Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Sement ko‘priklar o‘rnatishga tayyorgarlik ishlari
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1. Quduqqa ko‘prik qo‘yish
10.6. Sement ko‘priklar o‘rnatishga tayyorgarlik ishlari
Tayanchi so‘zlar: Ko’prik qo’yich, ajratish-ta’mirlash, nosozliklarni aniqlash, kerakli texnik vositalar, sement ko‘priklar o‘rnatishga tayyorgarlik 10.1. Quduqqa ko‘prik qo‘yish Ko‘prik deb, quduq ostki qismini yuqori qismidan ajratuvchi sun’iy inshoatga aytiladi. Ko‘priklar rezinali, plastmassali, metalli, sementli va boshqa burg‘ilanadigan materiatllardan bo‘lishi mumkin. Ularni ochiq stvolda hamda himoya tizmasini ichki qismida o‘rnatish mumkin. Istiqbolli gorizontlarni sinash jarayonida qatlam sinagichi uchun tayanch vazifasini bajaruvchi sun’iy zaboy sifatida, shuningdek o‘tkazuvchan gorizontallarni quvurni ichki qismi bilan tutashgan orqaliklarini bir-biridan vaqtinchalik yoki doimiy ajratish maqsadida himoya tizmasi ichida ko‘priklar qo‘yiladi. Ko‘prik tayyorlashni eng samarali usuli qo‘yidagicha. NKK ostki qismiga rezba yordamida qotirilgan ichi g‘ovak (bo‘sh) konteyner bilan himoya tizmasi ichiga tushiriladi. Konteynerni ichida markaziy o‘tish kanaliga ega bo‘lgan manjetli tiqin kalibrlangan shtiftlar yordamida qotirilgan. Konteyner quyilishi lozim bo‘lgan ko‘prikni ostki chegarasida joylashtiriladi. Quduq to‘liq yuvib bo‘linganidan keyin NKK ni ichiga birinchi ajratish tiqinini joylashtirilib ustidan hisoblangan miqdorlik tamponaj eritmasi haydaladi. 108 So‘ngra sementlash uskuna ichidagi ikkinchi ajratish tiqini qo‘yib yuborilib, ustidan belgilangan miqdorda bosuvchi suyuqlik haydaladi. Tamonaj eritmasini zarur miqdori qo‘yiladigan ko‘prik hajmini tahminan 120 % ga teng bo‘lsa, bosuvchi suyuqlikni zarur hajmi esa NKK ni ichki hajmiga teng. Birinchi ajratish tiqini, manjetli tiqingacha borib, uni o‘rindig‘iga joylashadi va o‘tish kanalni yopadi. Bosuvchi suyuqlikni haydalib turishi natijasida NKK ichida bosim tezda oshadi. Bosim 3 MPa borgan vaqtda kalibrlangan shtirtlar kesilib, manjetli tiqin (birinchi ajratish tiqini bilan birga) konteynerlardan chiqadi va kengayib himoya tizmasi devorlariga zichlashadi tamonaj eritmasi manjetli tiqin ostidan quvur orti muhitiga siqib chiqariladi. Ikkinchi ajratuvchi tiqin NKK ni konteyner bilan biriktiruvchi perevodnikni o‘rindig‘iga joylashishi bilan bosuvchi suyuqlikni quvurlar tizmasi ichida harakatlana olmaydi va yana sementlash uskuna uchida bosim tezda oshadi. SHu vaqtda suyuqlikni haydash to‘xtatiladi. So‘ngra NKK ni shunday ko‘tarish lozimki konteyner ko‘prikni yuqorigi chegarasidan 20-25m yuqorisida bo‘lsin. Quduqni yana teskari sirkulyasiya usuli bilan to‘liq yuviladi. YUvish jarayonida ikkilamchi ajratish tiqini yuza qismiga chiqarib yuboriladi. Tamponaj eritmasi qotganidan keyin burg‘i bilan burg‘ilash quvurlari tushirilib ko‘prikni yuqori chegarasini chuqurligi aniqlanadi. Uning kuchsiz yuqori qismi burg‘ilanadi va suyuqlik ustuni bosimini kamaytirish orqali germetikligi tekshirib ko‘riladi. Agar ko‘prik germetik bo‘lmasa, unda uni burg‘ilab o‘tilib, ko‘prik quyish operatsiyasi takrorlanadi. Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling