Ma’ruza №3 Mavzu: Plastik usulda ishlab chiqarish texnologiyasi. Pardozbop g‘isht va toshlar ishlatish sohalari. Reja


Download 492.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana24.04.2023
Hajmi492.87 Kb.
#1394460
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-maruza



Ma’ruza №3 
Mavzu: Plastik usulda ishlab chiqarish texnologiyasi. Pardozbop g‘isht va 
toshlar ishlatish sohalari. 
Reja: 
1. Sopol ashyolar va buyumlar. 
2. Gillar turlari va xossalari
3. Sopol materiallar ishlab chiqarish uchun xom ashyolar, sopol materiallar va 
buyumlar ishlab chiqarish.
4. Devorbop, qoplama, g‘ovakli va maxsus sopol materiallar va buyumlar 
5. O‘zbekiston sopol materiallari 
 
Tayanch iboralar: Giltuproq, qoliplash, presslash, quritish, pishirish. 
 
Sopol materiallar va buyumlar haqida asosiy ma’lumotlar, ularning sinflari 
Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo‘shilmalar qo‘shib, qoliplash va 
kuydirish yo‘li bilan olinadigan buyumlar va materiallar sopol material (ashyo) lar deb 
ataladi. 
Sopol buyumlar (asosan turmushda ishlatiladigan idish-tovoqlar, vaza va shu kabilar) 
ishlab chiqarish miloddan bir necha ming yil avval, juda qadim zamonlarda paydo 
bo‘lgan. Ancha keyin cherepitsa, qoplama plitalar va g‘isht kabi sopol qurilish 
materiallari tayyorlay boshlandi. 
Hozirgi kun qurilishida sopol materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino 
tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, o‘choq va tutun quvurlarini terish, 
oqava va drenaj quvurlari qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Sopol 
buyumlar yasaladigan material sopol texnologiyasida sopolak deb ataladi. 
Qurilishbop sopol buyumlar sopolakning tuzilishi, konstruktiv jixatdan tuzilishi
sirtining holati va hokazolar bo‘yicha turlanadi. 
Qurilmasi jihatidan mo‘ljallanishi bo‘yicha  sopol materiallar va buyumlar 
quyidagi guruxlarga bo‘linadi:

devor (g‘isht, sopolak toshlar, g‘ishtdan qilingan bloklar va panellar);

tomlar uchun (ichi kovak toshlar, sopol toshlardan qilingan to‘sinlar, tom va qoplama 
panellari);

bino fasadini qoplash uchun (sopol g‘isht va toshlar, fasad plitka, gilamga o‘xshash 
sopolak va h.k); 

binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar);

tom uchun (shtamplangan pazli va lentasimon gil cherepitsa, yassi - to‘lqinli lenta va 
h.k);

oqava va drenaj quvurlari, santexnika buyumlari (chanoq(rakovina), yuvish idishchalari 
va boshqalar);

kislotaga bardoshli buyumlar (g‘isht, plitkalar, quvurlar);

yo‘l materiallari (g‘ishtlar, toshlar); 

issiqdan himoyalash (g‘ovakli – ichi bo‘sh g‘ishtlar va toshlar, perlitosopol va 
boshqalar);

engil betonlar uchun to‘ldirgichlar (keramzit, agloporit);

olovga bardoshli buyumlar (g‘isht va shakldor buyumlar). 

Download 492.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling