154
6.
Yuqori bosimda quduqqa suv haydalganda qatlam kollektorlari yoriqli
bo‘lganda haydash bosimi normal belgilangan bosimdan oshiriladi. Buning uchun
quduqqa uch-to‘rtta nasos agregati ulanadi va qo‘shimcha bosim hosil qilinadi.
Bunda qatlamdagi tabiiy yoriqlar kengayadi va quduqning
yutish qobiliyati keskin
oshadi. Bu QGYOning eng sodda sxemasi bo‘lib, qatlamda yoriqlarni ochilishi sodir
bo‘ladi hamda cho‘kmalar va gilli zarrachalar qatlamga chuqurroq kirib boradi.
7.
Neft quduqlariga issiq suv yoki neft bilan ishlov berilganda quduq tubi
zonasining atrofida to‘planib qolgan parafin va smolalar yuvib chiqariladi. Isitish
avtomobillarga o‘rnatilgan ko‘chma qurilmalar yordamida bug‘
haydash amalga
oshiriladi. Haydaladigan suvning sarfi bosim ko‘tarilishi bilan tezda oshadi.
CHuqurlik sarf o‘lchagichlar yordamida quduqlarda tadqiqot o‘tkazilganda yutish
oralig‘i
va yutilish oshadi, tabiiy yoriqlar kengayadi va suyuqlikning yutilish
jarayonida qo‘shimcha qatlamlar ham bir-biri bilan tutashib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: