Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Nazorat savollari: 
1. Neft quduqlarini o‘zlashtirish usullari. 
2. Qatlamdan oqimni chaqirib o‘zlashtirishda burg‘ilash eritmasini o‘zidan 
engil suyuqlik bilan almashtirish texnologiyasi 
3. Gazlangan suyuqlik haydab quduqni o‘zlashtirish 
4. Suyuqlikni aeratsiyalash jihozlarini ishini o‘rganish 
5. Suyuqlik haydab quduqlarni o‘zlashtirish jarayonining hisobi 
 


142 
12-ma’ruza. Quduqlarni kompressor usulida o‘zlashtirish texnologiyasi 
Ma’ruza rejasi: 
12.1. Quduq tubidagi bosimni kompressor yordamida pasaytirish 
jihozlari ishini o‘rganish 
12.2. Gaz yordamida suyuqlikni siqish qurilmasining ishini o‘rganish 
12.3. Quduqlarni o‘zlashtirishda pachkali havo haydash texnologiyasi 
12.4.Kompressor usulida quduqlarni o‘zlashtirish jarayonining hisobi 
12.5. Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish 
12.6. Ejektorlardan foydalanib ko‘pik yordamida qatlamdan oqimni 
chaqirish texnologiyasi 
Tayanchi so’zlar: 
Kompressor yordamida bosim pasaytirish, Gaz bilan suyuqlikni siqib 
chiqarish, pachkali havo haydash, haydovchi quduqlarni o’zlashtirish, ejektordan 
foydalanish o’zlashtirish.
 
12.1. Quduq tubidagi bosimni kompressor yordamida pasaytirish jihozlari ishini 
o‘rganish 
Kompressor usuli quduqlarni o‘zlashtirishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usuldir. 
Quduqning o‘zlashtirilishi oldidan NKQ quduqqa tushuriladi, quduq usti favvora 
armaturasi bilan jihozlanadi. Quvur orqa fazosiga haydovchi quvur uzatma orqali 
harakatlanuvchi kompressor biriktiriladi yoki gaz chizig‘i orqali yuqori bosimli 
gazkompressor stansiyasiga ulanadi.
Quduqqa gaz haydalganda suyuqlik quvur oralig‘i fazosida NKQ-ni 
bashmoqigacha siqiladi yoki NKQ – ni qo‘yirish teshigigacha (3÷4 mm). Bu teshik 
oldindan quduq ustidan 700-800 m masofada bajarilgan va NKQ – ga yorib kiradi. 
Gaz NKQ – ga to‘plangandan so‘ng suyuqlikni gazlantiradi. Quduq tubida bosim 
pasayadi. Gazni sarfini boshqarib, quvurlardagi gaz suyuqlik aralashmasini zichligi 
o‘zgaradi, shu bilan birgalikda quduq tubidagi bosim ham o‘zgaradi. (R
qud.tubi
) Quduq 
tubidagi bosim R
qud.tubi
< R
qat
shart bajarilganda quduqqa suyuqlik va gaz oqimini 


143 
kirib kelishi boshlanadi. Barqaror oqim olingandan so‘ng quduqda doimiy barqaror 
ish rejimiga o‘tiladi. Bu usulda qatlamda katta depresiya olish mumkin, ayniqsa 
quduq tubi zonasini samarali tozalash mumkin. 
Qatlamdagi mustahkam jinslar sharoitida (qumoktoshlar, ohaktoshlar) 
g‘ovaklik muhitini kolmatatsiya materiallaridan jadal tozalashga olib keladi.
Quduqni bir tekis ishga tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida 
quvur orqa fazosi orqali aeratsiyali suyuqlik haydaladi. Quduqni bir tekis ishga 
tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida quvur orqa fazosi orqali aeratsiyasi 
suyuqlik haydaladi. 
Hozirgi paytda siqilgan havo yordamida quduqlarni o‘zlashtirish taqiqlangan 
bo‘lib, ko‘chma UKP-80 yoki KS-100 markali stansiyalardan foydalaniladi. 
Kompressor KS-80 bosimni 8 MPa gacha ko‘tarib, 8 m
3
dan, sarf haydaydi, KS-100 
stansiyasi esa 100 MPa bosimda 16m
3
dan sarfda haydaydi. Siqilgan havo portlash 
xavfi bo‘lganligi uchun qo‘llanilmaydi.
Ishlatish tizmasida suyuqlikni aralashtirib chaqirish usulida zichligi yuqori 
bo‘lgan suyuqlik kichik zichlikka ega bo‘lgan suyuqlikka aralashtirib, NKQ orqali 
perforatsiya teshigini yuqori chegarasigacha tushiriladi. (Quvur orqa halqasiga nasos 
agregati yordamida zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi. Bunda NKQ ga zichligi 
katta bo‘lgan suyuqlik haydalib, NKQ ga zichligi katta bo‘lgan suyuqlik siqiladi. 
Bunda zichligi kichik bo‘lgan suyuqlik quduq tubiga tushiriladi va NKQga yetib 
boradi. Quduq tubida bosim pasaya boshlaydi. Qaysiki, quduq tubidagi bosim qatlam 
bosimidan kichik bo‘ladi, qatlamga deprissiya hosil bo‘ladi, mahsuldor gorizontdan 
oqimning kelishiga imkon tug‘iladi. Agar mahsuldor qatlam tog‘ jinsi yoriqlaridan 
shakllangan bo‘lsa, unda suyuqliklarni aralashtirish bir nechta bosqichda olib 
boriladi. Bunda har bir bosqichda suyuqliklarning zichligi oldingisidan kichik 
bo‘ladi.
Quduqning tubidagi bosimni pasaytirib oqimni chaqirish maqsadida 
kompressorning qo‘llanilishi eng ko‘p ishlatiladigan usullardan biridir. Bunday 
usulda oqimni chaqirish quduq ustiga o‘rnatilgan jihozlar amalga oshiriladi, buning 
uchun qatlamga keskin yoki bir tekis depressiya hosil qilinadi.


144 
Quduqlarning 
chuqurligiga, 
tizmaning 
chidamligiga 
va 
jihozning 
mavjudligiga qarab, quduq tubidagi bosim har xil texnologik jarayonlarni 
mukamallashtirish orqali amalga oshiriladi. Quduqdagi suyuqlikning bir qismini 
almashtirib gaz havo yordamida siqib chiqarish siqilgan havoning oqimini 
yo‘nalishini o‘zgartirib, qo‘shish klapanlari va teshiklarni qo‘llab; quduqqa har bir 
butun havoni haydab; ko‘piklar yordamida yuvish. Har bir usullar o‘zining 
texnologik sxemalari orqali amalga oshiriladi.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling