Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

 
10.2

 Ajratish – ta’mirlash ishlari. 
Ta’mirlov sementlash ishlari - qatlam suyuqliklari bir gorizontdan boshqa 
bir gorizontga yoki atmosferaga tamonaj toshi kanallari yoki yoriqlaridan chiqib 
ketishini oldini olish va bartaraf etish maksadida; tizma orti muhitida birlamchi 
sementlash jarayonida tamonaj eritmasi bilan to‘ldirilmagan uchastkalar; himoya 
tizmasi germetik bo‘lmagan oraliqlar ajratiladi. 


109 
Ta’mirlash – ajratish ishlarini boshlashdan avval nuqson mavjud 
uchastkalarni va germetik bo‘lmagan uchastkani loy, zangdan tozalash, hamda ular 
orqali bo‘ladigan sirkulyasiyani jadalligini aniqlash.
10.3. Nuqsonli uchastkalarni joylashgan o‘rnini aniqlash. 
Nuqsonli uchastkalarni joylashgan o‘rnini aniqlash. Bu masalani 
aniqlashni bir nechta usullari mavjud. Shundan ikkitasini ko‘rib chiqamiz. 
Birinchi usulda ostki qismida paker bo‘lgan burg‘ilash quvurlari himoya 
tizmalarining o‘rtasida bo‘lgan chuqurligiga tushirilib quvurlar oralig‘i pakerovka 
qilinib priventorlar yopiladi. So‘ngra quvur ichiga suv haydalib quduq yuzasi bosimi 
R
op
hosil qilinadi va 0.5 – 1 soat ichida quvur ichidagi va quvurlar orasidagi bosim 
nazorat qilib turiladi. Agarda shu vaqt mobaynida bosim o‘zgarmasa, demak himoya 
tizmasini ostki qismi germetik deb hisoblanadi.
Bunda bosim tushirilib, paker ozod qilinadi. Burg‘ilash quvurlari yuqorigi 
uchastkasi o‘rtasigacha ko‘tarib yana pakerovka qilinadi va yuqoridagi ishlar 
takrorlanadi. Agarda quvurlardagi sinash bosimi kamaysa, lekin quvurlar orasidagi 
bosim o‘zgarmasa unda nuqsonli uchastka avvalgi paker qo‘yilgan oraliq bilan 
pakerovka qilingan oraliqda joylashgan bo‘ladi. Bu oraliq tayanch teng ikki 
uchastkaga bo‘linadi. Paker uchastkasi o‘rtasiga qo‘yilib pakerovka qilinadi va paker 
osti muhiti sinab ko‘riladi. Sinash operatsiyasi shunday olib borilishi kerakki, 
nuqsonli uchastka 10-20 metrli masofada qoldirilib, so‘ngra ajralish ishlari amalga 
oshiriladi. 
Germetik bo‘lmagan rezbali birikmalarni aniqlash eng samarali usuli, havo 
bilan sinab ko‘rishdir. Himoya tizmasini rezbali birikmalarini germetikligini sinab 
ko‘rish uchun, himoya tizmasi ichiga NKK tushiriladi. 
Quduq yuzasi germetiklanganidan keyin quduq toza suv bilan yuviladi. 
Himoya tizmasi bilan NKK orqali o‘lchov idishiga suv chiqarib olinishi yo‘li bilan 
quduq ichidagi suv sathini 50-100m ga kamaytiriladi. So‘ngra NKK ni yuqori 
qismidagi zulfin yopilib, kompressor bilan havo bosimi 12-16 MPa gacha oshiriladi 
va 0,5-1 soat oralig‘ida quvurlar oralig‘idagi va quvur orti muhitida bosim 


110 
manometrlardan kuzatib turiladi. Agar bosim o‘zgarmasa yuqorigi uchastkalardagi
rezbali birikmalar germetik deb hisoblanadi. NKK dagi zulfin ochilib, suvning sathini 
yana 50-100 metrga kamaytiriladi. Zulfin yopilib, havo bosimi yana 12-16 MPga cha 
oshiriladi va manometrlarni ko‘rsatish nazorat qilinadi. Agarda navbatdagi sinash 
jarayonida bosim quvur orti muhitida ko‘tarilsa, nuqsonli oraliq so‘ngi suv sathi 
tushirilgan tizmalar orti muhitida bo‘ladi.
Agarda bosimni o‘sishi sust bo‘lsa, suvli suyuqlik sathini yana 50-100m ga
tushiriladi va sinash davom ettiriladi. Yangi oraliqda tizma orti bo‘shlig‘ida bosimni 
jadal o‘sishi rezbali birikmalarda germetiklik yo‘qligini bildiradi. 
Rezbali birikmalarda germetiksizlikni bartaraf etish. 
NKK ni ostki qismi germetikligi buzilgan chegaradan pastki oraliqda bo‘lishi 
lozim. NKK ga navbati bilan hajmi 100m bo‘lgan quvurlar oralig‘iga hajmiga teng 
dizel yoqilg‘isi ma’lum miqdorli qotuvchi material bilan birga GTM-3 gidrofobli 
tamonaj materiali, ikkinchi porsiya 100m quvur ichi bushlig‘i hajmiga teng 
miqdorda dizel yokilg‘isini hajmi 150-200m quvurlar orti bo‘shlig‘ini hajmiga teng. 
Qachonki NKK dan GTM-3 chiqib, quvurlar oralig‘iga kirishi bilan quduq yuzasi 
germetizatsiya qilinadi. NKK esa 0.5-1 soat quduq yuzasida bosim ostida ushlab 
turiladi. So‘ngra bosim tushirilib, 120-150m yuqoridagi eritma aralashtiriladi. 
Quvurlar bo‘shlig‘i yorilib, yana NKK da bosim hosil qilinadi. Bu operatsiya GTM-3 
eritmasi nuqsonli uchastkasidan yuqoriga chiqib qolgunicha davom ettiriladi, so‘ngra 
tizma yuvilib GTM-3 to‘liq chiqarib olinadi. 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling