Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
-rasm – sement ko‘prik o‘rnatishda asbob-uskunalarni joylashtirish va
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1. Neft quduqlarini o‘zlashtirish usullari
10.1-rasm – sement ko‘prik o‘rnatishda asbob-uskunalarni joylashtirish va
biriktirish sxemasi 1 – quyish quvurlari, 2 – quduqning quvur oralig‘i bo‘shlig‘i, 3 -avtotsisterna, 4 – sA-320, 5 – SM- 20, 6 – AChF-700, 7 – yuvish suyuqligi (neft) uchun idish (ombor), 8 – o‘rtalovchi idish, 9 – haydovchi-manifold tizimi. Nazorat savollari: 1.Ko‘prik deb nimaga aytiladi va ular qanday materialdan quyiladi? 2.Ko‘priklarni quyish jarayonini tushuntiring. 3.Ajratish – ta’mirlovchi ishlari deganda nimani tushunasiz? 4.Nuqsonli oraliqlarni joylashgan o‘rni qanday aniqlanadi? 5.Rezbali birikmalarda germetiksizlikni qanday bartaraf qilinadi? 125 11-ma’ruza. Quduqlarini o‘zlashtirish usullari Ma’ruza rejasi: 11.1. Neft quduqlarini o‘zlashtirish usullari 11.2. Qatlamdan oqimni chaqirib o‘zlashtirishda burg‘ilash eritmasini o‘zidan engil suyuqlik bilan almashtirish texnologiyasi 11.3. Gazlangan suyuqlik haydab quduqni o‘zlashtirish 11.4. Suyuqlikni aeratsiyalash jihozlarini ishini o‘rganish 11.5. Suyuqlik haydab quduqlarni o‘zlashtirish jarayonining hisobi Tayanchi so‘zlar: Quduqni o’zlashtirish, anomal bosim, engil yuvuvchi syuqlik, aerosiya, kompressor usuli, tortaniya, porshenlash, svablash. 11.1. Neft quduqlarini o‘zlashtirish usullari Quduqlarni tugallash ishlari qurilishning muhim bosqichlaridan sanaladi. O‘z tarkibiga mahsuldor qatlamni burg‘ilab ochish, ishlatish tizmalarini tushirish va sementlash, quduq tubini jihozlash, oqimni chaqirish va quduqni o‘zlashtirish kiradi. Oxirgi bosqichda ishlarni sifatli amalga oshirish quduqni uzoq muddat ishlashiga, qazib olish imkoniyatiga, iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ta’sir qiladi. Mahsuldor qatlamni ochish usullari geologik va texnik shartlardan kelib chiqqan holda bir xil bo‘lishi mumkin. Mahsuldor qatlamni sifatli ochilishida quyidagi masalalar o‘z yechimini topishi kerak: 1. Anomal yuqori qatlam bosimli quduqlarni ochishda ochiq favvora bo‘lishining oldini olish choralari ko‘riladi. Buning uchun shunday turdagi loyli eritma qo‘llaniladiki, quduq tubi bosimining qatlam bosimidan 10% yuqori ekanligi ta’minlanadi. 2. Mahsuldor qatlamni ochganda tog‘ jinsining tabiiy sizilish xossalari saqlanishi zarur. 126 Mahsuldor qatlamni ochishda loyli eritmani bosimi har doimo qatlam bosimidan yuqori bo‘ladi. Qatlam va quduq tubi bosimini oralig‘ida bosimni oshib ketishi natijasida qatlamga loyli eritma kirib keladi, natijada qatlam tubi zonasida tabiiy o‘tkazuvchanlik pasayib ketadi. Loyli eritma filtratlari qatlam suvlari yoki neft bilan o‘zaro ta’siri natijasida erimagan cho‘kindilari g‘ovaklik yoki qatlam yoriqlariga kirib, mustahkam suv-neft emulsiyasini shakllantiradi. Shuning uchun mahsuldor qatlamni loyli eritma bilan ochganda past suv beruvchanlikka ega bo‘lishi hamda mahsuldor qatlamdagi tog‘ jinsini bukishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yuqori o‘tkazuvchanlikda hamda past bosimli qatlamni ochishda loyli eritmalarni qatlamga yutilishi sodir bo‘ladi. Bunday qatlamlar uglevodorodli asosli yoki aeratsiyali engillashtirilgan aralashma, SFM – qo‘shimchali eritma yordamida ochiladi. Burg‘ilash tizmasi katta tezlikda tushirilganda loyli aralashmalar quduq tubi zonasidagi yoriqlar orqali qatlamga yutilishi sodir bo‘ladi, g‘ovakliklarni bekitib qo‘yadi. SHuning uchun mahsuldor qatlamni ochishda burg‘ilash asboblari kritik qiymatdan katta bo‘lgan tezlikda tushirilganda qatlamning yorilishi yoki mavjud yoriqlarni ochilishi sodir bo‘ladi. 3. Mahsuldor qatlamni to‘liq ochilishiga erishish va uzoq muddat suvsiz neft qazib olishda quduq tubiga suyuqlik oqimini engil kirishi ta’minlanadi. Uyumning tashqi konturidan suv haydovchi quduq burg‘ilanganda, yuqori sig‘imdorlikka erishish maqsadida qatlam to‘liq ochiladi. Bunday sharoitda quduq tubida suv bo‘lmaganligi uchun va quduq «suvneftchegarasidan» katta masofada joylashganda yoki neftgaz konturi chegarasi (GNCH) uzoq bo‘lganda, faqat qatlamning neft qismini ochish tavsiya qilinadi. Agar neft qazib olinuvchi quduqda gaz shapkasi ochilsa, mahsuldor qatlam «GNCH»sidan ma’lum oraliqdagi uzoqroq masofada ochiladi, quduq tubi shunday jihozlanadiki, bunda gaz do‘ppisidan gazni olib chiqmaydi. Mahsuldor qatlamlar ikki marta ochiladi: birlamchi - burg‘ilash jarayonida, ikkilamchi mustahkamlash tizmasidan keyin sementlanib teshib ochiladi. 127 Mustahkamlash tizmalarini teshib qatlamni ochish - quduqni qurilishida eng muhim jarayonlardan biri, keyinchalik sinashni muvaffaqiyatli o‘tishi va qatlamdan quduqqa oqimni chaqirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Qatlamni ikkilamchi teshib ochishda quduqdagi suyuqlikning qalinligi (8- 10mm), po‘lat quvur diametrini (6-12 mm qalinlikdagi), sement toshining qalinligini (quduqda haqiqiy halqa oralig‘i masofasini 25-50 mm va undan katta) hamda quduq tubi zonasida tiqilib qolgan kollektorlarni burg‘ilab ochish davrida unga salbiy ta’sir etuvchi omillar hisobga olganda 40-50 mmdan 100-150 mm va undan katta masofani teshib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, teshish jarayonida asosiy ko‘rsatilgan to‘siqlarni yorib o‘tishi va quduq bilan gidrodinamik aloqani o‘rnatish hamda oqimni jadallashtiruvchi har xil tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash va quduq tubi zonasining o‘tkazuvchanligini kuchaytirish zarurdir. Teshishda suv-qum- oqimli teshgichlardan ham foydalaniladi So‘nggi yillarda ko‘proq parmalab teshadigan va har xil qirquvchi moslamalardan foydalaniladi. Bular yordamida mustahkamlash tizimlarida va sement toshida har xil yoriqlar hosil qilinadi. Amalda kimyoviy alyuminiyli eritmalardan yoki mis vtulkalardan ko‘proq foydalaniladi, mustahkamlash tizmasining bir qismiga o‘rnatiladi hamda mahsuldor yotqiziqlar joylashgan oraliqlarga o‘rnatiladi va teshish amalga oshiriladi. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling