Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
Tuproqlarni muhofaza qilish.
Unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan yer yuzasining ustki g‘ovak qatlami tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiat hayotidagi roli g‘oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muxiti, ozuqa manbai hisoblanadi, moddalarning kichik biologik va katta geologik aylanma harakatida muhim rol o‘ynaydi. Tuproq qattiq, suyuq va gazsimon komponentlardan iborat bo‘lib, iqlim, tog‘ jinslari, o‘simliklar va hayvonlar, mikroorganizmlarning o‘zaro murakkab ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Bir gramm tuproqda milliondan ortiq sodda hayvonlar va o‘simliklar uchraydi. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko‘ra tuproqda 3 ta asosiy qatlam ajraladi. 197 1.A – eng ustki gumus (chirindi) li qatlam; 2.B – yuqori qatlamlardan mineral va organik birikmalardan to‘plangan qismi; 3.S – tuproq vujudga keladigan ona jinsi qatlami. Biosferada bajariladigan faoliyatga qarab tuproqni organik hayot zanjirining eng muhim halqasi, deb yuritiladi. Tuproqda u yoki bu mikro elementlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligi organizmlarning rivojlanishi va insonning sog‘lig‘iga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq kasallik tarqatadigan ko‘plab mikroorganizmlar uchun zarur hayot muhiti hisoblanadi. Tuproqda sil, vabo, o‘lat, ichterlama, bursellyoz va boshqa kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tuproqlarni ifloslanishidan saqlash muhim ahamiyatga ega. Quduqlardagi kislotali ishlov berishdan keyin chiqindilarni to‘kib tashlash tuproqni zararlashi va ularni chang orqali shamol bilan ma’lum xududgacha berishi inson hayotiga katta xavf bo‘lishi mumkin. 15.3. Atrof muhit muhofasi. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish. Tabiat muhofazasi, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ish bilan birgalikda yer osti boyliklaridan eng muhim muammolardan hisoblanadi. Hozirgi davrda va texnika – texnologiyalarning globallashuvi davrida davlatimiz elektro – energetik bazamizni kuchaytirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Respublikamizda gaz qazib ko‘rsatgichlarini o‘sib borayotganligi hamda neft mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshib ketayotganligi sababli yer osti boyliklarimizdan kompleks ravishda oqilona tejamkorlik bilan foydalanish va ularni asrash va himoya qilish oldimizda turgan muammolaridan biridir. Davlatimizda Oliy majlis tomonidan mineral xom ashyolardan foydalanishni yaxshilash, yer osti va yer usti boyliklarini geologik qidiruv ishlarini jadallashtirish bo‘yicha keng miqyosdagi programmalarni amalga oshirish masalasi qo‘yilgan. Bu programmada yer osti va yer usti boyliklarilan oqilona foydalanish ta’minlash va tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha bir qator qonunlar ishlab chiqilmoqda. 198 Yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni himoya qilishning bosh yo‘nalishlaridan biri tejamkorlik bilan foydalanish, tog‘ kon qidiruv ishlarini, burg‘ilash va konlarni ishga tushirishni ilmiy asoslangan rejalar asosida amalga oshirish kerak bo‘ladi. Yer osti boyliklarini va atrof muhitning muhofazasi muammolari yerlarni, yer ust iva yer osti atmosferani himoya qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Yuqoridagi mulohazalardan kelib, sanoatning neft gaz tarmoqlarida bunday muammolarning bosh masalasi sifatida quyidagilarni ko‘rib chiqish mumkin: a) boyliklarni joylashuvini kompleks geologik o‘rganish, neft va gaz, va shunga yo‘ldosh bo‘lgan foydali qazilmalarning zahiralarining sifatli va miqdori to‘g‘risida asoslangan ma’lumotlarni olish; b) konlarni qidirish va ishlatish jarayonlarida otilmalar, ochiq favvoralar, qatlam ichra va quduq ichra oqimlarni oqib ketishi jarayonlarida neft va gaz zahiralarini yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik; v) qazib olingan neftni, yo‘ldosh gazni va tabiiy gazlarni kondensatni ishlatish jarayonida, tayyorlashda va neft-gazni saqlashda yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak; g) kam harajat sarflab neft, gaz va kondensat hamda boshqa yo‘ldosh foydali qazilmalarni zahiralarini qazib olishni maksimal ko‘rsatgichiga erishish; d) burg‘ilash, ishlatish, quduqlarni tadqiqotlash, neft va gazni yer osti saqlagichlarini qurish va ishlatish davrida ifloslanishiga, zaharlanishiga, deformatsiya bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling