Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
T = T
1 + T 2 + T 3 + T 4 + T 5 ≤ 0,75 T zag , (10.7) bu yerda T 1 – tamponlash eritmasini tayyorlash va quduqqa haydashga ketadigan vaqt sarfi; T 2 – quvurga ajratish tiqinlarini kiritish davomiyligi; T 3 – tamponlash eritmasini qo‘prik o‘rnatilish oraligiga bosib haydash vaqti sarfi; T 4 – sementlash kallagini yechish va haydash quvurlarini tamponlash eritmasi xududidan ko‘tarish vaqti davomiyligi; T 5 – sementlash kallagini o‘rnatishga va ko‘prikni ustki qismini yuvib tashlashga ketadigan vaqt sarfi; T zag – konsistometr yordamida aniqlanadigan va quduqqa ko‘prik o‘rnatish vaqtidagi xolatiga mos keladigan tamponlash eritmasini quyilish vaqti. 10.6.8.Tamponlash va burg‘ilash eritmalari zichliklari farqi xalqasimon bo‘shliqdagi suyuqlikni siqib chiqarish samaradorligiga ta’sir qiladi. Turli tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki [4], burg‘ilash eritmasini tamponlash bilan siqib chiqarish ular zichliklari farqi kam bo‘lganda sezilarli yaxshi yuz beradi 10.6.9.SQK davomiyligi tajribahona tadqiqotlari orqali aniqlanib, tamponlash eritmalari turiga bog‘liq bo‘ladi (odatda 24 – 48 soatga teng deb olinadi). 10.6.10.Bufer suyuqligini tanlash Bufer suyuqligi sifatida tajribahona tadqiqotlari asosida aniqlangan, tamponlash eritmasiga aralashmaydigan suv, neft va boshqa texnologik suyuqliklar olinadi. 122 Tamponlash ashyosini vaqtidan ilgari ushlab qolish yuz berganda yoki uni quduq suyuqligi bilan aralashib zaruriy sifatini yo‘qotganda bufer suyuqligi ishlatish shart. Burg‘ilashning hamma shartlarini birdek qoniqtiradigan universal bufer suyuqligi bo‘lmaganligi sababli, uni quyidagi turlaridan foydalaniladi: og‘irlashtirilgan (tuz yoki polimerlar asosida), murakkab tarkibli, aeratsiyalangan, filtrlash ko‘rsatkichi past bo‘lgan erozion suyuqliklar, qovushqoq-yumshoq ajratgich, neft va neft maxsulotlari, kislota eritmalari, suv. Ular haqidagi ma’lumotlar D ilovada keltirilgan. Bufer suyuqligini tanlash tajribahona tekshiruvi asosida uni muayyan burg‘ilash va tamponlash eritmalari bilan mosligiga asoslangan. Bufer suyuqligi burg‘ilash eritmasi bilan aralashmasi aralashish zonasini reologik parametrlarini oshirib yubormasligi, uni tamponlash eritmasi bilan birikmasi oquvchanlik va quyulish vaqtini kamayishiga olib kelmasligi kerak. Modomiki bufer suyuqligini ishlatishning samaradorligi vaqt o‘tishi va uning quduq devorlariga ta’siriga bog‘liq ekan, unda haydaladigan suyuqlik xajmining oshishi sementlash sifatini yaxshilaydi. 10.6.11.Ko‘prik o‘rnatishda mushkulot va falokatlarni oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish. Yuz berishi mumkin bo‘lgan asorat va falokatlar va ularni oldini olish tadbirlari ro‘yxati Ye ilovada keltirilgan. Sement ko‘prik o‘rnatish bo‘yicha ish rejasi F ilovada keltirilgan tartibda tuzish kerak. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling