Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Suyuqlikni aeratsiyalash jihozlarini ishini o‘rganish


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

 
11.4. Suyuqlikni aeratsiyalash jihozlarini ishini o‘rganish 
Jihozlarni quduqqa qo‘shish sxemasi va aeratsiyani amalga oshirish tartibi -
rasmda keltirilgan. 
Jarayonning texnologik sxemasini tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. quduqni yuvish;
2. kompressor qurilmasi va nasos agregatining birgalikda ishlatish orqali 
quduqni aeratsiya suyuqligi bilan yuvishni amalga oshirish;
3. quduqni gaz bilan puflab tozalash. 
Jarayonni amalga oshirish muhim e’tiborni talab qiladi, chunki ish davomida 
buzilishi, gaz qatlamlari shakllanganligi uchun quduq ustidagi yuqori bosim ajratiladi 
va haydash jarayoni esa qaytadan boshlanadi.
Nasos agregatining haydashini har xil bosimlarda o‘rnatish uchun quduqlarni 
yuvishda bir nechta rejimlarda aeratsiyalash jarayonini olib boriladi. 
Undan keyin esa aeratsiya suyuqligi bilan yuvishning maksimal bosimi 
komperssor qurilmasining maksimal bosimidan yuqori bo‘lmasligi kerak. SHuning 
uchun hisoblarda suyuqlikning harakatlanishida ishqalanish kuchini engish uchun 
sarflanadigan bosimdan tashqari quduqqa kirib keladigan aeratsiya suyuqligining 
zichligi ham hisobga olinadi. Misol uchun quduqning chuqurligi 2500 metr 
bo‘lganda, suv bilan to‘ldirilganda, aeratsiyalangan suyuqlikning zichligi 9,9 g/sm
3

ga erishish uchun, quvur oralig‘i halqasidagi va quvurlarda bosimning farqi 2,5 MPa 
qiymatda bo‘ladi. 
Ma’lumki, aeratsiyalangan gazsuyuqlik aralashmasining zichligini 0,3÷0,4 
g/sm
3
gacha etkazish mumkin. 
Buning uchun yuqori bosimli kompressor qurilmasidan foydalanish talab 
qilinadi va undan keyin quduqqa gaz haydaladi. Lekin bu yerda quduqning chuqurligi 
2000 metrdan katta bo‘lganda gaz haydashni xavfli tomonlari bo‘lishi mumkin, 
shuning uchun ishlatish tizmasining hisobiy va haqiqiy tasniflari hisobga olinadi. 


133 
Oqimni chaqirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda PG-1 va PG-2 turidagi 
engil suyuqliklardan foydalaniladi. 
PG-1 suyuqligi suvning ishqorli aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi. 
PG-2 suyuqligi esa suvning ishqorli aralashmasiga NGF yoki OEDF 
qo‘shiladi. PG-1 suyuqligi kalsiy turidagi qatlam suvi bilan aralashganda SaSO
3
hosil 
bo‘ladi. PG-2 suyuqligi har qanday turdagi qatlam suvlari bilan aralashtirilganda 
suvda erimaydigan cho‘kindilar hosil bo‘lmaydi. PG-2 suyuqligi qo‘llanilganda loyli 
kollektorlarning o‘tkazuvchanligini yaxshilanishi ta’minlanadi. 
PG-1 suyuqligini tayyorlashda texnik suvga ishqor aralashtirilib 2-10 soat 
dam beriladi. 
Aeratsiya usuli yordamida sekin
depressiyani kuchaytirish va har qanday 
kattalikkacha olib borish mumkin. Jarayonning maqsadi asta-sekinlik bilan quvur 
orqasidagi suyuqlikning zichligini pasaytirish va nasos kompressor yordamida bir 
vaqtning o‘zida quduqqa aniq hajmdagi havo (gazni) va suvni (neftni) haydashdan 
iborat. 
Ishchi agent pastga tomon halqa oralig‘i orqali harakatlanib, suyuqlik bilan 
aralashib, qo‘shimcha ravishda suyuqlik bilan qo‘shimcha ustun bo‘ylab qisiladi, to 
NKQ bashmoqqacha etguncha davom ettiriladi. Suyuqlik quvur boshmog‘iga etib 
borib, pufakchalar halqa oralig‘idan NKQning ichiga kiradi, sekin-asta kengayib 
berilgan energiyani olib, suyuqlik yuqoriga ko‘tariladi, bir vaqtning o‘zida NKQdagi 
suyuqlikning zichligi ham pasayadi. Siqilgan havoni haydash davom ettirilganda 
depressiya bir tekis ko‘tariladi, shunday qilib qatlamdan quduqqa aniq paytda flyuid 
kirib keladi. 
Oqimni chaqirish boshlanishiga qadar quyidagi ishlarni amalga oshirish 
aniqlanadi: 
1) NKQni tushirish hamda quduq suv va SFM bilan juda yaxshilab 
yuviladi; 
2) NKQning boshmog‘i mustahkamlash tizmasining teshigini yuqori 
teshigidan 5-10 m masofada o‘rnatiladi; 


134 
3) Quduq usti to‘liq favvora armaturasining chorbarmog‘i yoki uchlik 
turidagi jamlanmasi bilan jihozlanadi va ishchi holatiga keltiriladi; 
4) Favvora armaturasining yuqori ishchi sturinining optimal o‘lchamdagi 
kanaliga shtutser o‘rnatiladi, u esa qatlamga beriladigan ortiqcha depressiyani 
oldini oladi; 
5) Quduqqa sementlash agregati va kompressorlar ulanadi ( 11.2-rasm). 
Kompressor yordamida quduqqa siqilgan havo (yuqori bosimli gaz uzatmadan 
gazni) haydalganda suv bilan aeratorda aralashadi va 15 MPa bosimda qisiladi (11.3 -
rasm).
Aeratsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun birlik vaqt ichida 
haydaladigan suyuqlik va qisilgan havoning nisbatlari shunday tanlanadiki, NKQning 
bashmoqiga havo pufakchalarining kirib borishi shunday ta’minlansinki, bunda 
«havo yostig‘i» paydo bo‘lmasligi kerak. 
Haydash tizimlari orqali aeratsiyani amalga oshirishning sifatini nazorat qilish 
maqsadida havo (yoki gazni) o‘lchaydigan sarf o‘lchagichlar o‘rnatiladi. Suv 
haydalganda aralashma oqimining tezligi shunday bo‘lishi kerakki, havoning ajralib 
chiqishiga yo‘l berilmaydi. Eng so‘nggi tezlik 0,15-0,30m/sek qabul qilinadi. Agarda 
bu shart bajarilmasa, havo pufakchalari suzib chiqadi, halqa oralig‘ida «havo 
yostig‘ini» shakllantiradi, aeratsiya jarayonini uzilishga olib keladi. 
Amalda aeratsiya jarayoni suv 4,5-5,5 l/s kattalikda (ishlatish tizmasini 
diametri 146 mm va NKQ diametri 73x60mm va kompressorUKP yordamida havo 
120-130 l/sek (7,5m
3
/min) hajmda uzatilganda boshlanadi. 
Quduq ichi suyuqlik bilan to‘ldirilganda hamma vaqt aeratsiya boshlanadi. 
Ishni boshlashdan oldin haydovchi tizimdagi suyuqlikning optimal uzatish 
bosimini aniqlash uchun sementlash agregati qo‘shiladi. Bu bosim 4,0-4,5 MPa dan 
oshmasligi kerak. Undan keyin kompressor qo‘shiladi, haydovchi tizimdagi bosim 
ko‘tariladi (takriban 10-15 MPa qiymatidagi bosim oqim tezligining hisobiga 
oshiriladi). 
Shu vaqtdan boshlab aeratsiya jarayonining birinchi bosqichi boshlanadi. Suv 
va havo haydash bilan quvur orqa fazasida bosim asta-sekin ko‘tariladi, aniq 


135 
qiymatga ko‘tarilgandan keyin ma’lum bir vaqt davomida bosim shu sathda ushlab 
turiladi. 
Sirkulyasiya suyuqligi pastga qarab harakatlanganda aralashmaning zichligi 
oshadi va bosimni oshishiga olib keladi. NKQ ga kirib borgunga qadar halqa 
oralig‘ida aralashmaning zichligini oshishi natijasida qo‘shimcha bosim hosil bo‘ladi. 
Aeratsiya aralashmasi bashmoqka etib keladi va NKQni ichiga kiradi
suyuqliklarning zichlikdagi farqlar asta-sekin kamayadi, bosim yana pasayadi. 
Agarda 
aeratsiyali 
suyuqlikni 
haydash 
vaqtida 
haydash 
tizimida 
bosim 
kompressorning ishchi bosimdan oshib ketsa, suyuqlikni haydashni davom ettirish 
yoki bir oz vaqt kompressorni to‘xtatib turiladi. 
Havo (gaz) aralashmasidan NKQga kiradi va suyuqlikning otilishini chaqiradi. 
Quvurlardagi zichlik asta sekin kamayadi va haydash tizimida bosimning qiymati 
tushadi. Shu daqiqadan boshlab suyuqlikni haydash to‘xtatiladi, agregat birinchi 
tezlikka o‘tkaziladi, keyin tanaffus beriladi. 
Depressiyani nazorat qilish uchun quduqdan siqib chiqarilgan suyuqlikning 
hajmi o‘lchanadi yoki boshqa usullarda o‘lchash ishlari olib boriladi. Quvur 
orqasidagi bosimning tushishi daqiqasidan boshlab qatlam ishlab ketishi mumkin.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling