Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
12.5.Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish
Agar ishlatish quduqlarini o‘zlashtirishdan maqsad qatlamning berilgan parametrlari bo‘yicha mumkin bo‘lgan yuqori mahsuldorlik koeffitsientini olish bo‘lsa, haydovchi quduqlarni o‘zlashtirishdan maqsad esa ko‘proq yutilish va qabul qiluvchanlik koeffitsientini olish bo‘lib, unga haydaladigan suvning miqdorini oshish qiymatini haydash bosimining o‘zgarish nisbatiga teng bo‘ladi. 2 1 2 1 P P Q Q К м (12.13) yoki differensial ko‘rinishda quyidagicha bo‘ladi dp dQ К м (12.14) Katta mahsuldorlik koeffitsienti K m -ni olish uchun qatlamga hisobiy miqdordagi suv nisbatan kichik bosimda haydaladi. Bu qatlam bosimini ushlab turishda energetik xarajatlarni qisqartiradi va haydovchi quduqlarning sonini kamaytirishga olib keladi. Haydovchi quduqlar qatlamning suvga to‘yingan (kontur chegarasida) va neftga to‘yingan (qatorlarni kesishini yoki kontur ichida) qismlarida burg‘ilanadi. Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish usullari har xildir. Agar birinchi quduqlar birdaniga suv haydash uchun o‘zlashtirilsa, ikkinchi quduqlar esa ma’lum bir muddat davomida neft olish uchun hamda quduq zonasida qatlam bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi. Agarda haydash uchun bir qator haydovchi quduqlar kontur ichida o‘zlashtirilsa, ulardan keyin esa neft qazib olish uchun quduqlar o‘zlashtiriladi. Navbatdagi qator esa maksimal neft qazib olishda ishlatiladi, undan keyingi navbatdagi qatordagi quduqlar esa haydash uchun o‘zlashtiriladi yana, navbatdagi qator esa – ishlatishda qo‘llaniladi va hokazo. Haydovchi quduqlar qatoridan maksimal neft olishni imkoniyati shunday darajada bo‘ladiki, uni mahsuloti tarkibiga haydovchi qo‘shni suv quduqlar tomonidan chuchuk suv kirib kelishi kerak. Bunday tartibda o‘zlashtirishni shunday shakllantirish kerakki, haydaladigan suvning chiziqli fronti qatlamning neftga to‘yingan qismiga, siqiladigan neft esa ishlatish quduqlar qatoriga yo‘nalishi kerak. 151 Haydovchi quduqlar o‘zlashtirilishning qiyinchilik darajasi bo‘yicha uchta guruhga bo‘linadi. I-guruh. Quduqlar nisbatan bir jinsli qumoqtosh yaxshi o‘tkazuvchan 2 12 10 7 , 0 5 , 0 м qatlam qalinligi 10 metrdan katta bo‘lgan yaxlit qatlamlarda burg‘ilangan. Ular oddiy usullarda o‘zlashtiriladi. Quduq yaxshilab yuvilgandan keyin qatlamning quduq tubi zonasida drenaj kanallarini hosil qilish uchun quduq jadal porshenlanadi. Bunday quduqlar yuqori solishtirma qabul qiluvchanlikka (1 metr qalinlikdagi qatlamga 0,25 m 3 /kun) ega ekanligi va 700-1000 m 3 /kundan yuqori bo‘lgan barqaror sarf bilan ishlaydi. II-guruh. Gilli qatlamchali qatlamlarda quduqlar ochilganda qumoqtoshlar past o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Qumoqtoshli qatlamchalarni umumiy qalinligi 6 metrdan 12 metrgacha bo‘ladi. Bunday quduqlarda o‘rtacha solishtirma qabul qiluvchanligi I-guruhdagi quduqlarga nisbatan 2 marta kichik bo‘ladi. II-guruhdagi quduqlar qiyin o‘zlashtiriladigan quduqlar guruhiga kirib, maxsus o‘zlashtirish usullarini qo‘llashni talab qiladi yoki butun kompleks usullar qo‘llaniladi. YUtilish xususiyatini sekinlatish va qabul qiluvchanligi bo‘yicha tadbirlarni qo‘llashni davriy to‘xtatilishi bilan tavsiflanadi. III-guruh. Quduqlar ochiladigan qatlamlar gilli qatlamchalar navbatma-navbat o‘tkazuvchan qumoqtoshlardan umumiy kichik qalinlikdan va past o‘tkazuvchan tavsifga ega. Solishtirma qabul qiluvchanlik koeffitsienti 0,1 m 3 /(kun.MPa) kichik emas. Bunday quduqlarni o‘zlashtirishda haydash jarayoni bir necha oylar davom etadi va quduqning tubini zonasiga samarali ta’sir qilish uchun eng zamonaviy texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, oraliqlararo qatlamni gidravlik yorish, kislotali ishlov berish va yuqori bosimda haydash. III-guruhdagi quduqlarning qabul qiluvchanligi tezda so‘nadi va 2-3 oydan keyin esa quduqda oqimning qayta tiklash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qattiq talablar qo‘yiladi ya’ni, haydaladigan suyuqlikning tarkibida cho‘kmalar va temir oksidlari bo‘lmasligi kerak. Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirishda quyidagi texnik usullardan foydalaniladi: 152 1. To‘g‘ri va teskari yuvishni 1200-1500 m 3 /kun sarf kattaligida teskari yuvish oqimida amalga oshirilganda uning tarkibida kichik miqdordagi va muallaq holatdagi zarrachalar barqaror miqdorda bo‘lishi kerak. YUvish 1÷3 kun davom etadi. Suv uzatmalaridan yoki maxsus tindirilgan sig‘im idishlarida tayyorlangan halqali sxema yordamida yuvuvchi suvlarni haydashda nasos agregatlaridan foydalaniladi. Shuning uchun chiquvchi va haydovchi suvlarning tarkibidagi muallaq cho‘kmalarning miqdori qattiq nazorat qilinadi. Umuman olganda hamma jarayondan keyin quduq yuviladi, uning yutish sig‘imdorlik holati o‘rganiladi. 2. Quduq tubi zonasini tozalash uchun jadalli drenaj hosil qilinadi. Drenaj har xil usullarda amalga oshiriladi: a) Porshenlash yo‘li bilan porshen maksimal chuqurlikgacha tushuriladi. Buning uchun halqa oralig‘ini bekituvchi paker o‘rnatiladi. Bunday sharoitda qatlamga yuqori depressiya hosil qilinadi (12 MPa-gacha). b) Kompressor usulida suyuqlik NKQning boshmoqigacha bostirilganda quduqdan suyuqlikni olishda ko‘chma kompressordan foydalaniladi. Bunday sharoitda quvurlar filtrning yuqori teshigigacha tushiriladi. Kompressordagi bosimni pasaytirish uchun NKQda ishga qo‘shish teshiklarni parmalash maqsadga muvofiq emas, yana NKQ orqali quduqqa suv haydalganda bu teshiklar orqali quvur halqa fazosiga chiqishi mumkin. Suvning tarkibidagi muallaq cho‘kmalarning miqdori nazorat qilinadi va barqarorlashguncha drenajlashtirish davom ettiriladi. v) Nasos usulida suvning tarkibidagi muallaq cho‘kmalarni miqdorini barqarorlashgunga qadar drenajlashtirish mumkin. g) Suv jadal oqimga yig‘iladi va o‘z oqimi bilan quduqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqovaga tashlanadi. Bunday jarayon ko‘p martali takrorlanadi va qisqa muddatda oqib chiqarish samarali bo‘ladi, quduq 6÷15 daqiqa davomida davriy maksimal ko‘rsatgichda chiqarib yuborish rejimida ishlaydi. Bunday jarayon muallaq cho‘kmalarni tarkibi barqarorlashgunga qadar takrorlanadi. 153 Bunday usulni qo‘llash quduqning debiti bir kunda bir necha o‘nlab metr kubni tashkil qilganda maqsadga muvofiqdir. Muallaq cho‘kmalarni barqaror tarkibiga erishish uchun suvni sarfi qisqa vaqt davomida 4-6 martaga kamaytiriladi. 3. Qatlamlarni karbonat qatlamlarni ochishda, tarkibi karbonatli sementlangan materiallardan tashkil topgan quduq tubi atrofi zonasini ochishda tuz kislotali ishlov berish qo‘llaniladi. Buning uchun qatlamning bir metr qalinligiga 10- 15% li ingibirlangan tuz kislotali aralashma 0,8-1,5 m 3 miqdorida haydaladi va bir kun davomida qoldiriladi. Quduq drenajlashtirilgandan va yuvilgandan keyin haydash rejimiga o‘tkaziladi. 4. Qatlamni gidravlik yorish (QGYO). III-guruhdagi quduqlar QGYO va bir qator navbatdagi (drenajlash, yuvish) usullar qo‘llanilib o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Ba’zida qatlamlashib takrorlanayotgan gilli va qumoqtoshlar uchraganda QGYO samarasizdir, bunda yoriqlar eng yaxshi o‘tkazuvchan qatlamlarda shakllanadi va haydalgan suv esa shu oraliqlar orqali bir yo‘nalishda qatlamga yutilib ketadi. Eng yaxshi natijaga erishish uchun oraliqlararo har bir qatlamda alohida QGYO amalga oshiriladi. Bunday sharoitda ikkita paker qo‘llaniladi, u NKQ orqali tushiriladi, ishlov beriladigan oraliqning yuqorisi va pastki qismlariga o‘rnatiladi. 5. Quduqlarni NKQ-lar va suv-qumli aralashmali suv uzatmalar orqali Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling