Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.3. Nuqsonli uchastkalarni joylashgan o‘rnini aniqlash.
10.2 Ajratish – ta’mirlash ishlari. Ta’mirlov sementlash ishlari - qatlam suyuqliklari bir gorizontdan boshqa bir gorizontga yoki atmosferaga tamonaj toshi kanallari yoki yoriqlaridan chiqib ketishini oldini olish va bartaraf etish maksadida; tizma orti muhitida birlamchi sementlash jarayonida tamonaj eritmasi bilan to‘ldirilmagan uchastkalar; himoya tizmasi germetik bo‘lmagan oraliqlar ajratiladi. 109 Ta’mirlash – ajratish ishlarini boshlashdan avval nuqson mavjud uchastkalarni va germetik bo‘lmagan uchastkani loy, zangdan tozalash, hamda ular orqali bo‘ladigan sirkulyasiyani jadalligini aniqlash. 10.3. Nuqsonli uchastkalarni joylashgan o‘rnini aniqlash. Nuqsonli uchastkalarni joylashgan o‘rnini aniqlash. Bu masalani aniqlashni bir nechta usullari mavjud. Shundan ikkitasini ko‘rib chiqamiz. Birinchi usulda ostki qismida paker bo‘lgan burg‘ilash quvurlari himoya tizmalarining o‘rtasida bo‘lgan chuqurligiga tushirilib quvurlar oralig‘i pakerovka qilinib priventorlar yopiladi. So‘ngra quvur ichiga suv haydalib quduq yuzasi bosimi R op hosil qilinadi va 0.5 – 1 soat ichida quvur ichidagi va quvurlar orasidagi bosim nazorat qilib turiladi. Agarda shu vaqt mobaynida bosim o‘zgarmasa, demak himoya tizmasini ostki qismi germetik deb hisoblanadi. Bunda bosim tushirilib, paker ozod qilinadi. Burg‘ilash quvurlari yuqorigi uchastkasi o‘rtasigacha ko‘tarib yana pakerovka qilinadi va yuqoridagi ishlar takrorlanadi. Agarda quvurlardagi sinash bosimi kamaysa, lekin quvurlar orasidagi bosim o‘zgarmasa unda nuqsonli uchastka avvalgi paker qo‘yilgan oraliq bilan pakerovka qilingan oraliqda joylashgan bo‘ladi. Bu oraliq tayanch teng ikki uchastkaga bo‘linadi. Paker uchastkasi o‘rtasiga qo‘yilib pakerovka qilinadi va paker osti muhiti sinab ko‘riladi. Sinash operatsiyasi shunday olib borilishi kerakki, nuqsonli uchastka 10-20 metrli masofada qoldirilib, so‘ngra ajralish ishlari amalga oshiriladi. Germetik bo‘lmagan rezbali birikmalarni aniqlash eng samarali usuli, havo bilan sinab ko‘rishdir. Himoya tizmasini rezbali birikmalarini germetikligini sinab ko‘rish uchun, himoya tizmasi ichiga NKK tushiriladi. Quduq yuzasi germetiklanganidan keyin quduq toza suv bilan yuviladi. Himoya tizmasi bilan NKK orqali o‘lchov idishiga suv chiqarib olinishi yo‘li bilan quduq ichidagi suv sathini 50-100m ga kamaytiriladi. So‘ngra NKK ni yuqori qismidagi zulfin yopilib, kompressor bilan havo bosimi 12-16 MPa gacha oshiriladi va 0,5-1 soat oralig‘ida quvurlar oralig‘idagi va quvur orti muhitida bosim 110 manometrlardan kuzatib turiladi. Agar bosim o‘zgarmasa yuqorigi uchastkalardagi rezbali birikmalar germetik deb hisoblanadi. NKK dagi zulfin ochilib, suvning sathini yana 50-100 metrga kamaytiriladi. Zulfin yopilib, havo bosimi yana 12-16 MPga cha oshiriladi va manometrlarni ko‘rsatish nazorat qilinadi. Agarda navbatdagi sinash jarayonida bosim quvur orti muhitida ko‘tarilsa, nuqsonli oraliq so‘ngi suv sathi tushirilgan tizmalar orti muhitida bo‘ladi. Agarda bosimni o‘sishi sust bo‘lsa, suvli suyuqlik sathini yana 50-100m ga tushiriladi va sinash davom ettiriladi. Yangi oraliqda tizma orti bo‘shlig‘ida bosimni jadal o‘sishi rezbali birikmalarda germetiklik yo‘qligini bildiradi. Rezbali birikmalarda germetiksizlikni bartaraf etish. NKK ni ostki qismi germetikligi buzilgan chegaradan pastki oraliqda bo‘lishi lozim. NKK ga navbati bilan hajmi 100m bo‘lgan quvurlar oralig‘iga hajmiga teng dizel yoqilg‘isi ma’lum miqdorli qotuvchi material bilan birga GTM-3 gidrofobli tamonaj materiali, ikkinchi porsiya 100m quvur ichi bushlig‘i hajmiga teng miqdorda dizel yokilg‘isini hajmi 150-200m quvurlar orti bo‘shlig‘ini hajmiga teng. Qachonki NKK dan GTM-3 chiqib, quvurlar oralig‘iga kirishi bilan quduq yuzasi germetizatsiya qilinadi. NKK esa 0.5-1 soat quduq yuzasida bosim ostida ushlab turiladi. So‘ngra bosim tushirilib, 120-150m yuqoridagi eritma aralashtiriladi. Quvurlar bo‘shlig‘i yorilib, yana NKK da bosim hosil qilinadi. Bu operatsiya GTM-3 eritmasi nuqsonli uchastkasidan yuqoriga chiqib qolgunicha davom ettiriladi, so‘ngra tizma yuvilib GTM-3 to‘liq chiqarib olinadi. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling