Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Tamponaj materiallarini turlari va toshining asosiy xossalari


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

 
5.2. Tamponaj materiallarini turlari va toshining asosiy xossalari. 
Tamponaj materiallari GOST 25597 – 83 bo‘yicha, quyidagi ko‘rinishdagi 
guruhlarga ajratiladi: klinker tarkibi bo‘yicha ishlatilish harorati, ulardan 
tayerlanadigan eritmani o‘rtacha zichligi, tamponaj toshini agressiv muhitga 
chidamliligi, qotishda hajmiy deformatsiyalarga bardoshliligi va hokozolar. 
Bu materiallar klinker tarkibiga bog‘liq holda uchta guruhga bo‘linadi:
- asosida portlandsement klinkeri bo‘lgan sementlar; 

asosida gil tuproq klinkeri bo‘lgan sementlar; 

klinkersiz sementlar. (klinker deb – maxsus tanlab olingan ayrim tabiiy 
materiallarni yuqori haroratda pishirishda hosil bo‘lgan sun’iy toshga aytiladi). 


49 
Haroratga bog‘liq holda sementni ishlatilishi qo‘yidagicha farqlanadi: 

past haroratli (15* dan - past) ; 

normal haroratli (15*C dan – 50* C gacha ) ; 

o‘rta haroratli (50* C dan – 100* C gacha) ; 

yuqori haroratli (100* C dan – 150* C gacha); 

baland haroratli (150* C dan – 250*C gacha): 

o‘ta baland haroratli (250*C dan yuqori) va

siklik o‘zgaruvchan haroratli sementlar. 
Tamponaj sementlaridan tayerlangan sement eritmasini o‘rtacha zichligidan 
kelib chiqqan holda ularni zichligi qo‘yidagicha; 

engil (1400 kg/m dan kichik); 

engillashtirilgan (1400 dan – 1650 kg/m gacha); 

normal (1650 dan – 1950 kg/m gacha); 

og‘irlashtirilgan (1950 dan – 2300 kg/m gacha); 

og‘ir (2300 kg/m dan yuqori).
Tamponaj portlandsementlar GOST 1581-85 ga muvofiq uch hil haroratga 
mo‘ljallab chiqariladi: past va normal haroratli, o‘rta haroratli va yuqori haroratli. 
Portlandsement deb – mineralogik tarkibi aniq bo‘lgan kukunni, suvli 
suspenziyasi havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega bo‘lishiga aytiladi. 
Portlandsementni ishlab chiqarish uchun qo‘yidagi miqdorli tog‘ jinsi aralashmalari 
olinadi: 60 – 75 % SaO, 17 – 25 % SiO, 3 – 10 % Al O ; 2 – 6 % Fe O va uncha ko‘p 
miqdorda bo‘lmagan boshqa aralashmalar qo‘shiladi. Bular maxsus pechlarda 1300-
1400*С haroratda kuydiriladi, hosil bo‘lgan tosh, klinker tegirmonda maydalanadi. 
Maydalangan klinkerga oz miqdorda gips shuningdek inert yoki aktiv qo‘shimchalar 
portlandsementni to‘riga bog‘liq holda qo‘shiladi. 
Klinkerni minerallari bo‘lib, belit, alit, selit hizmat qiladi. 
Shlakli sementlar. Ularni asosini maydalangan granulali metallurgiya 
shlaklari tashkil etadi. Shlakli sementlar toza holda quduqlarni mustahkamlash uchun 
ishlatilmaydi, bazali sement sifatida domna shlaklarini granula kukun holatida kvars 
qumi va portlandsementi kukuni qo‘shiladi. Metallurgiya shlaklari qat’iy bir doimiy 


50 
bo‘lgan tarkibga ega emas, ammo ularni tarkibida klinker tarkibiga kiruvchi o‘sha 
oksidlar bo‘lib, faqat miqdoriy nisbati bilan farq qiladi. 
Masalan, asosiy domna shlaklarida oz miqdorda kalsiy oksidi, muhim 
qovushqoqlik komponenti bo‘lgan – uncha yuqori bo‘lmagan haroratda kam faolli 
kalsiy ikki silikati tashqil qiladi. 
Domna shlaki, kvars qumi va portlandsement klinkerini qo‘shib maydalab 
olish usulidan hosil bo‘lgan tamponaj sementi – SH P S S –120 shifri ostida ishlab 
chiqariladi. 
Bu tomponaj sementi harorti 80
0
C dan 160
0
C gacha bo‘lgan quduqlarni
sementlashda ishlatiladi. Tamponaj sementi tarkibidagi portlandsement tamponaj 
kukunini suv bilan o‘zaro ta’sir reaksiyasini tezlashtirish vazifasini bajaradi. Yuqori 
haroratlar (160* - 250*C) uchun shlakli qumli – (shlak va qumni birgalikdagi 
kukunini klinker qo‘shmasidan tayyorlangan holda ishlatiladi). Shlakoqumli sementni 
zichligi takriban 2800 kg/m
3
ga teng. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling