Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Ikki fazali ko‘pikni qo‘llab qatlamdan oqimni chaqirish
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
13.3. Ikki fazali ko‘pikni qo‘llab qatlamdan oqimni chaqirish Qatlamdagi oqimni tiklash uchun hamda quduq tubi zonasining tabiiy o‘tkazuvchanligini saqlashda qatlamga ta’sir etishda fizik-kimyoviy usulning ikki fazoli ko‘pikidan foydalaniladi. Past qatlam bosim sharoitida ko‘pik qo‘llaniladi, u suvga almashtirilganda yutilishga olib kelishi mumkin. Ma’lumki, quduq sharoitida ikki fazoli ko‘piklar kichik zichlikka ega bo‘ladi. Bunday ko‘piklardan odatda yutiluvchi gorizontlarni burg‘ilashda va mahsuldor qatlamni ochishda foydalaniladi. Ko‘piklardan foydalanish quduqdan suvni chaqirishda va qatlamdan berkituvchi 168 materiallarni chiqarib yuborishda keng foydalaniladi. Shunday qilib ko‘pik yerning ustida yengil parchalanadi. Quduqlarni o‘zlashtirishda ikki fazoli ko‘piklardan foydalanilganda foydalanish zonalaridan bekituvchi mahsulotlarni yaxshi tozalash, quyqum va tog‘ jinsining kislotalar bilan reaksiyaga kirishi natijasida paydo bo‘lgan mahsulotlarini tozalashda foydalaniladi. Shuning uchun ko‘rsatilgan maqsadlarda qatlam suvidan foydalanish oldindan namuna uchun olingan tog‘ jinsi kollektorlarida sinalgan bo‘lishi kerak. Komponentlar tarkibini boshqarib ko‘pik xossasini keng almashtirish mumkin. Zichligi kichik (33 kg/m 3 ) namunaviy hisoblanadi. Ko‘pikning qovushqoqligini boshqarish mumkinligi ko‘pik NKQ orqali 0,5 m/s dan 1,5 m/sek gacha tezlikda harakatlanganda uning vazifasi quyqumlarni ko‘tarib chiqaradi. Mos ravishda ko‘pikni shunaday tayyorlash kerakki, barqaror va muallaq bo‘lib, otilma tizimdan chiqquncha ish holatda saqlanishi kerak va undan keyin parchalanishi mumkin. U yana qaytadan quduqqa haydalganda xossasi yana tiklanadi. Shunga bog‘liq holda ko‘pik bir sirkulyatsiya tizim uchun amalda bo‘lib, uning komponentlarini shakllantirish uchun qaytadan aralashtirib turish kerak. Ko‘pikning zichligi oson boshqariladi, havo hajmining 1 m 3 suvga nisbatini o‘zgartirib, SFM mikdorini tanlab, suyuqlik sarfini doimiy saqlab, havo sarfini o‘zgartirib, ikki fazoli ko‘pikning zichligini 200 kg/m 3 dan 800 kg/m 3 gacha o‘zgartirib, quduq tubiga beriladigan bosimni kattalashtirib borish mumkin. Ko‘pik shakllantiruvchi sifatida quyidagi SFM lardan foydalaniladi. 13.1-jadval SFM Suvdagi SFM tarkibi % SFM Suvdagi SFM tarkibi% Sulfanol 0,1 0,3 Arkopal N – 100 0.3 0.5 Natriy-sulfat tuzi 1,0 2,0 Disolvan 0.2 0.3 OP7, OP-10, UFE -8 0,3 0,6 Sopal R 0.2 0.3 DS – RAS 0,3 1,0 Prevotsel W-ON- 100 0.1 0.3 Marvelan KO 0,3 0,5 169 Ikki fazoli ko‘pikni qo‘llab qatlamdan oqimni chaqirish texnologiyasining jarayoni quyidagicha: 1) NKQ ni perforatsiya teshigidan 2-3 metr yuqorigacha tushirish; 2) quduq ustunini yer usti jihozlari, sementlash agregati va aerator orqali kompressor bilan jihozlash; 3) quvur orqasi ishlatish tizmasi oralig‘i orqali ko‘pikni haydash va NKQ uchun butun quduq ustunidagi suyuqlikni almashtirish; 4) birinchi ko‘pikni hajmiy bo‘lagi kichik aeratsiya darajasida (10-20 m 3 /m 3 , 20 10 m 3 havo uchun 1 m 3 suvli SFM aralashmasi) olinib, NKQ dagi suyuqlik zichligi va quvur orqasida ko‘pikning zichligi nisbatlari minimal bo‘lishi kerak. 5) ketma-ket aeratsiya darajasini ko‘tarib, quduqqa beriladigan bosimni pasaytirib borish (aeratsiya darajasi 150-160 m 3 /m 3 bo‘lganda, ko‘pikning o‘rtacha zichligi 100-120 kg/m 3 gacha yetkaziladi.); 6) quduq tubi bosimi 4-5 MPa ga yetganda sirkulyatsiyani 2-3 soatga to‘xtatish va qatlamdan oqimni kelishini aniqlash; 7) agar oqim paydo bo‘lmasa, ko‘pik sirkulyatsiyasini yana kaytadan tiklash, qatlamga 5-10 m 3 mikdorida suyuqlikni haydash va 3-4 soat davomida ushlab turish, maksimal aeratsiya darajasida sirkulyatsiyani tiklash; 8) oqimni olish, quduqdan quyqumni tozalashni ta’minlash va oqimda tadqiqot olib borish. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling