Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti «neft va gaz quduqlarini sinash»
Mahsuldor qatlamni perforatsiya bilan ikkilamchi ochish
Download 2.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза МТ Синаш Чопэтиш
9.4. Mahsuldor qatlamni perforatsiya bilan ikkilamchi ochish.
Ko‘p hollarda qatlamni birlamchi ochishdan keyin quduqni to‘liq ekspluatatsion himoya quvurlari bilan mustahkamlab, quvur orti muhiti sementlanadi. Bunday quduqlardan qatlam suyuqligini olish uchun himoya tizmasini, sement toshini, va kolmatatsiya kobig‘idan o‘tuvchi ko‘p sonli teshiklarni hosil qilish zarur. Bunday teshiklarni hosil qilish operatsiyasi – mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochish deb ataladi. Hozirgi davrda ikkilamchi ochish perforator deb ataluvchi uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Asosan otuvchi va suvqum oqimli perforatorlar qo‘llaniladi. Quduq qatlamidan qatlam suyuqligi normal oqim bilan chiqish uchun ekspluatatsion tizmani bir metr masofada otuvchi perforatorlar bilan 10 tadan 20 tagacha teshik hosil qilish zarur. Perforatorlarni turi va razmeriga bog‘liq holda quduqni bir metr oralig‘ida bir reysda ikkitadan 10 tagacha teshik hosil kilinadi. SHuning uchun ham quduqqa perforatorlarni bir necha marta tushirishga to‘g‘ri keladi. 9.5. Otuvchi perfaratorlarning guruhlari va ularning kamchilliklari. Otuvchi perforatorlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: - ekspluatatsion himoya tizmasi ichida NKK bo‘lmagan holda tushiriluvchi perforatorlar; - NKK ichidan tushiriluvchi perforatorlar; - NKK bilan tushiriluvchi perforatorlar. Ikkilamchi ochish uchun qaysi guruh perforatorlarini tanlash, quduqni perforatsiyalashga tayyorlash harakteriga va ishlar hajmiga, perforatsiyani davomiyligiga va reyslar soniga, ikkilamchi ochishni samaradorligiga, shuningdek otish ishlari jarayonida quduqni mustahkamligiga keltiriladigan shikastni (zarar) inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Birinchi guruh perforatorlari bilan teshiklar hosil qilish uchun ekspluatatsion tizmani shunday yuvuvchi suyuqlik bilan to‘ldiramizki, quduqqa hosil qilingan bosim 2-3 MPa dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Mahsuldor qat-lamni otilgan teshiklar orqali yuvuvchi suyuqlik bilan ifloslanishini minimumga kamaytirish maqsadida 103 perforatsiya qilinadigan masofadan 100-200 m yuqori oraliq kimyoviy reagentlar bilan ishlangan, suv bera oluvchanlikni kamaytiruvchi, qattiq fazasiz suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Perforatsiya boshlanishidan avval quvur uchi krestovikasiga perforator zulfini o‘rnatilib, ekspluatatsion tizmani ruxsat etilgan bosimidan yuqori bosimda sinab ko‘riladi. Zulfinni shturvali quduqdan 10m uzoqlikda joylashtirilib, ayvonli to‘sik bilan atrofi uraladi. Quduq tayyor bo‘lganidan keyin, uqlangan perforator kabel bilan ekspluatatsion himoya tizmasi ichiga belgilangan mahsuldor kollektori otiladigan masofaga tushiriladi va otib teshiklar hosil qilinadi; gilli qatlamchalar mavjud kollektorlarda otib teshik hosil qilish tavsiya qilinmaydi. Perforatorlarni har bir otilishida quduq ichidagi yuvuvchi suyuqlikni ma’lum bir qismi qatlamga kiradi. Mahsuldor qatlamda vaqtidan ilgari qatlam suyuqligi oqimi hosil bo‘lishini oldini olish uchun himoya tizmasi ichiga yuvuvchi suyuqlikni o‘z vaqtida tuldirib turish va uni sathini quduq yuzasidan turib saqlab turish lozim. Perforatsiya tugashi bilan quduqdan kabel ko‘tarib olinadi, NKK perforatsiya qilingan chegarani yuqori qismigacha tushiriladi. Agarda mahsuldor qatlamni kollektori mustahkam bo‘lmasa NKK ni ostki qismi perforatsiya qilingan oraliqdan 100-150m yuqorida bo‘lishi lozim. Qolgan ikki guruh perforatorlari yordamida o‘tkaziladigan otish ishlarida quduq yuzasi germetik bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Bunday holatda zarur bo‘lgan depressiyani ushlab turish va kollektorni suyuqlik bilan ifloslanishini oldini olish mumkin bo‘ladi. Agar otish ishlari uchun ikkinchi guruh perforatorlarini ishlatish zarur bo‘lsa, quduqni qatlam bosimiga nisbatan belgilangan kam bosimni perforatsiya oralig‘ida hosil qiluvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. NKK larni ostki qismi perforatsiya qilinadigan oraliqni yuqori qismida bir qancha yuqori masofada joylashtiriladi. Quduq yuzasi favvora armaturasi bilan germetik saqlanadi. Armatura buferini maxsus lubrikator bilan almashtiriladi. NKK ichidan perforator kabel yordamida tushiriladi. Otish ishlari tugatilganidan keyin archadagi lubrikator echib olinadi va uning o‘rniga manometrli bufer quyiladi. 104 Uchinchi guruh perforatorlari quduqqa tushirishdan avval NKK ni ostki qismiga maxsus perevodnik yordamida biriktirilib qotiriladi. Perfora-torning uzunligi 50 metrgacha yotishi mumkin. Agarda mahsuldor qatlam bir nechta kollektor qatlamchalardan iborat bo‘lsa, perforatorga kumulyativ zaryadlar shunday joylashishi kerakki, bizga zarur bo‘lgan qatlamni tesha olishimiz kerak. Belgilangan oraliqqacha perforator NKK bilan tushirilib, quduq ustiga favvora armaturasi o‘rnatiladi va quduq qatlam bosimidan kichik bo‘lgan bosim hosil qiluvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. So‘ngra NKK ni ichiga rezina shar tashlanib kompressor bilan havo yoki nasos bilan suyuqlik sharni perforatorlarni shtokigacha borib tiralginucha haydaladi. Bosimni tezda oshishi hisobiga shtok harakatlanib detanatorni kapsulasiga urilishi natijasida, portlab otilish ro‘y berishi perforator ishlay boshlaganini bildiradi. Perforatsiya tugashi bilan perforatorni quduqdan (ko‘tarmasdan) chiqarmasdan quduqni sinash mumkin. Uchinchi guruh perforatorlarini ishlatish vaqtini minimum sarfiga va boshqa otuvchi perforatorlarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega. Otuvchi perforatorlarni asosiy kamchiliklari: a) tog‘ jinsida hosil qilinadigan kanalni uzunligi, tizma ortidagi tamonaj toshini mustahkamligiga tog‘ jinsini mustahkamligi, siqilishiga bog‘liq. b) teshik devorlarida zichlanish yuqori. v) perforatsiya jarayonida ekspluatatsion tizmada ya’ni otiladigan oraliqda nuqsonlar (deffekt) bo‘lishi kutiladi. g) tamonaj toshlarida yorilish sodir bo‘ladi. Nuqsonlarni hosil bo‘lish ehtimoli perforatsiya (zich) tekis bo‘lganda, bir momentda ko‘plab teshiklar hosil qilinganida kuzatiladi. Kumilyativ perforatsiyaga nisbatan torpedali va o‘qli perforatsiyada nuqsonlar yuqori bo‘ladi. Ikkilamchi ochishni eng samarali usuli suvqum oqimli perforatsiya usulidir. Teshishning bu usuli quduq devoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, maxsus nasadkadan suyuqlik qum aralashmasi katta tezlikda harakatlanishidagi kinetik energiyasiga va devorni emirish hususiyatiga asoslangan. Qisqa vaqt ichida 105 mustahkamlovchi quvurlar tizmasi, sement toshi, tog‘ jinslari teshilib qatlamda teshik yoki ariqchasimon kanal hosil qilinadi. 9.3 – rasm Download 2.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling