Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Suyuqlikni aeratsiyalash jihozlarini ishini o‘rganish
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
11.4. Suyuqlikni aeratsiyalash jihozlarini ishini o‘rganish Jihozlarni quduqqa qo‘shish sxemasi va aeratsiyani amalga oshirish tartibi - rasmda keltirilgan. Jarayonning texnologik sxemasini tarkibiga quyidagilar kiradi: 1. quduqni yuvish; 2. kompressor qurilmasi va nasos agregatining birgalikda ishlatish orqali quduqni aeratsiya suyuqligi bilan yuvishni amalga oshirish; 3. quduqni gaz bilan puflab tozalash. Jarayonni amalga oshirish muhim e’tiborni talab qiladi, chunki ish davomida buzilishi, gaz qatlamlari shakllanganligi uchun quduq ustidagi yuqori bosim ajratiladi va haydash jarayoni esa qaytadan boshlanadi. Nasos agregatining haydashini har xil bosimlarda o‘rnatish uchun quduqlarni yuvishda bir nechta rejimlarda aeratsiyalash jarayonini olib boriladi. Undan keyin esa aeratsiya suyuqligi bilan yuvishning maksimal bosimi komperssor qurilmasining maksimal bosimidan yuqori bo‘lmasligi kerak. SHuning uchun hisoblarda suyuqlikning harakatlanishida ishqalanish kuchini engish uchun sarflanadigan bosimdan tashqari quduqqa kirib keladigan aeratsiya suyuqligining zichligi ham hisobga olinadi. Misol uchun quduqning chuqurligi 2500 metr bo‘lganda, suv bilan to‘ldirilganda, aeratsiyalangan suyuqlikning zichligi 9,9 g/sm 3 – ga erishish uchun, quvur oralig‘i halqasidagi va quvurlarda bosimning farqi 2,5 MPa qiymatda bo‘ladi. Ma’lumki, aeratsiyalangan gazsuyuqlik aralashmasining zichligini 0,3÷0,4 g/sm 3 gacha etkazish mumkin. Buning uchun yuqori bosimli kompressor qurilmasidan foydalanish talab qilinadi va undan keyin quduqqa gaz haydaladi. Lekin bu yerda quduqning chuqurligi 2000 metrdan katta bo‘lganda gaz haydashni xavfli tomonlari bo‘lishi mumkin, shuning uchun ishlatish tizmasining hisobiy va haqiqiy tasniflari hisobga olinadi. 133 Oqimni chaqirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda PG-1 va PG-2 turidagi engil suyuqliklardan foydalaniladi. PG-1 suyuqligi suvning ishqorli aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi. PG-2 suyuqligi esa suvning ishqorli aralashmasiga NGF yoki OEDF qo‘shiladi. PG-1 suyuqligi kalsiy turidagi qatlam suvi bilan aralashganda SaSO 3 hosil bo‘ladi. PG-2 suyuqligi har qanday turdagi qatlam suvlari bilan aralashtirilganda suvda erimaydigan cho‘kindilar hosil bo‘lmaydi. PG-2 suyuqligi qo‘llanilganda loyli kollektorlarning o‘tkazuvchanligini yaxshilanishi ta’minlanadi. PG-1 suyuqligini tayyorlashda texnik suvga ishqor aralashtirilib 2-10 soat dam beriladi. Aeratsiya usuli yordamida sekin depressiyani kuchaytirish va har qanday kattalikkacha olib borish mumkin. Jarayonning maqsadi asta-sekinlik bilan quvur orqasidagi suyuqlikning zichligini pasaytirish va nasos kompressor yordamida bir vaqtning o‘zida quduqqa aniq hajmdagi havo (gazni) va suvni (neftni) haydashdan iborat. Ishchi agent pastga tomon halqa oralig‘i orqali harakatlanib, suyuqlik bilan aralashib, qo‘shimcha ravishda suyuqlik bilan qo‘shimcha ustun bo‘ylab qisiladi, to NKQ bashmoqqacha etguncha davom ettiriladi. Suyuqlik quvur boshmog‘iga etib borib, pufakchalar halqa oralig‘idan NKQning ichiga kiradi, sekin-asta kengayib berilgan energiyani olib, suyuqlik yuqoriga ko‘tariladi, bir vaqtning o‘zida NKQdagi suyuqlikning zichligi ham pasayadi. Siqilgan havoni haydash davom ettirilganda depressiya bir tekis ko‘tariladi, shunday qilib qatlamdan quduqqa aniq paytda flyuid kirib keladi. Oqimni chaqirish boshlanishiga qadar quyidagi ishlarni amalga oshirish aniqlanadi: 1) NKQni tushirish hamda quduq suv va SFM bilan juda yaxshilab yuviladi; 2) NKQning boshmog‘i mustahkamlash tizmasining teshigini yuqori teshigidan 5-10 m masofada o‘rnatiladi; 134 3) Quduq usti to‘liq favvora armaturasining chorbarmog‘i yoki uchlik turidagi jamlanmasi bilan jihozlanadi va ishchi holatiga keltiriladi; 4) Favvora armaturasining yuqori ishchi sturinining optimal o‘lchamdagi kanaliga shtutser o‘rnatiladi, u esa qatlamga beriladigan ortiqcha depressiyani oldini oladi; 5) Quduqqa sementlash agregati va kompressorlar ulanadi ( 11.2-rasm). Kompressor yordamida quduqqa siqilgan havo (yuqori bosimli gaz uzatmadan gazni) haydalganda suv bilan aeratorda aralashadi va 15 MPa bosimda qisiladi (11.3 - rasm). Aeratsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun birlik vaqt ichida haydaladigan suyuqlik va qisilgan havoning nisbatlari shunday tanlanadiki, NKQning bashmoqiga havo pufakchalarining kirib borishi shunday ta’minlansinki, bunda «havo yostig‘i» paydo bo‘lmasligi kerak. Haydash tizimlari orqali aeratsiyani amalga oshirishning sifatini nazorat qilish maqsadida havo (yoki gazni) o‘lchaydigan sarf o‘lchagichlar o‘rnatiladi. Suv haydalganda aralashma oqimining tezligi shunday bo‘lishi kerakki, havoning ajralib chiqishiga yo‘l berilmaydi. Eng so‘nggi tezlik 0,15-0,30m/sek qabul qilinadi. Agarda bu shart bajarilmasa, havo pufakchalari suzib chiqadi, halqa oralig‘ida «havo yostig‘ini» shakllantiradi, aeratsiya jarayonini uzilishga olib keladi. Amalda aeratsiya jarayoni suv 4,5-5,5 l/s kattalikda (ishlatish tizmasini diametri 146 mm va NKQ diametri 73x60mm va kompressorUKP yordamida havo 120-130 l/sek (7,5m 3 /min) hajmda uzatilganda boshlanadi. Quduq ichi suyuqlik bilan to‘ldirilganda hamma vaqt aeratsiya boshlanadi. Ishni boshlashdan oldin haydovchi tizimdagi suyuqlikning optimal uzatish bosimini aniqlash uchun sementlash agregati qo‘shiladi. Bu bosim 4,0-4,5 MPa dan oshmasligi kerak. Undan keyin kompressor qo‘shiladi, haydovchi tizimdagi bosim ko‘tariladi (takriban 10-15 MPa qiymatidagi bosim oqim tezligining hisobiga oshiriladi). Shu vaqtdan boshlab aeratsiya jarayonining birinchi bosqichi boshlanadi. Suv va havo haydash bilan quvur orqa fazasida bosim asta-sekin ko‘tariladi, aniq 135 qiymatga ko‘tarilgandan keyin ma’lum bir vaqt davomida bosim shu sathda ushlab turiladi. Sirkulyasiya suyuqligi pastga qarab harakatlanganda aralashmaning zichligi oshadi va bosimni oshishiga olib keladi. NKQ ga kirib borgunga qadar halqa oralig‘ida aralashmaning zichligini oshishi natijasida qo‘shimcha bosim hosil bo‘ladi. Aeratsiya aralashmasi bashmoqka etib keladi va NKQni ichiga kiradi, suyuqliklarning zichlikdagi farqlar asta-sekin kamayadi, bosim yana pasayadi. Agarda aeratsiyali suyuqlikni haydash vaqtida haydash tizimida bosim kompressorning ishchi bosimdan oshib ketsa, suyuqlikni haydashni davom ettirish yoki bir oz vaqt kompressorni to‘xtatib turiladi. Havo (gaz) aralashmasidan NKQga kiradi va suyuqlikning otilishini chaqiradi. Quvurlardagi zichlik asta sekin kamayadi va haydash tizimida bosimning qiymati tushadi. Shu daqiqadan boshlab suyuqlikni haydash to‘xtatiladi, agregat birinchi tezlikka o‘tkaziladi, keyin tanaffus beriladi. Depressiyani nazorat qilish uchun quduqdan siqib chiqarilgan suyuqlikning hajmi o‘lchanadi yoki boshqa usullarda o‘lchash ishlari olib boriladi. Quvur orqasidagi bosimning tushishi daqiqasidan boshlab qatlam ishlab ketishi mumkin. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling