ko‘p eriydigan komponentlarni 
ishqorlanishdan kationlar almashinuvidan emirilishi mumkin. Masalan, kalsiy 
gidrooksid (ishqoriy emirilish), magniy ionlari ta’siri ostida tartibda kimyoviy 
o‘zgarishlar yuzaga keladi (magnezial emirilish), sulfat ionlari (sulfatli emirilish), va 
sulfidlar (sulfidli emirilish) ta’siri natijasida almashishi ro‘y beradi. Emirilishga 
chidamlilik deb – biror sement, aralashma yoki toshni barcha emirilishlarga yoki 
emirilishni ayrim turlariga yuqori chidamliligi bilan farq qilishga aytiladi. Demak, 
nihoyatda emirilishga chidamli sementlar bo‘lib, glinozemli sementlar hisoblanadi. 
Ishqoriy emirilishga yuqori chidamlikka ega bo‘lgan sementlarni yoki aralashmalarni 
toshi tarkibida umuman kalsiy gidrooksidi mavjud bo‘lmasligi lozim. Magniy xloridi, 
kalsiy va natriyga to‘yingan qatlam suvlari va tog‘ jinslari bilan aloqada bo‘lgan 
jarayonlarda shlakli va shlaka qumli sementlar emirilishga chidamli hisoblanadi.
Kengayuvchi aralashmalar. Bunday aralashmalarni qotish jarayonida hajmni 
oshirish uchun tamponaj eritmalarini tayyorlashda ishlatiladi. SHartli ravishda 
kengaytiruvchi aralashmalarda ikkita guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh 
sementi yoki aralashmasi ishlatilganda kengayish jarayoni sement toshi shakllangan, 
etarli darajada katta mustahkamlikka ega bo‘lgan va sezilarli darajada plastikligini 
yo‘qotgan. Bunday materiallarga gipsoglinozemli sement va 10-20% gipsoglinozem 
yoki 5-10% magnezit yoki 700-900
0
С da kuydirilgan dolomit bilan tamponaj 
portlandsementi kiradi. Tam-ponaj toshini kengayish qattaligi qattiq holatda 
ko‘rinishidan 1-1,5% dan oshmastligi kerak; katta kengayish oqibatida toshda 
yorilish – parchalanish va emirilish ro‘y beradi. Ikkinchi guruhda eritmani kengayishi 
qotish muddatini sungida ya’ni sement toshida kristal panjara hosil bo‘lmasidan, tosh 


54 
etarli darajada mustahkamlikka ega bo‘lmaydi va plastikligini yo‘qotmasdan 
kengayadi. 
Kengaytiruvchi ko‘shimcha sifatida ma’lum bir haroratli rejimda xom 
ashyodan kuydirish yo‘li bilan olingan magniy va kalsiy oksidlari ishla-tilishi 
mumkin. Demak, 100
0
С haroratgacha ishlatiladigan tamponaj sementiga ko‘shimcha 
sifatida 1200
0
С haroratli jarayonida kalsiy karbonatdan kuydi-rish yuli bilan olingan 
sundirilmagan ohak SaO qo‘llaniladi. Quduqni harorati 180
0
С gacha bo‘lganda 
sementlarga va qum-sementli aralashmalarga ko‘shimcha sifatida xromat shlakini 
1200
0
-1300
0
С da kuydirish yo‘li bilan olingan magniy oksidi ishlatiladi. 
Undan ham yuqori haroratli quduqlar uchun 1600
0
С haroratda kuydirish yuli 
bilan olingan magniy oksidi ko‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Kam namlanuvchi sementlar. Sementlar yuqori solishtirma yuzaga va 
nihoyatda namlanuvchan. Atmosferadan namni va uglekislotani uziga yutib, tezda 
xossasini yo‘qotadi, qattiq-katik tuzilma hosil qiladi; natijada eritmani ham toshni 
ham xossasi o‘zgaradi. Sementni xossasini saqlab qolishni usullaridan biri klinkerni 
yanchish jarayonida sement kukunini yuzasiga gidrofoblik yoki namlanishini 
kamaytirish uchun maxsus ko‘shimchalar qo‘shiladi. Quduqlarni sementlash uchun 
trietanollamin bilan qayta ishlangan kam namlangan sement ishlatiladi. Bunday 
sementlar ham qotadi va uzoq muddatga faolligini saqlab qoladi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling