Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

yuvish. Ko‘pincha haydovchi quduqlarni o‘zlashtirishni kam samarali yoki qatlamni 
kam qabul qiluvchanlikka ega bo‘lishiga sabab suv oqimi orqali uzatmalardan temir 
quyqumlarini 
va 
qattiq 
zarrachalarni 
tashilishi 
hamda 
qatlam 
yuzalarini 
ifloslantirishining natijasidir.
Bunday holatni bartaraf qilishda suv uzatmalari va quduqlar suv qum 
aralashmasi (1 m
3
suvga 50 kg qum) bilan sementlash agregati yordamida yuviladi.
Bunday usulda quduqlar yoki suv uzatmalar yuvilib kuzatilganda suv qum 
aralashmasi chiqadi. 20-30 daqiqadan so‘ng esa yuvish jadalligiga bog‘liq holda toza 
suv yoki muallaq cho‘kindilarning zarrachalari chiqadi. Yuvish tugallangandan keyin 
suv uzatmalarida bosim yo‘qotilishi ham kamayadi.


154 
6. Yuqori bosimda quduqqa suv haydalganda qatlam kollektorlari yoriqli 
bo‘lganda haydash bosimi normal belgilangan bosimdan oshiriladi. Buning uchun 
quduqqa uch-to‘rtta nasos agregati ulanadi va qo‘shimcha bosim hosil qilinadi. 
Bunda qatlamdagi tabiiy yoriqlar kengayadi va quduqning yutish qobiliyati keskin 
oshadi. Bu QGYOning eng sodda sxemasi bo‘lib, qatlamda yoriqlarni ochilishi sodir 
bo‘ladi hamda cho‘kmalar va gilli zarrachalar qatlamga chuqurroq kirib boradi.
7. Neft quduqlariga issiq suv yoki neft bilan ishlov berilganda quduq tubi 
zonasining atrofida to‘planib qolgan parafin va smolalar yuvib chiqariladi. Isitish 
avtomobillarga o‘rnatilgan ko‘chma qurilmalar yordamida bug‘ haydash amalga 
oshiriladi. Haydaladigan suvning sarfi bosim ko‘tarilishi bilan tezda oshadi. 
CHuqurlik sarf o‘lchagichlar yordamida quduqlarda tadqiqot o‘tkazilganda yutish 
oralig‘i va yutilish oshadi, tabiiy yoriqlar kengayadi va suyuqlikning yutilish 
jarayonida qo‘shimcha qatlamlar ham bir-biri bilan tutashib ketadi.

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling