Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
Ko‘rsatkich nomi
Belgisi Ko‘rsatkich Burg‘ilash quvurlar uchun Kompressorquvurlar uchun Bufer suyuqlik turi – suv yo‘q suv Yo‘q Sement eritma yo‘qolishi quvurlar devorida I chi chegarada aralashganda II chi chegarada aralashganda S 1 S 2 S 3 0,01 0,02 0,02 0,03 0,04 0,03 – 0,01 0,01 0,01 0,02 0,02 Sement eritma yo‘qolishi: quyish birikmadan yurganda halqa bo‘shliqdan yurganda S 4 S 5 0,02 0,40 – – 0,02 0,40 – – 10.6.5.Tamponaj eritmalarni retsepturalarini tanlash 10.6.5.1.Ko‘prik o‘rnatish uchun tanlanadigan tamponlash ashyolarini ushbu ko‘prikka qo‘yiladigan talablar, hamda uni o‘rnatishdagi spesifik xususiyatlarni inobatga olgan xolda tanlanishi kerak. 10.6.5.2.Tamponlash eritmasini retseptini sement ko‘prik o‘rnatishdan uch sutka oldin amalga oshirish kerak. Agar retseptura tanlangan kundan so‘ng 10 sutkadan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, u xolda retsepturani qayta ko‘rib chiqish, kerak bo‘lsa o‘zgartirish kerak. 10.6.5.3.Og‘ir asoratlar kelib chiqishini oldini olish maqsadida, qotish, yuqori harorat va bosimda quyuqlashish vaqtlari ko‘prik o‘rnatish davomiyligidan kamida 25% ortiq bo‘lishi kerak. 10.6.5.4.Qotirish suyuqligidagi kimyoviy reagentlarning kerakli konsentratsiyasi va suv-sement nisbatini bir ma’romda ushlab turish tanlangan retsepturani amalga oshirishning asosiy shartlaridir. Buning uchun ishlatiladigan ashyolarning miqdorini mos usullarda aniqlash kerak: suyuqliklar – hajmi, quruq 119 moddalar – og‘irligi bo‘yicha kerakli aniqlikda. Modomiki tayyorlash vaqtida eritmani havo bilan boyitish ehtimoli bo‘lgani sababli zichlik bo‘yicha nazorat yetarli bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun uning sifatini qotirish suyuqligi va sement sarfini nazorat qilgan xolda eritmaning hamma qismini o‘rtalash sig‘imida tayyorlash kerak. Shu bilan birga tayyorlash sxemasida eritmaga uning tarkibiy komponentlaridan qo‘shimcha qo‘shish ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. 10.6.5.5.Sement ko‘prik o‘rnatishdan oldin tamponlash ashyosi, bufer suyuqligi va ularni tayyorlash retsepturasi tanlanadi. Tamponlash eritmasi tarkibi quduqning geologik-texnik xolatiga (qatlam bosimi, harorat, qatlamni yorish bosimi, qo‘prik ustuni balandligi) qarab aniqlanadi. 10.6.6.Tamponlash ashyolarini tanlash: 1) sement eritmalari “sovuq” va “issiq” quduqlar uchun tamponlash sementlari asosida, xamda 90 ºC – 140 ºC (ShPSS-120) va 160 ºC – 250 0 S (ShPSS- 200) haroratlar uchun loy-qum eritmalari asosida olinadi. Tamponlash portlandsementidan suv bilan nisbati 0,5 bo‘lganda zichligi 1820-1850 kg/m 3 bo‘lgan sement eritmasi olinadi. 20 ºC – 30 ºC haroratda qotish vaqti 10 soatgacha davom etadi. Yuqoriroq haroratlarda qotish vaqti ancha kam, 75 ºC da esa sement qotish vaqti 1,5 – 2 soat davom etadi, bu esa tamponlash ishlarini olib borish uchun yetarli emas. Shuning uchun haroratga bog‘liq xolda quyidagi reagentlardan qo‘shiladi: K-4 3 % dan 5 % gacha miqdorda, KMS 0,5 % dan 1,0 % gacha, CCB 0,1 % dan 0,5 % gacha, xromatlar 0,1 % dan 0,5 % gacha, OKZIL 0,1 % dan 0,5 % gacha, NTF 0,01 % dan 0,02 % gacha sement og‘irligiga nisbatan. 2) Zichligi 2150 kg/m 3 dan kam bo‘lmagan og‘irlashgan sement eritmalari “sovuq” va “issiq” quduqlar uchun tamponlash sementlari asosida, xamda 90 ºC – 140 ºC (UShS-120) va 160 ºC – 250 ºC (UShS-200) haroratlar uchun loy-qum eritmalari asosida olinadi. Suv ajralishini kamaytirish uchun eritmaga polivinil spirti (1 % gacha) va boshqalar kiritiladi. 120 Kimyoviy reagentlar miqdori quduq hususiyati, sementlash usuli va tamponlash sementi navidan kelib chiqgan holda tajribahona usulida aniqlanadi. Tadqiqot natijalari namunalar tekshirish varaqchasiga kiritiladi (A Ilova). 3) Uglevodorod-sement eritmasi USQ uglevodorodli suyuqlikka (neft, dizel yoqilg‘i) qorishtirilgan mineral qovushqoq portlandsement suspenziya holida bo‘ladi. USQ qovushqoqlik tavsiflarini va neft-sement nisbatini kamaytirish, zichlik va sedimentatsion turg‘unlikni oshirish kerak bo‘lganda suspenziyaga PAV qo‘shimchasi qo‘shiladi. PAV qo‘shimchasi USQ suv bilan aralashganda uning tarkibidagi uglevodorod suyuqligini suv bilan almashishini yengillashtiradi. USQ ning 25-30% nefti suv bilan almashganda, u suv-sement eritmalarining (S/S=0,4-0,5) fizik-mexanik xususiyatlariga yaqin xususiyatlarga ega bo‘ladi. USQning qotish vaqti sovuq quduqlar (harorati 20 ºC – 40 ºC) uchun kamida 72 soat, issiq quduqlar (harorati 40 ºC – 100 ºC) uchun kamida 48 soatni tashkil qiladi. USQ suspenziyasi suv ishtirokisiz ushlab qolish va qotishga qodir emas, shuningdek yuqori haroratda ham. Pordlansementning USQda ushlab qolish va qotish xususiyatlari neftni suv bilan yaxshilab aralashtirish yoki neft-sement eritmasi orqali filtrlash orqali almashtirilgandan so‘ng qayta tiklanadi. USQ suv bilan oxista to‘qnashganda uzoq vaqt davomida ushlab qolishga uchramaydi. Neft tarkibida suvning miqdori 1%dan oshishi USQ suspenziyasini quyuqlashib oqmaydigan xolga olib keladi. USQ tarkibi: suvsiz neft, portlandsement, PAV. QS tarkibi: chuchuk suv, PAV, gidrofilizator. USQ va QSning asosiy retsepturalari va ularning xususiyatlari V va S izoxlarda keltirilgan. USQ tayyorlash uchun neftni suvsizlantirish punktlaridan tarkibidagi suv miqdori 1 % ko‘p bo‘lmagan neft olib kelinishi kerak. USQ va QS uglevodorod suyuqligi turiga qarab tanlanadi. USQning zichligi va oquvchanligi bo‘yicha tarkibi tajribahona sharoitida aniqlanadi. 121 Namlik kirmagan xolda USQning saqlanish vaqti deyarli cheklanmagan. Sedimentatsion cho‘kindi xosil bo‘lishini oldini olish uchun vaqti-vaqti bilan USQ suspenziyasini aralashtirib turish tavsiya qilinadi. 10.6.7.Ko‘prik o‘rnatishning umumiy davomiyligi T suyuqlikni xalqasimon bo‘shliqdagi qulay xarakati tezligi va tamponlash eritmasini ushlab qolish (quyuqlashish) muddati orqali xisoblanishi kerak va u quyidagi formula orqali xisoblanadi: Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling