Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
ÌÏà
ñèê 50 ) – umuman teskarisi ya’ni kichikdir. Kumulyativ zaryadlar yordamida olingan qatlamdagi perforatsiya kanallarining shakllanishi qo‘yidagi xususiyatga egadir. Zaryad detonatsiyasi metall qoplamasiga urilib portlaganda kumulyativ oqimning faqatgina 10% li massasi o‘tadi. Qolgan qismi esa sterjenda papirossimon shaklda 1000 m/sek tezlikda harakatlanadi. Bunda oqimning bosh qismiga nisbatan katta dimetrga va kichik kinetik energiya ega bo‘ladi, shakllangan perforatsiya teshiklariga borib tiqiladi va uni qisman yoki to‘liq bekitib qo‘yadi. To‘siqdan yorib o‘tgan oqimning yon bosimlari ta’sirida kanallarning kengayishi sodir bo‘ladi. Shuning uchun kanalning diametri odatda oqim diametridan katta bo‘ladi. Bunday jarayonlarni sodir bo‘lishi hisobiga perforatsiya kanallarining zonasidagi tog‘ jinsining fazosini bo‘shliqlardagi tuzilmasi o‘zgaradi. Bunda tog‘ jinslarining xossasida va quduqdagi sharoitga bog‘liq holda perforatsiya davrida 99 kanal atrofidagi tog‘ jinslarining zichlanishi yoki yumshashi sodir bo‘ladi. Korpusli kumulyativ perforatorlar yordamida mahsuldor qatlamlarni ochish bo‘yicha katta hajmdagi ishlar bajariladi. Portlashdagi asosiy energiyani perforator korpusining o‘zi qabul qiladi. PK turidagi perforatorlarning ichidan eng ko‘p qo‘llaniladigan perforatorlarga PK105DU, PK85DU, PK 95N kiradi, PKO turidagi perforatorlarga PKO 98, PKO 73 perforatorlari kiradi. Korpussiz kumulyativ perforatorlar individual qobiq zaryadli bo‘ladi, otish – portlatish ishlarini o‘tkazish tezligini ancha oshiradi, perforatorlarni bir marta quduqqa tushirib 30 metrga yaqin qatlam qalinligini otish mumkin. Kichik gabiritli korpussiz perforatorlarni NKQ ning ichidan tushirib ochish olib boriladi, lekin bunday perforatorlarning mustahkamlash tizmasiga va sement halqasiga ta’sir etishi korpusli perfortorlardan foydalanishga nisbatan ancha yuqoridir. Bundan tashqari zaryadlar portlagandan so‘ng zaryad korpuslari va ularni biriktiruvchi detallarning bo‘lakchalari quduqning tubiga to‘planadi va quduqlarni ishlatish jarayonida murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Korpusli yarim parchalanadigan perforatorlar kon sharoitida keng qo‘llaniladi, ayniqsa oynali qoplamali perforatorlar PKS80, PKS105, PKS65 parchalanadigan quyma alyuminiy qoplamali zaryadlangan KPRU 65, PR 54 perforatorlar o‘z o‘rnini topgandir. Zaryadlarni otishda olinadigan perforatsiya kanallarning o‘lchamlarining kattaligi bo‘yicha yer usti sharoitlarida kumulyativ perforatorlar keng qo‘llaniladi, yuqori mustahkamli tog‘ jinslaridan yorib o‘tish chuqurligi 2.6 va 2.7 rasmlarda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling