128
chegarasidan yuqori bo‘lsa, burg‘ilash aralashmasining zichligini pasaytirish uchun
uni o‘zidan engilroq bo‘lgan suyuqlikka almashtirish,
undan keyin esa undan ham
engilroq bo‘lgan suyuqlikka almashtiriladi.
Burg‘ilash aralashmasini engilroq suyuqlikka almashtirishni tugallanishi bilan
qatlamdan flyuid oqimini kelishi boshlanadi. Bunda nasosning otmasidagi bosim
pasayadi, uni uzaytirishda oqimni ushlab turish uchun etmay qolishi mumkin.
Bunday
holatlarda, ayniqsa kuchsiz sementlangan va buzilishga duchor
bo‘lgan kollektorlarni sinashda otma tizimga shtutser o‘rnatiladi, qaysiki u oqim
tezligini va bosimini rostlab turadi. Quduqlarni
bir tekis ishga tushirishda
shtutserlarni o‘rnatish va oqimni boshqarish tavsiya qilinadi, bunda quduq tubidagi
bosim asta sekin pasayadi. Quduqqa katta zichlikdagi
suyuqlik haydalganda quduq
ustidagi bosim oshib ketganda aralashmaning yutilishi
sodir
bo‘ladi. Bunday holatda hamma sun’iy
qarshiliklarni olib tashlash tavsiya qilinadi (shtutserni
olish, zulfinni to‘liq ochish) va nasos agregatining
uzunligi kamaytiriladi.
Haydaladigan suyuqlikni SFM (sirt faol modda)
bilan qayta
ishlash maqsadga muvofiqdir, chunki u
qatlamga tushgan suyuqlik uning kollektor xossasini
yomonlashtirmaydi. Ba’zida
suyuqlikni almashtirib
hosil qilingan depressiya qatlamdan oqimni chaqirish
uchun etarli bo‘lmaydi. SHuning uchun quduq tubiga
beriladigan bosimni pasaytirishda
boshqa usullardan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: