Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.6. Sement ko‘priklar o‘rnatishga tayyorgarlik ishlari
10.5. sement ko‘priklar o‘rnatish uchun kerakli texnik vosita va ashyolar 10.5.1. sement ko‘priklar o‘rnatish uchun kerakli texnik vosita va o‘lchov asboblari: ko‘chma kompressor; SA-320, AChF-700 sementlash agregatlari; o‘rtalashtiruvchi sig‘im yoki MG-4 markali loyqorishtirgich; 4 sR avtotsisternasi; 2-5 m 3 , 15-20 m 3 xajmli sig‘imlar; AzNII konusi; AT-ZPP areometri; rN-300 turidagi rNmetr; VBR- I viskozimetri; KS-5 konsistometri; quyish quvurlari (NKQ yoki burg‘ilash quvurlari); quyish (sementlash) kallagi; pakerlar; qirg‘ichlar; favvora qurilmasi to‘plami; ajratuvchi sementlash tiqinlari; manometrlar. 10.5.2.Sement ko‘prik o‘rnatish uchun kerakli ashyolar: sement eritma (qum-shlak asosli sement, portlandsement yoki USQ va boshqalar); 114 kimyoviy reagentlar: qotish tezlashtiruvchilar (natriy xlorid, kalsiy, kaustik, kalsinatsiyalangan soda, suyuq shisha) va qotish sekinlashtiruvchilari (SSB, KMS, K- 4, gipan, PFLX, NTF); bufer suyuqliklari – ko‘prik o‘rnatish uchun mo‘ljallangan eritma bilan navbatma-navbat haydalganda qiyin aralashuvchi neft, suv yoki maxsus suyuqliklar; bosib haydash suyuqligi – tamponlash eritmasini quduqqa bosib haydash uchun mo‘ljallangan burg‘ilash eritmasi, neft, suv yoki maxsus suyuqliklar. 10.6. Sement ko‘priklar o‘rnatishga tayyorgarlik ishlari 10.6.1.Ishlarni rejalashtirish Sement ko‘priklarni o‘rnatish ishlarini rejalashtirishda quyidagilarni ko‘zda tutmoq kerak: a) ko‘prikni ishlatish shartlari, unga ta’sir qiladigan kuchlar va uni o‘rnatishning geologik-texnik shartlari: ko‘prik quyi chegarasini joylashgan chuqurligi va uning uzunligi; burg‘i diametri; burg‘ilash eritmasi zichligi; ko‘prik oralig‘idagi quyish quvurlari diametri; quduq tanasini tozalash usullari, qirg‘ich yordamida yoki qirg‘ichsiz (RH 39.0-034 muvofiq amalga oshiriladi); qovushqoq modda turi; tamponlash eritmasi retsepturasi; tamponlash va burg‘ilash eritmalari zichliklari farqlari; tamponlash va burg‘ilash eritmalari xajmini quyish quvurlari ichki hajmiga nisbati; SQK davomiyligi; bufer suyuqligini bor yoki yo‘qligi. b) ko‘prikning balandligini hisoblash, unga ta’sir kiladigan og‘irliklar, balandlikka chegaralar va o‘rnatish texnologik asoratlariga binoan o‘tkaziladi; 115 c) sement ko‘prik o‘rnatish uchun tamponaj eritmaning hajmlari aniqlanadi (bevosita ko‘prik o‘rnatishdan oldin quduqning qabul qiluvchanligini va kesma bo‘ylab va kovaklar o‘lchash natijalarini hisobga olib); d) tamponaj eritmaning bostirish rejasini ko‘rsatkichlarini hisoblash va bostirish va bufer suyuqliklarning hajmlarini aniqlash; e) tamponaj eritmaning retsepturasini tanlash; f) ko‘prik o‘rnatish umumiy vaqtini aniqlash; g) ko‘prik o‘rnatishda falokat va asoratlarni oldini olish choralarini ishlab chiqarish. 10.6.2. Ko‘prik ishlatish sharoitlarini aniqlash. Ta’sir kiladigan og‘irlikka qarab ikki hil ko‘prik ajratiladi: suyuqlik yoki gaz og‘irligini ko‘taradigan, va ikkinchi tana burg‘ilanaetganda asboblar og‘irligini ko‘taradigan, qatlam tekshiruvchi asbobni ishlatganda, yoki boshqa hollarda. Ikkinchi turli ko‘priklar gazsuvo‘tkazmaslikdan tashqari, mexanik mustahkamligi yuqori bo‘lish kerak. 10.6.3.Ko‘prikning N m balandligi [3] formula bo‘yicha hisoblanadi: H m = Q m /πD c τ ≥ H min , m, (10.1) bunda Q m – ko‘prikka tushgan og‘irlik, kN; D c – quduqning o‘rta diametri, m; τ – ko‘prikning qo‘zgalish kuchlanishi, MPa; H min –ko‘prikning minimal joiz balandligi, m. H min = P/grad P, (10.2) bunda: P – ko‘prikka ta’sir qilayotgan maksimal bosim farqi, MPa; grad P – bosimning joiz gradienti, MPa/m. Ko‘prikning balandligini hisoblaganda τ va grad P sonlari 1-jadvaldan olinadi. 10.1-Jadval – τ i grad P sonlari Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling