123
tekshirish va zarur bo‘lsa zanjirli uzatgichning alohida bo‘g‘inlarini, klinli tasmalar
va boshqa bo‘g‘inlarni almashtirish orqali ta’mirlash kerak. Tekshirilyotganda tormoz
tizimining mustahkamligiga alohida e’tibor berish kerak. Umumiy qalinlikdan 1/3
kam qalinlikdagi to‘htatgich kundalari, hamda to‘htatgich shaybalarini 5
mm ortiq
qismi yedirilib ketgan bo‘lsa ishlashga ruxsat etilmaydi;
c) kron-blok va tal sistemasining mustahkam qotirilganligini tekshirish.
Kerak bo‘lsa qayta ishga tushirish, tal arqonini almashtirish yoki tal tizimini butunlay
qayta jihozlash kerak;
d) manifoldlar bo‘lmasi bosim kollektorini tekshirish. U nazorat-o‘lchov
asboblari datchiklari
va saqlagich klapanlari, nasoslar qabuliga tashlagich, yutuvchi
quvuro‘tkazgichlar esa – teskari klapanlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak;
e) og‘irlik
indikatorlari, bosim o‘lchagichlar va boshqa nazorat-o‘lchov
asboblarini tekshirish, kerak bo‘lsa almashtirish lozim;
f) sement qorish uskunalarini tozalikka tekshirish;
tamponlash ashyo
qoldiqlaridan tozalangan SQUni yangisi bilan bevosita ko‘prik o‘rnatishdan oldin
to‘ldiriladi;
g) quduqni quvur, quvur orti va quvurlararo bo‘shliqlarini
bosim
o‘lchagichlar bilan jihozlash;
h) asbob-uskunalarni 2.10-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha biriktirish va
ko‘prik o‘rnatishda kutilyotganga nisbatan bir
yarim barobar katta bosimga
mustahkamlikka sinash kerak;
i) SQUni to‘ldirish sement ko‘prik o‘rnatishdan oldin javobgar muxandis-
texnik ishchi nazoratida amalga oshiriladi.