Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Quduqlarni o‘zlashtirishda pachkali havo haydash texnologiyasi


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

12.3. Quduqlarni o‘zlashtirishda pachkali havo haydash texnologiyasi 
Chuqur quduqlarda quduq tubining bosimini quduqqa qat-qat havo haydash 
usulini qo‘llanishidir.
Jarayonni olib borishning texnologik sxemasi -rasmda keltirilgan. 
Quduqning quvur orqasi fazosiga kompressor qurilmasi va nasos agregati 
ulanadi.
Quduq yuvilgandan keyin quvur orqasi halqasiga gaz (havo) haydaladi. Gazni 
(havoni) haydash kompressor qurilmasi uchun o‘rnatilgan maksimal qiymatgacha 
haydaladi. Undan keyin quvur orqasi halqasiga nasos agregati yordamida suyuqlik 
haydaladi. Bu suyuqlik quvur orqasining halqasi haydalgan gazni nasos – kompressor 
quvurning boshmog‘i haydaydi.
 
11.1-rasm. Quduq tubida bosimni pasaytirish uchun quduqqa qat-qat havoni 
haydash sxemasi 
1-kompressor; 2-nasos agregati; 3-suv uchun sig‘im idishi; 4-teskari klapan; 5-quduq usti; 6-shtuser 
kamerasi; 7-suv; 8-gaz. 


147 
Nasos agregatining otma tizimida bosim P
max
qiymatdan pastga tushganda, 
kompressor yordamida yana gaz (havo) haydaladi. Bosim P
max
-ga yetganda 
kompressor to‘xtatiladi va yana qaytadan nasos agregati suyuqlik haydaydi. Nasos 
agregatining va kompressor qurilmasining navbatma-navbat ishlashi NKQ orqali gaz 
chiqquniga qadar davom ettiriladi. NKQ orqali birinchi qat-qat gaz chiqib kelgan 
paytda, bostirish kuchi va gazning kengayishining energiyasi hisobiga NKQ-dagi 
suyuqlikning otilmasi sodir bo‘ladi va gaz yorib kiradi. Bunday holat qatlamga tezkor 
depress paydo bo‘lishi bilan kuzatiladi. Quduqdan navbatdagi qat-qat suyuqlik va 
gazning otilib chiqishi kuzatiladi. Kompressor qurilmasini normal ishida va NKQ-
dan gazsuyuqlik aralashmasini chiqishi tajribali mutaxassislar yordamida 2500÷3000 
metr chuqurlikdagi quduqlarga gaz haydab va uning chiqishini yozib olish usullarida 
amalga oshirish mumkin.
Ba’zida qisqa muddatli, qatlamga tezkor depressiya hosil qilishda quduqqa 
faqat 
qat-qat 
havoning 
o‘zi haydaladi va nasos-kompressor quvurning 
boshmoqigacha bostiriladi. 
Kengaygan gaz, porshen sifatida NKQdagi suyuqlikni itarib chiqaradi, buning 
evaziga NKQning boshmoqida past bosimli zona paydo bo‘ladi, qatlamga depressiya 
kuchayadi va qatlamdan oqimning kelishi uchun sharoit paydo bo‘ladi. Undan keyin 
suyuqlik quvurning orqa halqasi tomondan NKQni to‘ldiradi va qandaydir sathda 
o‘rnatiladi hamda depressiya qatlamga pasayadi.
Agar oqim mavjud bo‘lmasa jarayon qaytadan takrorlanadi. Chuqur 
quduqlarda qat-qat gaz yordamida maksimal depressiyani hosil qilib bo‘lmaydi. 
Bunda ishlatish tizmasi va qatlamda o‘zgaruvchan qiymat zo‘riqishlar paydo bo‘lib, 
tizmaning deformatsiyalanishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling