Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»


 Mahsuldor qatlamni perforatsiya bilan ikkilamchi ochish


Download 2.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/105
Sana08.11.2023
Hajmi2.8 Mb.
#1757209
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105
Bog'liq
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш

9.4. Mahsuldor qatlamni perforatsiya bilan ikkilamchi ochish. 
Ko‘p hollarda qatlamni birlamchi ochishdan keyin quduqni to‘liq 
ekspluatatsion himoya quvurlari bilan mustahkamlab, quvur orti muhiti sementlanadi. 
Bunday quduqlardan qatlam suyuqligini olish uchun himoya tizmasini, sement 
toshini, va kolmatatsiya kobig‘idan o‘tuvchi ko‘p sonli teshiklarni hosil qilish zarur. 
Bunday teshiklarni hosil qilish operatsiyasi – mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi 
ochish deb ataladi.
Hozirgi davrda ikkilamchi ochish perforator deb ataluvchi uskunalar 
yordamida amalga oshiriladi. Asosan otuvchi va suvqum oqimli perforatorlar 
qo‘llaniladi.
Quduq qatlamidan qatlam suyuqligi normal oqim bilan chiqish uchun 
ekspluatatsion tizmani bir metr masofada otuvchi perforatorlar bilan 10 tadan 20 
tagacha teshik hosil qilish zarur. Perforatorlarni turi va razmeriga bog‘liq holda 
quduqni bir metr oralig‘ida bir reysda ikkitadan 10 tagacha teshik hosil kilinadi. 
SHuning uchun ham quduqqa perforatorlarni bir necha marta tushirishga to‘g‘ri 
keladi.
 
 
 
9.5. Otuvchi perfaratorlarning guruhlari va ularning kamchilliklari. 
Otuvchi perforatorlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: - ekspluatatsion himoya 
tizmasi ichida NKK bo‘lmagan holda tushiriluvchi perforatorlar; - NKK ichidan 
tushiriluvchi perforatorlar; - NKK bilan tushiriluvchi perforatorlar.
Ikkilamchi ochish uchun qaysi guruh perforatorlarini tanlash, quduqni 
perforatsiyalashga tayyorlash harakteriga va ishlar hajmiga, perforatsiyani 
davomiyligiga va reyslar soniga, ikkilamchi ochishni samaradorligiga, shuningdek 
otish ishlari jarayonida quduqni mustahkamligiga keltiriladigan shikastni (zarar) 
inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Birinchi guruh perforatorlari bilan teshiklar hosil qilish uchun ekspluatatsion 
tizmani shunday yuvuvchi suyuqlik bilan to‘ldiramizki, quduqqa hosil qilingan bosim 
2-3 MPa dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Mahsuldor qat-lamni otilgan teshiklar orqali 
yuvuvchi 
suyuqlik 
bilan 
ifloslanishini 
minimumga 
kamaytirish 
maqsadida 


103 
perforatsiya qilinadigan masofadan 100-200 m yuqori oraliq kimyoviy reagentlar 
bilan ishlangan, suv bera oluvchanlikni kamaytiruvchi, qattiq fazasiz suyuqlik bilan 
to‘ldiriladi.
Perforatsiya boshlanishidan avval quvur uchi krestovikasiga perforator zulfini 
o‘rnatilib, ekspluatatsion tizmani ruxsat etilgan bosimidan yuqori bosimda sinab 
ko‘riladi. Zulfinni shturvali quduqdan 10m uzoqlikda joylashtirilib, ayvonli to‘sik 
bilan atrofi uraladi. Quduq tayyor bo‘lganidan keyin, uqlangan perforator kabel bilan 
ekspluatatsion himoya tizmasi ichiga belgilangan mahsuldor kollektori otiladigan 
masofaga tushiriladi va otib teshiklar hosil qilinadi; gilli qatlamchalar mavjud 
kollektorlarda otib teshik hosil qilish tavsiya qilinmaydi. Perforatorlarni har bir 
otilishida quduq ichidagi yuvuvchi suyuqlikni ma’lum bir qismi qatlamga kiradi. 
Mahsuldor qatlamda vaqtidan ilgari qatlam suyuqligi oqimi hosil bo‘lishini oldini 
olish uchun himoya tizmasi ichiga yuvuvchi suyuqlikni o‘z vaqtida tuldirib turish va 
uni sathini quduq yuzasidan turib saqlab turish lozim.
Perforatsiya tugashi bilan quduqdan kabel ko‘tarib olinadi, NKK perforatsiya 
qilingan chegarani yuqori qismigacha tushiriladi. Agarda mahsuldor qatlamni 
kollektori mustahkam bo‘lmasa NKK ni ostki qismi perforatsiya qilingan oraliqdan 
100-150m yuqorida bo‘lishi lozim. 
Qolgan ikki guruh perforatorlari yordamida o‘tkaziladigan otish ishlarida 
quduq yuzasi germetik bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Bunday holatda zarur 
bo‘lgan depressiyani ushlab turish va kollektorni suyuqlik bilan ifloslanishini oldini 
olish mumkin bo‘ladi. 
Agar otish ishlari uchun ikkinchi guruh perforatorlarini ishlatish zarur bo‘lsa, 
quduqni qatlam bosimiga nisbatan belgilangan kam bosimni perforatsiya oralig‘ida 
hosil qiluvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. NKK larni ostki qismi perforatsiya 
qilinadigan oraliqni yuqori qismida bir qancha yuqori masofada joylashtiriladi.
Quduq yuzasi favvora armaturasi bilan germetik saqlanadi. Armatura buferini 
maxsus lubrikator bilan almashtiriladi. NKK ichidan perforator kabel yordamida 
tushiriladi. Otish ishlari tugatilganidan keyin archadagi lubrikator echib olinadi va 
uning o‘rniga manometrli bufer quyiladi. 


104 
Uchinchi guruh perforatorlari quduqqa tushirishdan avval NKK ni ostki 
qismiga maxsus perevodnik yordamida biriktirilib qotiriladi. Perfora-torning uzunligi 
50 metrgacha yotishi mumkin. Agarda mahsuldor qatlam bir nechta kollektor 
qatlamchalardan iborat bo‘lsa, perforatorga kumulyativ zaryadlar shunday joylashishi 
kerakki, bizga zarur bo‘lgan qatlamni tesha olishimiz kerak.
Belgilangan oraliqqacha perforator NKK bilan tushirilib, quduq ustiga 
favvora armaturasi o‘rnatiladi va quduq qatlam bosimidan kichik bo‘lgan bosim hosil 
qiluvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. So‘ngra NKK ni ichiga rezina shar tashlanib 
kompressor bilan havo yoki nasos bilan suyuqlik sharni perforatorlarni shtokigacha 
borib tiralginucha haydaladi. Bosimni tezda oshishi hisobiga shtok harakatlanib 
detanatorni kapsulasiga urilishi natijasida, portlab otilish ro‘y berishi perforator 
ishlay boshlaganini bildiradi. Perforatsiya tugashi bilan perforatorni quduqdan 
(ko‘tarmasdan) 
chiqarmasdan 
quduqni 
sinash 
mumkin. 
Uchinchi 
guruh 
perforatorlarini ishlatish vaqtini minimum sarfiga va boshqa otuvchi perforatorlarga 
nisbatan yuqori unumdorlikka ega. 
Otuvchi perforatorlarni asosiy kamchiliklari:
a) tog‘ jinsida hosil qilinadigan kanalni uzunligi, tizma ortidagi tamonaj 
toshini mustahkamligiga tog‘ jinsini mustahkamligi, siqilishiga bog‘liq. 
b) teshik devorlarida zichlanish yuqori.
v) perforatsiya jarayonida ekspluatatsion tizmada ya’ni otiladigan oraliqda 
nuqsonlar (deffekt) bo‘lishi kutiladi.
g) tamonaj toshlarida yorilish sodir bo‘ladi. 
Nuqsonlarni hosil bo‘lish ehtimoli perforatsiya (zich) tekis bo‘lganda, bir 
momentda ko‘plab teshiklar hosil qilinganida kuzatiladi. 
Kumilyativ perforatsiyaga nisbatan torpedali va o‘qli perforatsiyada 
nuqsonlar yuqori bo‘ladi. 
Ikkilamchi ochishni eng samarali usuli suvqum oqimli perforatsiya usulidir.
Teshishning bu usuli quduq devoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, maxsus 
nasadkadan suyuqlik qum aralashmasi katta tezlikda harakatlanishidagi kinetik 
energiyasiga va devorni emirish hususiyatiga asoslangan. Qisqa vaqt ichida 


105 
mustahkamlovchi quvurlar tizmasi, sement toshi, tog‘ jinslari teshilib qatlamda teshik 
yoki ariqchasimon kanal hosil qilinadi.
9.3 – rasm

Download 2.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling