Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

6.2. Bir pog‘onali sementlash usuli. 
Bir pog‘onali sementlash usuli – birlamchi sementlash usulini eng keng 
tarqalgan usullaridan biri. Quduqni yuvish ishlari tugashi bilan himoya tizmasiga 
sementlash uskuna uchi qotiriladi. Uskuna uchining ichki qismida ikkita ostki va 
ustki ajratuvchi tiqinlar joylashtiriladi. Tiqinlar tushib ketmasligi uchun tiqin ostida 
to‘xtatish moslamalari mavjud. Uskuna uchida 4 ta o‘tkazish tarmog‘i bo‘lib, bu 
tarmoqqa blok manifold yoki sementlash nasoslari yuqori bosimli quvurlari 
tutashtiriladi.
Sementlash qo‘yidagicha amalga oshiriladi. Ostki tiqinni ushlab turilgan 
to‘xtatish moslamasi echiladi (buriladi). Ostki tiqinni yuqorisidan sementlash 
nasoslari bilan maxsus sement aralashtirish mashinalari tayerlagan tamponaj eritmasi 
haydaladi. Tamponaj eritmasi (3) ostki ajratuvchi tiqinini (4) surib himoya tizmasi (5) 
bo‘ylab harakatlantiradi. Quduqni kufur orti oralig‘i uchun zarur bo‘lgan hajmli 
tamponaj eritmasi haydalib bo‘lingandan keyin, uskuna uchi (1) ning ostki yonlama 
o‘tkazish tarmog‘i (2) ni zulfinlari (9) yopiladi. Yuqori tiqinlarni ushlab turgan 
to‘xtatish moslamalari bo‘shatiladi va uni yuqorisidan bosuvchi suyuqlik (12) uskuna 
uning yuqoriga tarmog‘i (10) orqali haydaladi. Bosuvchi suyuqlik sifatida yuvuvchi 
suyuqlik yoki suv ishlatiladi. Yuqorigi tiqin (11) himoya quvuriga tushgandan keyin 
yana uskuna uchidagi ostki enlama o‘tkazish tarmoqlari zulfinlari ochiladi va ular 
orqali bosuvchi suyuqlik haydaladi. 
Ostki ajratuvchi tiqin, tizma ichidagi to‘xtash halkasi (6) ga borib to‘xtaydi. 
Lekin ostki tiqin to‘xtashi vaqtida ham suyuqlik haydalib turishi natijasida bosim tez 
oshadi. Bosimni oshishi tufayli tiqindagi membrana yoriladi va tamponaj eritmasi 
tiqinni o‘tish teshiklari va boshmakdan tizma orti muhitiga harakatlanib chiqadi.
Tamponaj eritmasini zichligi ko‘p hollarda yuvuvchi suyuqliklarni zichligidan 
yuqori bo‘lganligi uchun quvir orti muhitiga tamponaj eritmasi chiqishi bilan himoya 
quviri ichida, sementlash uskuna ichida, sementlash nasoslarida bosim ko‘tariladi. 
Bosimni ko‘tarilishi tiqinni ostki tomon harakatlanishi davrida asta-sekin ko‘tarilishi 
kuzatiladi. Yuqoriga tiqin ostki tiqinga borib joylashishi bilan tizma ichida bosim 
tezda oshadi. Bosimni tezda oshishi «sakrashi» himoya tizmasi ichiga haydalayotgan 


57 
bosuvchi suyuqlikni to‘xtatish belgisi bo‘lib hizmat qiladi. Bu to‘xtatish signali 
bo‘yicha nasoslar to‘xtatiladi, uskuna uchidagi 8 va 9 zulfinlar yopiladi, quduq esa 
tamponaj eritmasi qotish davrida tinch holatda qoldiriladi. 
Agar himoya tizmasi mustahkam va germetik teskari klapan 7 bilan 
jihozlangan bo‘lsa, nasoslar to‘xtatilgach ortiqcha bosim odatda uskuna uchidagi 
birorta zulfinni bir tekisda ochib bosim tenglashtiriladi. Bosimni tushirish jarayonida 
kam miqdorda suyuqlik oqib chiqadi. So‘ngra zulfinlar yopiladi va eritmani qotish 
davri nazoratga olinadi. Ortiqcha bosim quvurni ruxsat etilgan bosimdan yuqori 
bo‘lib ketmasligi uchun vaqti-vaqti bilan bosim, zulfinlarni ochish yo‘li bilan 
tenglashtirib turiladi. Agarda tizmada teskari germetik klapan bo‘lmasa, sementlash 
tugashi bilan uskuna uchidagi ortiqcha bosimni tenglashtirish (tushirish) mumkin 
emas. Bunday hollarda sementlash uskuna uchida saqlagich klapanlarni bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. Ma’lum bir tartibga moslashtirilgan klapanda bosim 
me’yoridan ortishi bilan saqlagich klapan ishlab ketadi va himoya tizmasini ishdan 
chiqishini oldini oladi. 
Tiqinlar va to‘xtash halkasi oson burg‘ilanadigan materiallardan tayyor-
lanadi. Ostki tiqin tamponaj eritmasi bilan yuvuvchi suyuqlik himoya tizmasi ichida 
aralashib ketmasligi uchun hamda quvur ichida yuvuvchi suyuqlikdan hosil bo‘lgan 
plenka qobiqni tozalab olish vazifasini bajaradi. Yuqorigi tiqin tamponaj eritmasi 
bilan yuvuvchi suyuqlikni aralashib ketishi oldini oladi.
Amalda ostki tiqinni ko‘pincha ishlatilmaydi. Ostki tiqinni ishlatil-masligi 
natijasida sementlash sifati yomonlashadi.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling