Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Nazorat savollari: 
1. 
Quduqqa himoya tizmalarini tushirishda qanday kuchlar ta’sir qiladi? 
2. 
Himoya quvurlariga ta’sir etuvchi kuchlar necha guruhga bo‘linadi va 
ularni qisqacha tushintiring. 


47 
5-ma’ruza. Tamponaj materiallari 
Ma’ruza rejasi: 
5.1. Tamponaj materiallarining vazifalari. 
5.2. Tamponaj materiallarini turlari va toshining asosiy xossalari. 
5.3. Tamponaj materiallarining tayyorlanishi. 
5.4.Og‘irlashtirilgan sement aralashmalari. 
 
Tayanch sozlar: 
Tamponaj 
materiallar, 
kavernolarni, 
yoriq, 
kanallar, 
suspenziya, 
portlandsement, klinkersiz sementlar, suvli suspenziya. 
 
5.1. Tamponaj materiallarining vazifalari. 
Tamponaj 
deb-qaysiki 
materiallarni suv bilan aralashish jarayonida 
suspenziya (odatda ularni eritmalar deb ataladi) hosil qilib, quduq sharoitida vaqt 
o‘tishi bilan umuman o‘tkazmas mustahkam jinsli hosil qilishga aytiladi. 
Tamponaj materiallari quduqni quvur orti bo‘shlig‘ini to‘ldirish va barcha 
o‘tkazuvchan jinslarni bir-biridan izolyasiya qilish uchun; quvur orti bo‘ylab bir 
qatlamdan boshqa bir qatlamga suyuqlik (gaz) oqimini o‘tishini oldini olish yoki 
bartaraf etish uchun; yuvuvchi suyuqlik yutilishi mumkin bo‘lgan kavernolarni, 
yoriq va boshqa kanallarni to‘ldirish uchun; himoya tizmasini tashqi qismini qatlam 
suvlari (gazlari) korroziyasidan himoyalash uchun himoya tizmasiga katta 
mustahkamlik bera olish uchun; doimiy yoki (vaqtinchalik tutashuvchi sement 
ko‘prigi) quduq stvolida turli maqsadlarda barpo etish uchun. 
O‘tkazuvchan qatlamlarni ajratish uchun ishlatiladigan tamponaj materiallari 
quyidagi qator talablarga javob berish lozim:
1. Bunday materialni suspenziyasi vaqt oralig‘ida engil haydalishi, ya’ni 
quduqni belgilangan oralig‘igacha transportirovka qilinishi, tinch holatda esa 
sedimentatsion mustahkam bo‘lishi kerak. 


48 
2. Quduqqa suzpenziyali transportirovka qilish tugashi zahotidek, qisqa 
muddat ichida hatto atrof-muhitni harorati 
0
C dan past bo‘lsa ham umuman 
o‘tkazmas qattiq jismga aylanib qolishi kerak. 
3. Suspenziya hajmi uncha kattalashmasdan yoki muayyan quduq sharoitida 
hajmini yo‘qotmasdan qattiq jismga aylanib qolishi kerak. 
4. Suspenziyadan hosil bo‘lgan qattiq jism yuqori elastiklik, uzoq muddatli, 
qatlam suvlari (gazlar) bilan aloqada bo‘lgan jarayonda korroziyaga qarshi chidamli 
bo‘lishi kerak. 
5. Bu qattiq jism quduqni ishlash davrida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan 
haroratni barcha o‘zgarishi jarayonida korroziyaga qarshi mustahkamligini va 
o‘tkazmaslik hususiyatini, o‘zini mexanik xossalarini saqlab qolishi kerak. 
6. Himoya tizmasi ortida va tizma oralig‘ida, quduq devorlarida hosil qilingan
jipslashishi va mustahkamligi quduqni ishlash davrida hosil bo‘lgan kuchlarga 
etarlicha qarshi tura olishi kerak. 
7. Tamponaj materiallari tanqis bo‘lmasligi va qimmat bo‘lmasligi lozim, 
chunki ularni ishlatish extiyoji juda yuqori. 
8. Agar tamponaj materiali quduqda ko‘prik quyish uchun ishlatilsa, uni 
suspenziyasidan hosil buluvchi tosh yuqori mustahkamlikka va qattiqlikka ega 
bo‘lishi lozim. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling