Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
-rasm. Burg‘ilash aralashmasini suv bilan almashtirish jihozlarining
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3. Gazlangan suyuqlik haydab quduqni o‘zlashtirish
11.1-rasm. Burg‘ilash aralashmasini suv bilan almashtirish jihozlarining
sxemasi. 1-nasos agregati; 2-suv uchun idish; 3-burg‘ilash aralashmasini yig‘ish uchun idish; 4-quduq usti; 5-suv; 6-burg‘ilash aralashmasi . 129 11.3. Gazlangan suyuqlik haydab quduqni o‘zlashtirish Quduqlarni gazlangan suyuqliklarni haydab o‘zlashtirishda toza gaz va havoni o‘rniga quvurlar oralig‘i orqali gazlangan suyuqlik aralashmasi (neft yoki suv) haydaladi. Bunda gaz suyuqlik aralashmasining zichligi, haydaladigan gaz va suyuqlikning sarfini nisbatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunday holat quduqni o‘zlashtirish jarayonining parametrlarini boshqarishni imkoniyatini beradi. Ma’lumki, gaz suyuqlik aralashmasining zichligi toza gazning zichligidan yuqori bo‘ladi, shuning uchun chuqur quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirishda kichik bosim hosil qilinadi. Bunday usulda quduqni o‘zlashtirish uchun ko‘chma kompressor, nasos agregati, suyuqlik uchun sig‘im idishi va haydaladigan suyuqlik bilan gazni aralashtirgichlar keltiriladi. Gaz suyuqlik aralashmasi yuqoridan pastga qarab harakatlanganda to‘xtovsiz harorat va bosim o‘zgaradi, lekin jarayonda murakkablik sodir bo‘ladi. Bosim balansini, aralashma parametrlarini va sarfini o‘rtacha qiymatlari bo‘yicha tenglamasini yozish mumkin. Quduqqa gaz suyuqlik aralashmasi haydalganda havo pufakchalariga arximed kuchi ta’sir qiladi va bu kuch ta’sirida suyuqlik oqimdan yuyuqoriga suzib chiqadi. Pufakchalarni sizib chiqish tezligi gaz pufakchalarini o‘lchamlariga, suyuqlikning qovushqoqligiga va zichligining farqiga bog‘liqdir. Amalda bu tezlik suyuqlikka nisbatan 0,3÷0,5 m/sek. tashkil qiladi. SHuning uchun suyuqlikning pastga qarab harakatining tezligi gaz pufakchalarini suzib chiqish tezligidan yuqori bo‘lishi kerak. Agar shunday bo‘lmasa gaz NKQning boshmog‘igacha etib bormaydi va quduq tubidagi bosim pasaymaydi. Suyuqlikning etarli bo‘lgan yuqori tezligini hosil qilish uchun katta sarf kerak bo‘ladi. SHuning uchun GSA (gaz suyuqlik aralashmasini) halqa oralig‘idan haydamasdan NKQ orqali haydalganda uning ko‘ndalang kesimi yuzasi kichik bo‘lganligi uchun kichik suyuqlik sarfida ham etarli kattalikdagi tezlikni hosil qilish mumkin. Jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun suyuqlikni kirish tezligi 0,8-1 m/sek. bo‘lganda etarli bo‘ladi. 130 Quduq tubidan og‘ir qoldiqlarni chiqarishda (gilli eritmalarni, og‘irlashtirgichlarni va tog‘ jinslarining zarrachalarini) teskari yuvish amalga oshiriladi. Shuning uchun GSA yuvishdan keyin amalga oshiriladi, halqali teskari yuvish sxemasida quduqning yuvish tizimi o‘zgartirilmaydi. Halqa oralig‘i orqali GSA haydalganda nasosdagi bosim maksimal qiymatga erishgan momentdagi bosim balansi tenglamasini tuzamiz. NKQ orqa fazosi GSAsi bilan to‘ldirilgan, ikkala tizimda ham harakat tezligi GSAsining haydash darajasiga mos keladigan holatni ko‘rib chiqamiz. Quyidagicha belgilaymiz: a ishq –NKQning halqa oralig‘i orqali harakatlanganda ishqalanishga sarflangan solishtirma yo‘qotilish bo‘lib, suyuqlik ustunida metrda ifodalangan; a h.o – halqa orlig‘ida suyuqlik solishtirma energiyasini yo‘qotilishi GSAda metr ustunda ifodalangan. Teskari yuvishda halqa oralig‘i tomonidan NKQ-ning boshmog‘idagi bosim quyidagiga teng bo‘ladi. о х с о х с ур P L g a L g Р . . cos (11.1) NKQ tomonidan boshmoqqa beriladigan bosim. оm к ишк к P L g a L g Р cos т (11.2) bu yerda: ρ s – halqa oralig‘idagi GSA-sining zichligini o‘rtacha integral qiymati; ρ q – quduqdagi suyuqlikning zichligi; L – NKQ-ning uzunligi; β – quduq stvolini tiklikdan og‘ish burchagi; R x.o – quduq ustidan halqa oralig‘iga berilgan bosim; R ot – otilmadagi qarshi bosim; g – erkin tushish tezlanishi. Ko‘rinib turibdiki P o‘r =P t bo‘lganligi uchun ikkalasini tenglashtirib L-ga nisbatan echamiz. g a a g P P L с о х к ишк c к оm o x . . cos (11.3) 131 Bu formula orqali NKQ ning boshmoqni nisbiy tushirish chuqurligining qiymati berilgan (R x.o , R ot , ρ q , ρ s , a ishq , a x.o ) parametrlarda aniqlanadi. YUqoridagi formulani P x.o -ga nisbatan echib NKQ-ning berilgan L chuqurlikka tushirilgan uzunligi uchun GSAsini haydash bosimning qiymatini aniqlaymiz. с о х к ишк c к от о х a a Lg Р Р . . cos (11.4) P ot , L, ρ q , β odatda ma’lum bo‘ladi. a ishq , a x.o va ρ s – lar aniqlanadi: a ishq – quvurli gidravlika formulasi yordamida aniqlanadi, a x.o va ρ s lar differensial tenglamalar orqali aniqlanadi. Quduqlarni gazlangan suyuqlik bilan o‘zlashtirishda quduq ustida aralashtirish chizig‘i orqali nasos agregatiga ulanadi. Aralashtirgichning ikkinchi otmasiga – kompressorning otma chizig‘i ulanadi. Boshlanishida nasos ishga qo‘shiladi – sirkulyasiya o‘rnatiladi. Quduqdagi suyuqlik yer omboriga yoki boshqa sig‘im idishga tashlanadi. Quduq ustidan haydaladigan suyuqlik (suv, neft) tayyor bo‘lgandan so‘ng kompressor ishga qo‘shiladi va qisilgan gaz aralashtirgichga beriladi ingichka oqimli dispers GSA hosil qilinadi. Suyuqliklarning aralashishining kuchayishi bilan GSAsini haydash bosimi kuchaytiriladi va GSA-si NKQ-ga berganda maksimumga erishiladi. So‘nish davridagi past qatlam bosimli konlarda, qaysiki favvora bo‘lishi kutilmagan quduqlarni o‘zlashtirishda quduq nasoslari dinamik sathga tushirilib kerakli debitni olish mumkin. Quduqda suyuqlik nasos yordamida olinganda quduq tubi bosimi pasayadi, qaysiki P qud < P qat kattaligiga erishilmaguncha qatlamdan oqimning kelishi ta’minlamaydi. Bunday usulni qo‘llashni samaradorligi ma’lum bo‘lib, quduq tubi zonasini aralashmalar va parchalangan loyli qobiqlardan tozalashda chuqur va uzoq muddat depressiyani o‘tkazish kerak emas. Nasosni quduqqa tushirishdan oldin quduq tubi suv yoki neft bilan yuviladi, buning uchun yuvuvchi suyuqliklar, neft tashib keltiriladi, sig‘im idishlari va nasos agregati o‘rnatiladi. Qish sharoitda suv bilan yuvishda muzlash holatini oldini olishda suyuqliklarni qizdirish muammosi paydo bo‘ladi. Ba’zi bir holatlarda quduqlarni o‘zlashtirishda NKQ-ning orqa halqasi tarafiga kompressor yordamida havo haydalib, uning zichligini oshirish uchun suv 132 bostiriladi va kompressordagi bosim pasaytiriladi. Buning yordamida NKQ-ning tushirish chuqurligi oshiriladi. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling