Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

12.5.Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish 
Agar ishlatish quduqlarini o‘zlashtirishdan maqsad qatlamning berilgan 
parametrlari bo‘yicha mumkin bo‘lgan yuqori mahsuldorlik koeffitsientini olish 
bo‘lsa, haydovchi quduqlarni o‘zlashtirishdan maqsad esa ko‘proq yutilish va qabul 
qiluvchanlik koeffitsientini olish bo‘lib, unga haydaladigan suvning miqdorini oshish 
qiymatini haydash bosimining o‘zgarish nisbatiga teng bo‘ladi.
2
1
2
1
P
P
Q
Q
К
м



(12.13)
yoki differensial ko‘rinishda quyidagicha bo‘ladi
dp
dQ
К
м

(12.14)
Katta mahsuldorlik koeffitsienti K
m
-ni olish uchun qatlamga hisobiy 
miqdordagi suv nisbatan kichik bosimda haydaladi. Bu qatlam bosimini ushlab 
turishda energetik xarajatlarni qisqartiradi va haydovchi quduqlarning sonini 
kamaytirishga olib keladi.
Haydovchi quduqlar qatlamning suvga to‘yingan (kontur chegarasida) va 
neftga to‘yingan (qatorlarni kesishini yoki kontur ichida) qismlarida burg‘ilanadi. 
Haydovchi quduqlarni o‘zlashtirish usullari har xildir. Agar birinchi quduqlar 
birdaniga suv haydash uchun o‘zlashtirilsa, ikkinchi quduqlar esa ma’lum bir muddat 
davomida neft olish uchun hamda quduq zonasida qatlam bosimini pasaytirish uchun 
ishlatiladi. Agarda haydash uchun bir qator haydovchi quduqlar kontur ichida 
o‘zlashtirilsa, ulardan keyin esa neft qazib olish uchun quduqlar o‘zlashtiriladi. 
Navbatdagi qator esa maksimal neft qazib olishda ishlatiladi, undan keyingi 
navbatdagi qatordagi quduqlar esa haydash uchun o‘zlashtiriladi yana, navbatdagi 
qator esa – ishlatishda qo‘llaniladi va hokazo.
Haydovchi quduqlar qatoridan maksimal neft olishni imkoniyati shunday 
darajada bo‘ladiki, uni mahsuloti tarkibiga haydovchi qo‘shni suv quduqlar 
tomonidan chuchuk suv kirib kelishi kerak. Bunday tartibda o‘zlashtirishni shunday 
shakllantirish kerakki, haydaladigan suvning chiziqli fronti qatlamning neftga 
to‘yingan qismiga, siqiladigan neft esa ishlatish quduqlar qatoriga yo‘nalishi kerak.


151 
Haydovchi quduqlar o‘zlashtirilishning qiyinchilik darajasi bo‘yicha uchta 
guruhga bo‘linadi.
I-guruh. Quduqlar nisbatan bir jinsli qumoqtosh yaxshi o‘tkazuvchan 




2
12
10
7
,
0
5
,
0
м


qatlam qalinligi 10 metrdan katta bo‘lgan yaxlit qatlamlarda 
burg‘ilangan. Ular oddiy usullarda o‘zlashtiriladi. Quduq yaxshilab yuvilgandan 
keyin qatlamning quduq tubi zonasida drenaj kanallarini hosil qilish uchun quduq 
jadal porshenlanadi. Bunday quduqlar yuqori solishtirma qabul qiluvchanlikka (1 
metr qalinlikdagi qatlamga 0,25 m
3
/kun) ega ekanligi va 700-1000 m
3
/kundan yuqori 
bo‘lgan barqaror sarf bilan ishlaydi.
II-guruh. Gilli qatlamchali qatlamlarda quduqlar ochilganda qumoqtoshlar 
past o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Qumoqtoshli qatlamchalarni umumiy qalinligi 6 
metrdan 12 metrgacha bo‘ladi. Bunday quduqlarda o‘rtacha solishtirma qabul 
qiluvchanligi I-guruhdagi quduqlarga nisbatan 2 marta kichik bo‘ladi. II-guruhdagi 
quduqlar qiyin o‘zlashtiriladigan quduqlar guruhiga kirib, maxsus o‘zlashtirish 
usullarini qo‘llashni talab qiladi yoki butun kompleks usullar qo‘llaniladi. YUtilish 
xususiyatini sekinlatish va qabul qiluvchanligi bo‘yicha tadbirlarni qo‘llashni davriy 
to‘xtatilishi bilan tavsiflanadi.
III-guruh. Quduqlar ochiladigan qatlamlar gilli qatlamchalar navbatma-navbat 
o‘tkazuvchan qumoqtoshlardan umumiy kichik qalinlikdan va past o‘tkazuvchan 
tavsifga ega. Solishtirma qabul qiluvchanlik koeffitsienti 0,1 m
3
/(kun.MPa) kichik 
emas.
Bunday quduqlarni o‘zlashtirishda haydash jarayoni bir necha oylar davom 
etadi va quduqning tubini zonasiga samarali ta’sir qilish uchun eng zamonaviy 
texnologiyalar qo‘llaniladi. Masalan, oraliqlararo qatlamni gidravlik yorish, kislotali 
ishlov berish va yuqori bosimda haydash. III-guruhdagi quduqlarning qabul 
qiluvchanligi tezda so‘nadi va 2-3 oydan keyin esa quduqda oqimning qayta tiklash 
ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qattiq talablar qo‘yiladi ya’ni, haydaladigan 
suyuqlikning tarkibida cho‘kmalar va temir oksidlari bo‘lmasligi kerak. 
Haydovchi 
quduqlarni 
o‘zlashtirishda 
quyidagi 
texnik 
usullardan 
foydalaniladi:


152 
1. To‘g‘ri va teskari yuvishni 1200-1500 m
3
/kun sarf kattaligida teskari 
yuvish oqimida amalga oshirilganda uning tarkibida kichik miqdordagi va muallaq 
holatdagi zarrachalar barqaror miqdorda bo‘lishi kerak. YUvish 1÷3 kun davom 
etadi.
Suv uzatmalaridan yoki maxsus tindirilgan sig‘im idishlarida tayyorlangan 
halqali sxema yordamida yuvuvchi suvlarni haydashda nasos agregatlaridan 
foydalaniladi. Shuning uchun chiquvchi va haydovchi suvlarning tarkibidagi muallaq 
cho‘kmalarning miqdori qattiq nazorat qilinadi. Umuman olganda hamma jarayondan 
keyin quduq yuviladi, uning yutish sig‘imdorlik holati o‘rganiladi.
2. Quduq tubi zonasini tozalash uchun jadalli drenaj hosil qilinadi.
Drenaj har xil usullarda amalga oshiriladi:
a) Porshenlash yo‘li bilan porshen maksimal chuqurlikgacha tushuriladi. 
Buning uchun halqa oralig‘ini bekituvchi paker o‘rnatiladi. Bunday sharoitda 
qatlamga yuqori depressiya hosil qilinadi (12 MPa-gacha).
b) Kompressor usulida suyuqlik NKQning boshmoqigacha bostirilganda 
quduqdan suyuqlikni olishda ko‘chma kompressordan foydalaniladi. Bunday 
sharoitda quvurlar filtrning yuqori teshigigacha tushiriladi. Kompressordagi bosimni 
pasaytirish uchun NKQda ishga qo‘shish teshiklarni parmalash maqsadga muvofiq 
emas, yana NKQ orqali quduqqa suv haydalganda bu teshiklar orqali quvur halqa 
fazosiga chiqishi mumkin.
Suvning tarkibidagi muallaq cho‘kmalarning miqdori nazorat qilinadi va 
barqarorlashguncha drenajlashtirish davom ettiriladi.
v) Nasos usulida suvning tarkibidagi muallaq cho‘kmalarni miqdorini 
barqarorlashgunga qadar drenajlashtirish mumkin.
g) Suv jadal oqimga yig‘iladi va o‘z oqimi bilan quduqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
oqovaga tashlanadi. Bunday jarayon ko‘p martali takrorlanadi va qisqa muddatda 
oqib chiqarish samarali bo‘ladi, quduq 6÷15 daqiqa davomida davriy maksimal 
ko‘rsatgichda chiqarib yuborish rejimida ishlaydi. Bunday jarayon muallaq 
cho‘kmalarni tarkibi barqarorlashgunga qadar takrorlanadi.


153 
Bunday usulni qo‘llash quduqning debiti bir kunda bir necha o‘nlab metr 
kubni tashkil qilganda maqsadga muvofiqdir. Muallaq cho‘kmalarni barqaror 
tarkibiga erishish uchun suvni sarfi qisqa vaqt davomida 4-6 martaga kamaytiriladi. 
3. Qatlamlarni karbonat qatlamlarni ochishda, tarkibi karbonatli 
sementlangan materiallardan tashkil topgan quduq tubi atrofi zonasini ochishda tuz 
kislotali ishlov berish qo‘llaniladi. Buning uchun qatlamning bir metr qalinligiga 10-
15% li ingibirlangan tuz kislotali aralashma 0,8-1,5 m
3
miqdorida haydaladi va bir 
kun davomida qoldiriladi. Quduq drenajlashtirilgandan va yuvilgandan keyin haydash 
rejimiga o‘tkaziladi.
4. Qatlamni gidravlik yorish (QGYO). 
III-guruhdagi quduqlar QGYO va bir qator navbatdagi (drenajlash, yuvish) 
usullar 
qo‘llanilib o‘zlashtirish amalga oshiriladi. Ba’zida qatlamlashib 
takrorlanayotgan gilli va qumoqtoshlar uchraganda QGYO samarasizdir, bunda 
yoriqlar eng yaxshi o‘tkazuvchan qatlamlarda shakllanadi va haydalgan suv esa shu 
oraliqlar orqali bir yo‘nalishda qatlamga yutilib ketadi. Eng yaxshi natijaga erishish 
uchun oraliqlararo har bir qatlamda alohida QGYO amalga oshiriladi. Bunday 
sharoitda ikkita paker qo‘llaniladi, u NKQ orqali tushiriladi, ishlov beriladigan 
oraliqning yuqorisi va pastki qismlariga o‘rnatiladi.
5. Quduqlarni NKQ-lar va suv-qumli aralashmali suv uzatmalar orqali 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling