Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
«Muborakneftgaz» MChJ ning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
«Muborakneftgaz» MChJ ning o‘ziga xos xususiyatlari.
«Muborakneftgaz» MChJ gazni, neftni va gazokondensatni qazib, ularni quvurlar orqali haridorlarga qayta ishlash uchun jo‘natishga mo‘ljallangan. Bu gazni yoki neftni yer qatlamlaridan chiqarishga imkon beradi. Gazni yoki neftni konlardan qazib chiqarish jadval asosida bajariladi, bu yerda manbaning kuvvati va qatlamning bosimi bosh rolni o‘ynaydi. Gaz va neft yuqori bosimda qatlamdan favvora bo‘lib otiladi va nasos-kompressor quvurlar orqali yuqoriga ko‘tarilib mo‘ljallangan joyga foydalanishga yuboriladi. 189 Korxonada shu yo‘l bilan tabiiy gaz qazib olinadi. Ayrim xollarda agarda qatlam quvvatining bosimi yetarli bo‘lmasa unda neft chuqurlikdan tortib oladigan nasoslar orqali surib olinadi. Gazni yoki neftni yer qatlamidan yuqoriga ko‘targandan keyin, gaz quvurlar orqali ma’lum joylardagi separatorlarga jo‘natiladi va qisqa vaqt ichida boshqa aralashmalardan, suvdan kondensatdan tozalanib keyin gazni qayta ishlash zavodiga jo‘natiladi. Neft, gaz va gazokondensatini iste’molchilarga jo‘natish jarayonida, bu foydali qazilmalar har xil bosim va temperaturada ishlovchi separatorlar, adsorberlar, issiqlik almashuvchilar, ajratgichlar, nasoslar, idishlar va boshqa texnologik uskunalar orqali o‘tadi. Bular bir-biriga juda murakkab texnologik quvurlar kommunikatsiyasi orqali bog‘langan. Korxonaning neft konlarida gaz va neft qorishmasi to‘ldirilgan quduqlardan quvurlar orqali maxsus gazni neftdan ajratadigan idishlarga tushadi keyin alohida yig‘iladigan joylarga jo‘natiladi. Yig‘ilish punktida neft maxsus saqlanadigan idishdan oldin dastlab ishlov berilib, keyin maxsus saqlanadigan idishlarga uning suvini ajratib oladi. Asosan konlardagi gaz yig‘ish joyida gazda 6% serovodorod tashkil qiladi, maxsus kompleks qurilmalarda gazlardan suv va kondensat ajratib olinib, maxsus idishlarga, gaz esa har xil aralashmalardan qorishmalardan va suvlardan tozalanidi. Ishlab chiqarishda mehnat intizomini buzish, xavfsizlik texnikasi yo‘riknomalari va qoidalariga rioya qilmaslik, talab qilingan texnologik rejimdan chetga chiqish ko‘p hollarda bosim ostida ishlovchi idishlar, quvurlarning bo‘zilishiga va avariyaga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ish muhitining gazlanishiga ish joyining ifloslanishiga va baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Ishni noto‘g‘ri tashkil qilish va bajarish ishlab chiqarish jarayonida gazlar, kondensat bug‘lari, oltingugurt sulfidi va boshqa zararli ta’sir ko‘rsatishiga olib keladi. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling