164
13-ma’ruza. Oraliqlar bo‘yicha quduqdagi suyuqlikning sathini
pasaytirib oqimni chaqirish
Ma’ruza rejasi:
13.1. Porshenlab quduqdagi suyuqlikni pasaytirib oqimni chaqirish
13.2. Anomal past qatlam bosim sharoitida quduqdagi sathni pasaytirish
orqali oqimni chaqirish
13.3. Ikki fazali ko‘pikni qo‘llab qatlamdan oqimni chaqirish
13.4. Ajratuvchi bufer suyuqliklaridan foydalanish
Tayanch so’zlar:
Porshenlash, sathni pasaytirish, ikki fazali ko’pik, Ajratuvchi bufer
suyuqliklari
13.1. Porshenlab quduqdagi suyuqlikni pasaytirib oqimni chaqirish
Bunday sharoitda nosos kompressor quvur 750-800 m chuqurlikka
tushirilib,
sathni gidrostatik bosimi va harakatga qarshiligi 8 MPa (UKP-80 kompressor iishchi
bosimi) bosimdan oshmasligi kerak.
Halqa oralig‘ida kompressor yordamida gaz yoki havo haydalganda suyuqlik
kompressor quvuri tomonga chiqadi. Gaz yoki havoni haydash suyuqlikni NKQning
oralig‘iga tushurguncha davom ettiriladi.
Agar quduq favvoralanishni boshlamasa yoki suyuqlik sathi sekin ko‘tarilsa,
unda NKQni aniq chegarasigacha tushirishga yoki qatlam
shipigacha tushirishga
ruxsat beriladi.
UKP-80 kompressorning haydash shartida (8m
3
/min) havoni haydashi
quduqni sinashda kuchaytiriladi. Bunday holat past qatlam bosimli chuqur joylashgan
qatlamlarni
sinashda, qaysiki quduqqa suyuqlik sathini katta qiymatda to‘ldirish talab
qilinsa qo‘llaniladi.
Nasos kompressor quvurlar orqali gaz yoki havo haydab sathni to‘ldirishni
quyidagi kamchiliklari mavjud.
1) quvurlarni navbatda almashtirishda favvora paydo bo‘lishi mumkin;
165
2) birinchi ishga qo‘shishda haydash suyuqlikni qatlamga yutilishiga olib
kelishi mumkin;
3) NKQni boshmog‘i filtratsiya teshiklariga
yetib borganda quduq ishlay
boshlashi mumkin;
Shuning uchun bu usul oxirgi sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin.
Quduqdagi suyuqlikning sathi teskari klapan bilan maxsus porshen yordamida
tushirilganda, quduqqa ruxsat etilgan oqim bir yo‘nalishda pasaytirishda to‘planadi.
Porshenning diametri quduq diametriga nisbati kichik oraliq bilan tanlanadi. Bunday
usulda quduqlarni o‘zlashtirish quduq usti favvora armaturasiga o‘rnatilib,
quduqqa
nasos kompressor quvuri yordamida tushiriladi.
Porshen shtangaga mahkamlanadi, po‘lat arqonda NKQ ga traktor ko‘targich
yoki burg‘ilash jihozi bilan chig‘iriq yordamida suyuqlik ichiga 100-300 metr
tushiriladi va maksimal tezlikda imkoniyati darajasida yuqoriga ko‘tariladi,
quduqda
suyuqlik sathi talab qilingan sathgacha yoki qatlam flyudini olguncha davom
ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: