Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


-rasm. Burg‘ilash aralashmasini suv bilan almashtirish jihozlarining


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

11.1-rasm. Burg‘ilash aralashmasini suv bilan almashtirish jihozlarining 
sxemasi. 
1-nasos agregati; 2-suv uchun idish; 3-burg‘ilash aralashmasini yig‘ish uchun idish; 4-quduq usti; 
5-suv; 6-burg‘ilash aralashmasi



129 
11.3. Gazlangan suyuqlik haydab quduqni o‘zlashtirish 
Quduqlarni gazlangan suyuqliklarni haydab o‘zlashtirishda toza gaz va havoni 
o‘rniga quvurlar oralig‘i orqali gazlangan suyuqlik aralashmasi (neft yoki suv) 
haydaladi. Bunda gaz suyuqlik aralashmasining zichligi, haydaladigan gaz va 
suyuqlikning sarfini nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunday holat quduqni o‘zlashtirish 
jarayonining parametrlarini boshqarishni imkoniyatini beradi. Ma’lumki, gaz 
suyuqlik aralashmasining zichligi toza gazning zichligidan yuqori bo‘ladi, shuning 
uchun chuqur quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirishda kichik bosim hosil 
qilinadi.
Bunday usulda quduqni o‘zlashtirish uchun ko‘chma kompressor, nasos 
agregati, suyuqlik uchun sig‘im idishi va haydaladigan suyuqlik bilan gazni 
aralashtirgichlar keltiriladi.
Gaz suyuqlik aralashmasi yuqoridan pastga qarab harakatlanganda to‘xtovsiz 
harorat va bosim o‘zgaradi, lekin jarayonda murakkablik sodir bo‘ladi. Bosim 
balansini, aralashma parametrlarini va sarfini o‘rtacha qiymatlari bo‘yicha 
tenglamasini yozish mumkin.
Quduqqa gaz suyuqlik aralashmasi haydalganda havo pufakchalariga arximed 
kuchi ta’sir qiladi va bu kuch ta’sirida suyuqlik oqimdan yuyuqoriga suzib chiqadi. 
Pufakchalarni sizib chiqish tezligi gaz pufakchalarini o‘lchamlariga, suyuqlikning 
qovushqoqligiga va zichligining farqiga bog‘liqdir. Amalda bu tezlik suyuqlikka 
nisbatan 0,3÷0,5 m/sek. tashkil qiladi. SHuning uchun suyuqlikning pastga qarab 
harakatining tezligi gaz pufakchalarini suzib chiqish tezligidan yuqori bo‘lishi kerak. 
Agar shunday bo‘lmasa gaz NKQning boshmog‘igacha etib bormaydi va quduq 
tubidagi bosim pasaymaydi. Suyuqlikning etarli bo‘lgan yuqori tezligini hosil qilish 
uchun katta sarf kerak bo‘ladi. SHuning uchun GSA (gaz suyuqlik aralashmasini) 
halqa oralig‘idan haydamasdan NKQ orqali haydalganda uning ko‘ndalang kesimi 
yuzasi kichik bo‘lganligi uchun kichik suyuqlik sarfida ham etarli kattalikdagi 
tezlikni hosil qilish mumkin. Jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
suyuqlikni kirish tezligi 0,8-1 m/sek. bo‘lganda etarli bo‘ladi.


130 
Quduq 
tubidan 
og‘ir 
qoldiqlarni 
chiqarishda 
(gilli 
eritmalarni, 
og‘irlashtirgichlarni va tog‘ jinslarining zarrachalarini) teskari yuvish amalga 
oshiriladi. Shuning uchun GSA yuvishdan keyin amalga oshiriladi, halqali teskari 
yuvish sxemasida quduqning yuvish tizimi o‘zgartirilmaydi. 
Halqa oralig‘i orqali GSA haydalganda nasosdagi bosim maksimal qiymatga 
erishgan momentdagi bosim balansi tenglamasini tuzamiz. NKQ orqa fazosi GSAsi 
bilan to‘ldirilgan, ikkala tizimda ham harakat tezligi GSAsining haydash darajasiga 
mos keladigan holatni ko‘rib chiqamiz.
Quyidagicha belgilaymiz:
a
ishq
–NKQning halqa oralig‘i orqali harakatlanganda ishqalanishga sarflangan 
solishtirma yo‘qotilish bo‘lib, suyuqlik ustunida metrda ifodalangan;
a
h.o
– halqa orlig‘ida suyuqlik solishtirma energiyasini yo‘qotilishi GSAda 
metr ustunda ifodalangan.
Teskari yuvishda halqa oralig‘i tomonidan NKQ-ning boshmog‘idagi bosim 
quyidagiga teng bo‘ladi.
о
х
с
о
х
с
ур
P
L
g
a
L
g
Р
.
.
cos












(11.1)
NKQ tomonidan boshmoqqa beriladigan bosim.
оm
к
ишк
к
P
L
g
a
L
g
Р












cos
т
(11.2)
bu yerda: ρ
s
– halqa oralig‘idagi GSA-sining zichligini o‘rtacha integral qiymati;
ρ
q
– quduqdagi suyuqlikning zichligi;
L – NKQ-ning uzunligi;
β – quduq stvolini tiklikdan og‘ish burchagi;
R
x.o
– quduq ustidan halqa oralig‘iga berilgan bosim;
R
ot
– otilmadagi qarshi bosim;
g – erkin tushish tezlanishi. 
Ko‘rinib turibdiki P
o‘r
=P
t
bo‘lganligi uchun ikkalasini tenglashtirib L-ga 
nisbatan echamiz.




g
a
a
g
P
P
L
с
о
х
к
ишк
c
к
оm
o
x












.
.
cos
(11.3)


131 
Bu formula orqali NKQ ning boshmoqni nisbiy tushirish chuqurligining 
qiymati berilgan (R
x.o
, R
ot
, ρ
q
, ρ
s
, a
ishq
, a
x.o
) parametrlarda aniqlanadi. YUqoridagi 
formulani P
x.o
-ga nisbatan echib NKQ-ning berilgan L chuqurlikka tushirilgan 
uzunligi uchun GSAsini haydash bosimning qiymatini aniqlaymiz. 




с
о
х
к
ишк
c
к
от
о
х
a
a
Lg
Р
Р












.
.
cos
(11.4)
P
ot
, L, ρ
q
, β odatda ma’lum bo‘ladi. a
ishq
, a
x.o
va ρ
s
– lar aniqlanadi: a
ishq
– 
quvurli gidravlika formulasi yordamida aniqlanadi, a
x.o
va ρ
s
lar differensial 
tenglamalar orqali aniqlanadi.
Quduqlarni 
gazlangan 
suyuqlik 
bilan 
o‘zlashtirishda quduq ustida 
aralashtirish chizig‘i orqali nasos agregatiga ulanadi. Aralashtirgichning ikkinchi 
otmasiga – kompressorning otma chizig‘i ulanadi. Boshlanishida nasos ishga 
qo‘shiladi – sirkulyasiya o‘rnatiladi. Quduqdagi suyuqlik yer omboriga yoki boshqa 
sig‘im idishga tashlanadi. Quduq ustidan haydaladigan suyuqlik (suv, neft) tayyor 
bo‘lgandan so‘ng kompressor ishga qo‘shiladi va qisilgan gaz aralashtirgichga 
beriladi ingichka oqimli dispers GSA hosil qilinadi.
Suyuqliklarning aralashishining kuchayishi bilan GSAsini haydash bosimi 
kuchaytiriladi va GSA-si NKQ-ga berganda maksimumga erishiladi.
So‘nish davridagi past qatlam bosimli konlarda, qaysiki favvora bo‘lishi 
kutilmagan quduqlarni o‘zlashtirishda quduq nasoslari dinamik sathga tushirilib 
kerakli debitni olish mumkin. Quduqda suyuqlik nasos yordamida olinganda quduq 
tubi bosimi pasayadi, qaysiki P
qud
< P
qat
kattaligiga erishilmaguncha qatlamdan 
oqimning kelishi ta’minlamaydi. Bunday usulni qo‘llashni samaradorligi ma’lum 
bo‘lib, quduq tubi zonasini aralashmalar va parchalangan loyli qobiqlardan 
tozalashda chuqur va uzoq muddat depressiyani o‘tkazish kerak emas. Nasosni 
quduqqa tushirishdan oldin quduq tubi suv yoki neft bilan yuviladi, buning uchun 
yuvuvchi suyuqliklar, neft tashib keltiriladi, sig‘im idishlari va nasos agregati 
o‘rnatiladi. Qish sharoitda suv bilan yuvishda muzlash holatini oldini olishda 
suyuqliklarni qizdirish muammosi paydo bo‘ladi.
Ba’zi bir holatlarda quduqlarni o‘zlashtirishda NKQ-ning orqa halqasi 
tarafiga kompressor yordamida havo haydalib, uning zichligini oshirish uchun suv 


132 
bostiriladi va kompressordagi bosim pasaytiriladi. Buning yordamida NKQ-ning 
tushirish chuqurligi oshiriladi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling