Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2. Gaz yordamida suyuqlikni siqish qurilmasining ishini o‘rganish 12.3. Quduqlarni o‘zlashtirishda pachkali havo haydash texnologiyasi
- 12.6. Ejektorlardan foydalanib ko‘pik yordamida qatlamdan oqimni chaqirish texnologiyasi Tayanchi so’zlar
Nazorat savollari:
1. Neft quduqlarini o‘zlashtirish usullari. 2. Qatlamdan oqimni chaqirib o‘zlashtirishda burg‘ilash eritmasini o‘zidan engil suyuqlik bilan almashtirish texnologiyasi 3. Gazlangan suyuqlik haydab quduqni o‘zlashtirish 4. Suyuqlikni aeratsiyalash jihozlarini ishini o‘rganish 5. Suyuqlik haydab quduqlarni o‘zlashtirish jarayonining hisobi 142 12-ma’ruza. Quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirish texnologiyasi Ma’ruza rejasi: 12.1. Quduq tubidagi bosimni kompressor yordamida pasaytirish jihozlari ishini o‘rganish 12.2. Gaz yordamida suyuqlikni siqish qurilmasining ishini o‘rganish 12.3. Quduqlarni o‘zlashtirishda pachkali havo haydash texnologiyasi 12.4.Kompressor usulida quduqlarni o‘zlashtirish jarayonining hisobi 12.5. Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish 12.6. Ejektorlardan foydalanib ko‘pik yordamida qatlamdan oqimni chaqirish texnologiyasi Tayanchi so’zlar: Kompressor yordamida bosim pasaytirish, Gaz bilan suyuqlikni siqib chiqarish, pachkali havo haydash, haydovchi quduqlarni o’zlashtirish, ejektordan foydalanish o’zlashtirish. 12.1. Quduq tubidagi bosimni kompressor yordamida pasaytirish jihozlari ishini o‘rganish Kompressor usuli quduqlarni o‘zlashtirishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usuldir. Quduqning o‘zlashtirilishi oldidan NKQ quduqqa tushuriladi, quduq usti favvora armaturasi bilan jihozlanadi. Quvur orqa fazosiga haydovchi quvur uzatma orqali harakatlanuvchi kompressor biriktiriladi yoki gaz chizig‘i orqali yuqori bosimli gazkompressor stansiyasiga ulanadi. Quduqqa gaz haydalganda suyuqlik quvur oralig‘i fazosida NKQ-ni bashmoqigacha siqiladi yoki NKQ – ni qo‘yirish teshigigacha (3÷4 mm). Bu teshik oldindan quduq ustidan 700-800 m masofada bajarilgan va NKQ – ga yorib kiradi. Gaz NKQ – ga to‘plangandan so‘ng suyuqlikni gazlantiradi. Quduq tubida bosim pasayadi. Gazni sarfini boshqarib, quvurlardagi gaz suyuqlik aralashmasini zichligi o‘zgaradi, shu bilan birgalikda quduq tubidagi bosim ham o‘zgaradi. (R qud.tubi ) Quduq tubidagi bosim R qud.tubi < R qat shart bajarilganda quduqqa suyuqlik va gaz oqimini 143 kirib kelishi boshlanadi. Barqaror oqim olingandan so‘ng quduqda doimiy barqaror ish rejimiga o‘tiladi. Bu usulda qatlamda katta depresiya olish mumkin, ayniqsa quduq tubi zonasini samarali tozalash mumkin. Qatlamdagi mustahkam jinslar sharoitida (qumoktoshlar, ohaktoshlar) g‘ovaklik muhitini kolmatatsiya materiallaridan jadal tozalashga olib keladi. Quduqni bir tekis ishga tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida quvur orqa fazosi orqali aeratsiyali suyuqlik haydaladi. Quduqni bir tekis ishga tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida quvur orqa fazosi orqali aeratsiyasi suyuqlik haydaladi. Hozirgi paytda siqilgan havo yordamida quduqlarni o‘zlashtirish taqiqlangan bo‘lib, ko‘chma UKP-80 yoki KS-100 markali stansiyalardan foydalaniladi. Kompressor KS-80 bosimni 8 MPa gacha ko‘tarib, 8 m 3 dan, sarf haydaydi, KS-100 stansiyasi esa 100 MPa bosimda 16m 3 dan sarfda haydaydi. Siqilgan havo portlash xavfi bo‘lganligi uchun qo‘llanilmaydi. Ishlatish tizmasida suyuqlikni aralashtirib chaqirish usulida zichligi yuqori bo‘lgan suyuqlik kichik zichlikka ega bo‘lgan suyuqlikka aralashtirib, NKQ orqali perforatsiya teshigini yuqori chegarasigacha tushiriladi. (Quvur orqa halqasiga nasos agregati yordamida zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi. Bunda NKQ ga zichligi katta bo‘lgan suyuqlik haydalib, NKQ ga zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi. Bunda zichligi kichik bo‘lgan suyuqlik quduq tubiga tushiriladi va NKQga yetib boradi. Quduq tubida bosim pasaya boshlaydi. Qaysiki, quduq tubidagi bosim qatlam bosimidan kichik bo‘ladi, qatlamga deprissiya hosil bo‘ladi, mahsuldor gorizontdan oqimning kelishiga imkon tug‘iladi. Agar mahsuldor qatlam tog‘ jinsi yoriqlaridan shakllangan bo‘lsa, unda suyuqliklarni aralashtirish bir nechta bosqichda olib boriladi. Bunda har bir bosqichda suyuqliklarning zichligi oldingisidan kichik bo‘ladi. Quduqning tubidagi bosimni pasaytirib oqimni chaqirish maqsadida kompressorning qo‘llanilishi eng ko‘p ishlatiladigan usullardan biridir. Bunday usulda oqimni chaqirish quduq ustiga o‘rnatilgan jihozlar amalga oshiriladi, buning uchun qatlamga keskin yoki bir tekis depressiya hosil qilinadi. 144 Quduqlarning chuqurligiga, tizmaning chidamligiga va jihozning mavjudligiga qarab, quduq tubidagi bosim har xil texnologik jarayonlarni mukamallashtirish orqali amalga oshiriladi. Quduqdagi suyuqlikning bir qismini almashtirib gaz havo yordamida siqib chiqarish siqilgan havoning oqimini yo‘nalishini o‘zgartirib, qo‘shish klapanlari va teshiklarni qo‘llab; quduqqa har bir butun havoni haydab; ko‘piklar yordamida yuvish. Har bir usullar o‘zining texnologik sxemalari orqali amalga oshiriladi. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling