Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

Nazorat savollari 
1. Qatlam sinash ishlarini olib borish tartibini aytib bering? 
2. Qatlam sinash ishlari turlarini tushuntiring? 
3.Quduq tubi konstruksiyasini tashlash talablari?


91 
9-ma’ruza. Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash va mahsuldor
qatlamni ikkilamchi ochish 
Ma’ruza rejasi: 
9.1. Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash. 
9.2. Mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochish 
9.3. Mahsuldor qatlamni ikkilamchi ochish va uning samaradorligini 
oshirish 
9.4. Mahsuldor qatlamni perforatsiya bilan ikkilamchi ochish. 
9.5. Otuvchi perfaratorlarning guruhlari va ularning kamchilliklari. 
 
Tayanch so‘zlar: 
Qatlamni ikkilamchi ochish, mahsuldor qatlamni perforasiya qilish, o‘qli 
perforator, o‘qsiz perforator, torpedalash, suyuqlik qum oqimli teshish. 
 
9.1. Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash. 
Burg‘ilash ishlari nihoyasiga etkazilgach, qatlamdan suyuqlik oqimini olish 
va o‘zlashtirish uchun quduqlarda tayyorlov ishlari olib boriladi. Buning uchun 
ekspluatatsion tizmaning yuqorigi qismiga favvora armaturasi o‘rnatiladi. Quduq 
yuzasi atrofi yaqinida favvora armaturasiga tutashtirish uchun suyuqliklar yig‘ish va 
saqlash idishlari, separatorlar, mashtola qurilmalari, o‘lchov idishlari, suyuqlik 
debitini va gazsimon fazalarni, bosim va haroratni o‘lchash uchun asboblar quduqdan 
chiqadigan suyuqlikdan namuna oluvchi asboblar joylashtiriladi. Quduqni yuvish va 
suyuqlik oqimini olish maqsadida, vaqtinchalik quduq bilan bog‘lanish uchun 
kompressorlar hamda nasos agregatlari joylashtiriladi.
Favvora armaturasini ikki qismga bo‘lish mumkin: Quvur uchi va favvora 
archasi. Quvur uchi NKK (NKT) ni osilgan holda ushlab turish uchun hizmat qiladi. 
Favvora archasi quduqdan olinadigan suyuqlikni yer yuzasiga joylashgan idishlar 
tarmog‘iga tutashtirish va quduq yuzasini germetik saqlash uchun hizmat qiladi. 
Quvur uchi bilan favvora archasi orasida markazi yuqori bosimli zulfin joylashgan. 
Quvur uchi favvora archasi yonlama tarmoqlarga ega bo‘lib, ularni har biri ikkitadan 


92 
yuqori bosimli zulfinlar, magnometrlar bilan jihozlangan bo‘lsa archaning yonlama 
tarmoqlari esa – termometrlar va shtutserlar bilan jihozlangan. Quvur uchining 
yonlama tarmoqlariga zaruriyat tug‘ilgan jarayonlarda (masalan, quduqdan suyuqlik 
oqimini olish, quduqni berkitish (glusheniya) uchun) kompressorlar va nasos 
agregatlari ulanadi.
Favvora armaturasining ishchi bosimi quduq yuzasida sodir bo‘ladigan eng 
yuqori bosimdan kichik bo‘lmasligi kerak. Quduqqa favvora armaturasini 
o‘rnatishdan oldin pasportga ko‘rsatilgan bosim bilan sinab ko‘riladi. Quduq 
yuzasiga favvora armaturasi o‘rnatib bo‘lingandan keyin, sinash orqali quvur uchi va 
favvora archasi germetikligi tekshiriladi. Quduqdan chiqadigan chiqish quvurlari 
tomonidan hamda quduqdan 10 metr uzoqlikda armaturaning markaziy zulfinii 
boshqarish shturvali joylashadi va ayvonli to‘siq bilan atrofi uraladi.
Quduqda sinash ishlari boshlanishidan oldin, barcha ishlarni loydan tozalash 
yuvish, qatlamni ikkilamchi ochish va undan suyuqlik oqimini olish uchun zarur 
bo‘ladigan hamda neft’ gaz hosil bo‘lishini oldini olish yoki bosish uchun zarur 
zichlikka ega bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi (zaruriyat tug‘ilishi mumkin 
hollarda). Bu suyuqlikni hajmi ekspluatatsion tizmaning to‘liq hajmidan kamida ikki 
hissa ortiq bo‘lishi kerak.
 

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling